Talabalar turar joyida uchinchi kun

Talabalar turar joyida uchinchi kun

Joriy yilning 4-mart kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev yana bir bor institut Talabalar turar joylariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalar turar joyida yoshlarga berilayotgan eʼtibor, ularga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi hamda talabalarni qiziqtirayotgan savollariga javob berdi. Talabalar turar joylaridagi sanitariya gigiyena holatlarini yanada yaxhilash, yotoqxonalarni yangi jihozlar bilan ta’minlash, qizlar uchun tikuvchilik xonalarini tashkil etish, yoshlar о‘rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Talabalar turar joyida uchinchi kun

Bu yerda talabalarning ovqatlanishi, internet tarmog‘idan foydalanish, kitob mutola qilishi, gazeta va jurnal o‘qishi, aqliy salohiyatlarini, bilim darajalarini oshirishi, televizor tomosha qilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Talabalarni ma’naviy ongini shaklantirish hamda manan yetuk qilib tarbiyalash maqsadida birinchi va ikkinchi talabalar turar joyida zamonaviy ma’naviyat va ma’rifat xonalari tashkil etilgan. Binoning har bir qavatida talabalar uchun oshxona, yuvinish xonasi va zamonaviy kir yuvish mashinasi bilan taʼminlangan xonalar mavjud. Bugun esa kompyuter xonasida yangi, zamonaviy kompyuterlar olib kelib o‘rnatildi.

Talabalar turar joyida uchinchi kun

Bu esa o‘z navbatida, institut rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan maqsadli saʼy-harakatlar nafaqat taʼlim borasida, balki oliygohda taʼlim olayotgan yoshlarning talabalar turar joyidagi qulayliklar, ular uchun yaxshi sharoitlar yaratib berishga ham qaratilayotganidan dalolat beradi.

Talabalar turar joyida uchinchi kun

Chunki О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti har tomonlama yetuk, barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajaradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni maqsad qilgan.

image_pdfimage_print