70 yillik tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

70 yillik tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Teatr sanʼati fakulteti, sahna nutqi kafedrasining mudiri, professor Isoqtoy Jumanovning 70 yillik yubileyi bo’lib o’tdi.
Unda institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, ishchi xodimlar, talabalar ishtirok etdi. Bu bayramona tadbir san’atkorning yaqinlari, shogirdu muxlislari, oliygohda tahsil olayotgan ijodkor yoshlarga katta quvonch bag‘ishladi.
Tadbir avvalida institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldashev hamda institutning bir qator mutasaddi xodimlari so‘zga chiqib, uzoq yillardan buyon ushbu institutda halol mehnat qilib kelayotgan, kino va teatr sanʼati taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, ko‘plab buyuk san’atkorlarning ustozi bo‘lgan I. Jumanovning tavallud ayyomi bilan qutlashdi va o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi.
70 yillik tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
– Isoqtoy Jumanov koʻplab badiiy filmlardagi esda qolarli, xarakterli rollari orqali tomoshabinlar mehrini qozona olgan ijodkor, mehribon ustoz, oliyjanob, kamtar, samimiy inson hamda qalami o‘tkir ssenaristdir, – deydi professor Ibrohim Yо‘ldashev. – Qolaversa, salmoqli, tahliliy, kishini mushodaga chorlayigan maqolalar, juda ajoyib, betakror she’rlar yozadi, chiroyli nutqi va ma’ruzalari bilan atrofdagilarning e’tiboriga, e’tirofiga sazovor bo‘ladi. Isoqtoy Jumanov o‘zining ijod namunalarida tarixiy qadriyatlarni, hayotiy manzaralarni, xursandchiliklarni, ibratli voqealarni, nafis manzaralarni qalamga oladi. Bu kishining ana shunday iqtidori “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida tashkil etilayotgan keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbirlarda yana bir karra yaqqol namoyon bo‘lib, ijod namunalari xalqimizni quvontirmoqda.
Mana shunday sо‘zlar bilan boshlangan tadbir, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekiston xalq hofizi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvonlari sohiblari, iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan diltortar navolarga ulanib ketdi. Jonli tarzda ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
70 yillik tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Tavallud ayyomi munosabati bilan dasturxon yozildi va bir payola choy ustida dildan suhbatlashildi.

image_pdfimage_print