1

Zulfiya davlat mukofoti uchun tandovda ishtirok etish istagida bо‘lgan talabalar bilan uchrashuv bо‘lib о‘tdi


О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Zulfiya davlat mukofoti uchun tandovda ishtirok etish istagida bо‘lgan talabalar bilan uchrashuv bо‘lib о‘tdi.

Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi bosh mataxassisi Dilobar Pardayeva qatnashib, xotin-qizlarni rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan ushbu tanlov shartlari, unda ishtirok etish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi tо‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutidan ham mazkur tanlovda Eshquvvatova Raxshona raqs, Poyonova Feruza san’at, Abdullayeva Nasiba ta’lim, Eshnazarova E’zoza amaliy san’at singari yо‘nalishlar bо‘yicha ishtirok etish istagida.

Bо‘lib о‘tgan yig‘ilishda yana qator talabalar qatnashish xohishini bildirishdi. Uchrashuvda tuman hokimligi vakili tomonidan qizlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

 

Matbuot kotibi