Yangi film taqdimoti

Adiblar xiyobonida О‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf xotirasini abadiylashtirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda “Ijod studiyasi” hamkorligida tayyorlangan “Muhammad Yusuf: Ulug‘imsan Vatanim” nomli filmning taqdimoti bо‘lib о‘tdi. Ushbu film Uzbekisnon Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 20-may kuni Adiblar xiyoboniga tashrifi chog’ida bergan topshirig’i asosida yaratildi.
Yangi film taqdimoti
Dastlab О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi, qator tashkilotlar vakillari, shoirning rafiqasi Nazira as-Salom, keng jamoatchilik tomonidan xalqimizning sevimli shoiri Muhammad Yusuf xotirasiga hurmat bajo keltirilib, haykali ziyorat qilindi.
Yangi film taqdimoti
Sо‘zga chiqqanlar tomonidan uning xalqimizga qoldirgan boy ijodiy merosi, о‘zbek adabiyotida tutgan о‘rni, yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qiluvchi she’rlari haqida iliq fikrlar bildirildi.
Yangi film taqdimotiYangi film taqdimoti
Adiblar xiyobonida tashkil etilgan tadbirda institutning “Kuhna navolar” ansambli, talabalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi, milliy kuylar termasi namoyish qilindi.
Yangi film taqdimoti
Tadbir ishtirokchilari tomonidan mazkur filmning yaratilish tarixi, bu borada amalga oshirilgan mashaqqatli ishlar, о‘ziga xos ijodiy jarayonlar haqida aytildi, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning bevosita ijodiy hamda amaliy kо‘magi alohida e’tirof etildi.
Yangi film taqdimoti
Shundan keyin “Xalq yuragi” hujjatli filmlar turkumidan о‘rin olgan “Muhammad Yusuf: Ulug‘imsan Vatanim”nomli yangi film yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi. Ssenariy mualliflari Iqbol Mirzo, Doston Hojimatov, postanovkachi rejissyor Iqbol Meliqо‘ziyev, postanovkachi operator Risqibek Shermuxammedov, rassom Doniyor Agzamov, adabiy maslahatchilar Ibrohim Yо‘ldoshev, Matyoqub Matchonov singari qator ijodkorlar tomonidan yaratilgan badiiy, publitsistik,hujjatli filmda Muhammad Yusufning tо‘laqonli qiyofasini yaratishga harakat qilingan.
Yangi film taqdimoti
Bunda Muhammad Yusufning bolaligi Islombek Ravshanov, yoshligi Azizbek Ayubhonov, katta yoshidagi roli esa Ernazar Yarbekovlar tomonidan yuksak mahorat bilan ijro qilingan. Shoirning otasi rolini Sharipov Mas’ud Ali, onasi rolini Matlubaxon Bо‘tayeva, akasi rolini esa Muhammadkomil Mansurovlarlar uynagan.
Yangi film taqdimoti
Film ijodkorlari tomonidan yurt haqida samimiy yozgan shoir haqida yangi ma’lumotlarni topishga harakat qilingan, tinimsiz izlanishlar olib borilgan. Bu esa 30 dan ortiq ijodkorlar mehnat qilgan filmda “Qumridil shoir”- deya ta’rif olgan Muhammad Yusuf xarakterini ochib berish, uning insoniy fazilatlarini yaratishda asos vazifasini о‘tagan.
Yangi film taqdimoti
Ma’lumot о‘rnida aytish mumkinki, bundan oldin О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi va qо‘llab-quvvatlashi bilan institut professor- о‘qituvchilari hamda talabalari tomonidan “Mangu osmon”, “Qora quyosh” spektakllari sahnalashtirilgan edi.
Yangi film taqdimoti
Bundan tashqari О‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo rahbarligida “Muhammad Yusuf izdoshlari” tugaragi faoliyati yо‘lga qо‘yildi, Muhammad Yusuf nomi bilan ataluvchi kо‘shk,Muhammad Yusuf nomidagi о‘quv xonasi, Muhammad Yusuf nomidagi stipendiya joriy etildi. Shuningdek, barcha ta’lim yо‘nalishlari hamda mutaxassisliklar о‘quv rejasiga Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bо‘yicha mavzular kiritildi.
Yangi film taqdimoti
Malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dessertatsiyalari mavzulari Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bilan bog‘lab о‘rganib borilmoqda.Barcha ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha “Adiblar xiyoboni”da ochiq о‘quv darslari о‘tkazilib kelinmoqda.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print