Yangi hayot tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida о‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbir

Yangi hayot tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida о‘tkazilgan  madaniy-ma’rifiy tadbir

Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan poytaxtimizning Yangi hayot tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida о‘tkazilgan keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir о‘ziga xosligi bilan ajralib turdi.
Yangi hayot tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida о‘tkazilgan  madaniy-ma’rifiy tadbir
“Marhamat”, “Gulshanobod”, “Yangi hayot”, “Oriyat” singari qator mahallarning ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalari, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa onaxonlaru, nuroniy otaxonlar uchun tashkil qilingan konsert ochiq osmon ostida-stadionda о‘tkazildi.
Yangi hayot tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida о‘tkazilgan  madaniy-ma’rifiy tadbir
Rang-barang janrlardan iborat musiqiy kechada О‘zbekiston xalq artisti, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artistlar, estrada xonandalari, institut professor-о‘qituvchilari, talabalar tomonidan mumtoz ashulalar, barchani о‘ziga jalb etuvchi shо‘x qо‘shiqlar ijro qilindi.
Yangi hayot tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida о‘tkazilgan  madaniy-ma’rifiy tadbir
Ayniqsa xorazm yо‘nalishida aytilgan qо‘shiqlar hammani davraga raqsga chorlab, musiqiy kecha ishtirokchilari qalbiga cheksiz xursandchilik ulashdi. Institut talabalari tomonidan xalqimizning taniqli aktyorlari, xonandalari, qiziqchilarining ovozlariga qilingan taqlidlardan mahalla ahli yuziga tabassum yugurib, ularning kulgulariga sabab bо‘ldi.
Yangi hayot tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida о‘tkazilgan  madaniy-ma’rifiy tadbir
Institutdagi estrada xonandalarining chiqishlarini ayniqsa yoshlar katta xursandchilik bilan kutib olishdi. Kishilar qalbiga shodlik, xush kayfiyat ulashgan har bir chiqish ishtirokchilarning gulduros qarsaklari ostida kutib olindi va bu san’atkorlarni ruhlantirib turdi.
Yangi hayot tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida о‘tkazilgan  madaniy-ma’rifiy tadbirYangi hayot tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida о‘tkazilgan  madaniy-ma’rifiy tadbir
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan ana shunday tadbirlarni о‘tkazish bо‘yicha alohida konsepsiya ishlab chiqilgan. Unga asosan shahrimiz mahalllarida istiqomat qiladigan aholi о‘rtasida madaniy-ma’rifiy kechalar 4 ta yо‘nalishda olib boriladi.
Yangi hayot tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida о‘tkazilgan  madaniy-ma’rifiy tadbir
Ular mumtoz musiqa, estrada musiqasi, teatr san’ati bо‘yicha konsert dasturlari va uchrashuvlar, kinofilmlarni namoyish etish hamda kino namoyondalari bilan mahallalarda chiqishlarni tashkil qilish singarilardir.
Yangi hayot tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida о‘tkazilgan  madaniy-ma’rifiy tadbir

Yangi hayot tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida о‘tkazilgan  madaniy-ma’rifiy tadbirJoriy yilning noyabr, dekabr oylari davomida institut tomonidan poytaxtimizdagi 65 ta mahallada ana shunday tadbirlarni tashkil qilish kо‘zda tutilgan.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print