Institut xodimlari qanday ishlashi lozim? “Scopus”da maqolasi chop etilgan o‘qituvchi mukofotlanadi — O‘zDSMIda 26-avgust kuni ilgari surilgan masalalar

Institut xodimlari qanday ishlashi lozim? "Scopus"da maqolasi chop etilgan o‘qituvchi mukofotlanadi — O‘zDSMIda 26-avgust kuni ilgari surilgan masalalar

26-avgust kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari masalasida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda oliygoh xodimlari ishtirok etishdi.
Institut xodimlari qanday ishlashi lozim? "Scopus"da maqolasi chop etilgan o‘qituvchi mukofotlanadi — O‘zDSMIda 26-avgust kuni ilgari surilgan masalalar
Institut xodimlari qanday ishlashi lozim? "Scopus"da maqolasi chop etilgan o‘qituvchi mukofotlanadi — O‘zDSMIda 26-avgust kuni ilgari surilgan masalalar
Institut xodimlari qanday ishlashi lozim? "Scopus"da maqolasi chop etilgan o‘qituvchi mukofotlanadi — O‘zDSMIda 26-avgust kuni ilgari surilgan masalalar
Institut xodimlari qanday ishlashi lozim? "Scopus"da maqolasi chop etilgan o‘qituvchi mukofotlanadi — O‘zDSMIda 26-avgust kuni ilgari surilgan masalalar
Yig‘ilish davomida institut rektori, professor Ibrohim Yuldashev tomonidan bir qator dolzarb masalalar ilgari surildi. Dastlab oliygoh hududida tozalik masalalariga e’tibor berish, dars xonalaridagi jihozlar sozligini tekshirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.

“Institut — o‘z uyimiz, uni ozoda saqlashimiz lozim. “Vatanni sevmoq iymondandir”, deb bejizga aytilmaydi. Biz ham vatanimizning har bir qarichini sevib, asrab-avaylashimiz zarur”, dedi Ibrohim Yuldashev.

Shuningdek, yig‘ilish davomida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarning o‘z ishiga shijoat bilan yondashishi kerakligi hamda bo‘sh ish o‘rinlariga yosh kadrlarni jalb etish kabi vazifalar belgilandi.
Institut xodimlari qanday ishlashi lozim? "Scopus"da maqolasi chop etilgan o‘qituvchi mukofotlanadi — O‘zDSMIda 26-avgust kuni ilgari surilgan masalalar
Institut xodimlari qanday ishlashi lozim? "Scopus"da maqolasi chop etilgan o‘qituvchi mukofotlanadi — O‘zDSMIda 26-avgust kuni ilgari surilgan masalalar

“Yangi o‘quv yiliga yangicha qarash bilan kiraylik. Kamchiliklarimizni, avvalo, o‘zimizdan qidirishimiz lozim. Zamon talabiga mos yosh kadrlarni ishga jalb etishimiz kerak. Ularni ishga qabul qilish yangi qon, yangi innovatsiya kiritish hisoblanadi. Har birimizning yuragimiz yonib turishi darkor. Halol, shijoat va sifatli ishlashda davom etishimiz lozim. Sohibqiron Amir Temur bejizga “Mingta shijoatsiz askardan bitta shijoatli askar afzalroq”, deb aytmagan, biz o‘z kasbimizga fidoyi bo‘lishimiz shart”, deya qo‘shimcha qildi institut rektori.

Qolaversa, oliygohda ta’lim beradigan ustoz-murabbiylarga ilmiy maqolalar sonini oshirish va ular shunga yarasha rag‘batlantirilishi ta’kidlandi. Hozirda xodimlarning “Scopus” xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida chop etilgan har bir maqolasi uchun 3 million so‘mdan mukofot puli berilishi rejalashtirilmoqda.
Institut xodimlari qanday ishlashi lozim? "Scopus"da maqolasi chop etilgan o‘qituvchi mukofotlanadi — O‘zDSMIda 26-avgust kuni ilgari surilgan masalalar
Bundan tashqari, yig‘ilishda yotoqxonaga talabalarni joylashtirish, oliygohda kiyinish tartib-qoidalari singari qator masalalar yuzasidan vazifa va topshiriqlar berildi.

image_pdfimage_print