Saylov targ‘iboti

Til bayrami

Talabalar о‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, ularni siyosiy jarayonlarga faol jalb etish.
Saylov targ‘iboti
Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida fakultetlar dekanlari, dekan о‘rinbosarlari, kafedra mudirlari,professor-о‘qituvchilar ishtirokida tashkil etilgan tadbir ushbu maqsadlarga yо‘naltirildi.
Saylov targ‘iboti
Ta’kidlandiki, institutning barcha talabalari ishtirokida seminar va ochiq muloqotlar tashkil qilinib, yoshlarga saylov tizimining bugungi kundagi ahamiyati, saylov yangiliklari, unga kiritilgan о‘zgarishlar, saylov tо‘g‘risidagi kodeksning mazmun-mohiyati haqida atroflicha tushunchalar berilmoqda.
Saylov targ‘iboti
Tobora yaqinlashib kelayotgan siyosiy jarayon – О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yuqori saviyada о‘tkazish, unda har talabaning о‘z ovozi bilan qatnashishini ta’minlash uchun shu kabi tadbirlar qamrovini yanada kengaytirish lozim.
Tadbir ishtirokchilari ayniqsa, bu yil ilk bor saylovda qatnashadigan talabalarni 24- oktabrda bо‘ladigan Prezidentlik saylovida faol ishtirokini ta’minlash borasida о‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print