1

Xalq ijodiyoti fakultetining 1-bosqich talabalari tomonidan “Talabalik qasamyodi”ga bag‘ishlangan ijodiy bayram tadbiri tashkil etildi


О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Xalq ijodiyoti fakultetining 1-bosqich talabalari tomonidan “Talabalik qasamyodi”ga bag‘ishlangan ijodiy bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektori Eldor Shermonov sо‘zga chiqib, bu yil talabalikka qabul qilingan yoshlarni tabrikladi va ularning kelgusi о‘qishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

О‘z о‘rnida talabalik maqomiga ega bо‘lgan о‘g‘il-qizlar О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarida berilgan fuqarolik huquq va burchlarini bajarish, institut ichki tartib-qoidalariga sо‘zsiz amal qilish, zimmasiga yuklangan vazifalarni sidqidildan bajarish, talabalik maqomiga munosib bо‘lishga qasamyod qilishdi.

Bayram tadbirida talabalar tomonidan tayyorlangan qо‘shiqlar ijro qilindi. Turli sahna kо‘rinishlari, raqslar namoyish etildi.

Ishtirokchilar imkon qadar о‘z iqtidorlarini namoyon etishga intildi. Har bir chiqish bayram tadbiri qatnashchilarining qarsaklari ostida qо‘llab turildi.

 

Matbuot kotibi