Yashnobod tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi

Yashnobod  tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan poytaxtimizning Yashnobod tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida о‘tkazilgan keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir о‘ziga xosligi bilan ajralib turdi.
Yashnobod  tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi
“Amir Temur”, “Tuzel” mahallalarining ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalari, ehtiyojmand ayollar, keksa onaxonlaru nuroniy otaxonlar, uyushmagan yoshlar uchun tashkil qilingan konsertda О‘zbekiston xalq artistlari, О‘zbekiston xalq hofizlari, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artistlar tom ma’noda xalq xizmatida bо‘lishdi.
Yashnobod  tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi
Rang-barang janrlardan iborat musiqiy kechada estrada xonandalari, institut professor-о‘qituvchilari, talabalar tomonidan mumtoz ashulalar yangradi. Barchani о‘ziga jalb etuvchi shо‘x qо‘shiqlar ijro qilindi, jahon operalaridan namunalar aytildi.
Yashnobod  tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildiXorazm yо‘nalishida aytilgan qо‘shiqlarning jilvagar jozibasi hammani davraga raqsga chorlab, mahalla ahli qalbiga cheksiz xursandchilik ulashdi.
Yashnobod  tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi
Institut talabalari tomonidan xalqimizning taniqli aktyorlari, xonandalari, qiziqchilarining ovozlariga qilingan taqlidlar kishilarga xush kayfiyat ulashdi.
Yashnobod  tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi
Professor-о‘qituvchilar tomonidan vatanni, onani, mehr-oqibatni madh etuvchi she’rlar о‘qildi.
Yashnobod  tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi
Tadir ishtirokchilari qalbiga shodlik, xursandchilik ulashgan har bir chiqish ishtirokchilarning gulduros qarsaklari ostida qо‘llab turildi va bu san’atkorlarni ruhlantirdi.
Yashnobod  tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan ana shunday tadbirlarni о‘tkazish bо‘yicha alohida konsepsiya ishlab chiqilgan.
Yashnobod  tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi
Unga asosan, joriy yilning yilning noyabr, dekabr oylari davomida poytaxtimizdagi 65 ta mahallada shu kabi madaniy-ma’rifiy kechalar tashkil etiladi.
Yashnobod  tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi
Ular mumtoz musiqa, estrada musiqasi, teatr san’ati bо‘yicha konsert dasturlari va uchrashuvlar, kinofilmlarni namoyish etish hamda kino namoyondalari bilan muloqotlarni tashkil etish kabi 4 ta yо‘nalishda olib boriladi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print