Ochiq muloqot

Ochiq muloqot

О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, ustoz-murabbiylar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazidi.
Yig‘ilishda mamlakatimizda pedagog xodimlar va talaba yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlardan foylanish jarayonlari muhokama qilindi.
Ochiq muloqot
Ta’kidlandiki, pedagoglar el-yurtga ma’rifat ulashib, ma’naviyat chashmasidan bahramand etib, odamlarning izzat-ikromiga sazovor bo‘lishi kerak. Shu bois, keyingi yillarda yurtimizda uztoz-murabbiylarning mehnatini qadrlash, ta’limning sifatini, samaradorligini oshirish borasida barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. O‘qituvchi o‘z faoliyatida ilmiy salohiyatini, bilim darajasini tinimsiz oshirib borishi, sidqidildan mehnat qilishi, pedagogik mahoratini yuksaltirishi, jamoa o‘rtasida katta hurmatga loyiq bo‘lishi lozim. Bu oliy ta’lim dargohida san’at, madaniyat sohalarining ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat sirlaridan bahramand bo‘lgan, ko‘plab ustoz-murabbiylar faoliyat yuritishadi. Ularning asosiy maqsadi o‘z sohasining malakali kadrlarini tayyorlash, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berish va talabalarning iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lishi darkor. Institutning mas’ullari vatan oldidagi burchini dildan his qilib, kasbiga fidoyilik kо‘rsatgan holda har bir magistrga, talabaga о‘z farzandidek munosabatda bо‘lishi, ularga mehr kо‘rsatishi, har tomonlama qо‘llab-quvvatlashi kerak. Ta’lim berishda asosiy e’tiborni darsning sifati hamda samaradorligiga qaratishi, talabada fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirib, rivojlantirishda bor mahoratini ishga solishi lozim.
Ochiq muloqot
Mutasaddilar tomonidan qayd etildiki, O‘zbekiston yoshlari erishayotgan muvaffaqiyat va zafarlar zamirida davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan katta g‘amxo‘rlik, yaratilgan keng imkoniyatlar, yuksak eʼtibor mujassamdir.
Etirof etilganidek, mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Vatanimizning qudratini belgilaydigan omillarning eng asosiylaridan biri, shubhasiz, shu yurtda voyaga yetayotgan yuksak maʼnaviyatli, jismonan sog‘lom, har tomonlama barkamol avloddir. Yurtning kelajagi bugun kamolga yetayotgan yoshlar qo‘lida.
Ochiq muloqot
Samimiy ruhda о‘tgan uchrashuvda madaniyat, san’at sohasining о‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olishdi.

image_pdfimage_print