Sergeli tumanidagi “О‘zgarish” mahallasida navbatdagi ”Mahallada duv-duv gap tadbiri

Sergeli tumanidagi “О‘zgarish” mahallasida navbatdagi ''Mahallada duv-duv gap tadbiri
Avval xabar berganimizdek, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan 2021- yilning noyabr-dekabr oylarida “Mahallada duv-duv gap” loyihasi asosida poytaxtning qator mahallarida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni о‘tkazish bо‘yicha reja ishlab chiqilgan.
Sergeli tumanidagi “О‘zgarish” mahallasida navbatdagi ''Mahallada duv-duv gap tadbiri
Unga asosan,poytaxtimizning Sergeli tumanidagi “О‘zgarish” mahallasida navbatdagi tadbir tashkil etildi. Mazkur kechaning mehmonlari ushbu hududda istiqomat qiladigan aholi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar bо‘lishdi.
Sergeli tumanidagi “О‘zgarish” mahallasida navbatdagi ''Mahallada duv-duv gap tadbiri
Sergeli tumanidagi “О‘zgarish” mahallasida navbatdagi ''Mahallada duv-duv gap tadbiri
Madaniy-ma’rifiy tadbirda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev, О‘zbekiston xalq artistlari Erkin Komilov, Tesha Mо‘minov singari respublikamizning taniqli aktyorlari, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, О‘zbekiston xalq hofizi singari elimiz sevgan mashhur san’atkorlar ishtirok etishdi va ularning chiqishlari aholining gulduros qarsaklari ostida kutib olindi. Mahalla ahli e’tiboriga institutimizning professor-о‘qituvchilari, talabalari tomonidan tayyorlangan kengaytirilgan konsert dasturi taqdim etildi.
Sergeli tumanidagi “О‘zgarish” mahallasida navbatdagi ''Mahallada duv-duv gap tadbiriSergeli tumanidagi “О‘zgarish” mahallasida navbatdagi ''Mahallada duv-duv gap tadbiri
Milliy qо‘shiqlar, mumtoz ashulalar, diltortar navolar kechaga yanada fayz, xursandchilik bag‘ishlab, barchani davraga chorladi.

Sergeli tumanidagi “О‘zgarish” mahallasida navbatdagi ''Mahallada duv-duv gap tadbiri

Tadbir ishtirokchilari о‘zlarining shо‘x raqslari, gulduros qarsaklari bilan san’atkorlarni ruhlantirib turdi.Kishilarning qalbiga xursandchilik, xush kayfiyat ulashuvchi “Mahallada duv-duv gap” loyihasi dorasidagi shu kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar poytaxtimiz mahallalari bо‘ylab davom etadi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print