Saylov 2021. Tanlov gʻoliblari munosib taqdirlandi

Saylov 2021.  Tanlov gʻoliblari munosib taqdirlandi

Yoshlarda saylovga boʻlgan munosabatni shakllantirish hamda ularning mazkur siyosiy jarayonda faol ishtirokini ta’minlash maqsadida Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan «Saylov qonunchiligi va saylov jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga bagʻishlangan eng yaxshi ilmiy ishlar» tanlovi oʻtkazildi.
Saylov 2021.  Tanlov gʻoliblari munosib taqdirlandi
Bugun gʻoliblarni taqdirlash marosimi poytaxtimizning “Ashxobod sayilgohi”da boʻlib oʻtdi. Unda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri oʻrinbosari Raximjon Xakimov ishtirok etib, tanlov gʻoliblarini taqdirladi va ularning keyingi ilmiy faoliyatlariga omadlar tiladi.
Saylov 2021.  Tanlov gʻoliblari munosib taqdirlandi
– Bu kabi tanlovlar talaba-yoshlarning saylovga oid bilimlarini rivojlantirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik islohotlar va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga faol boʻlishga chaqiradi.
Saylov 2021.  Tanlov gʻoliblari munosib taqdirlandi
Tanlov g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbirning musiqiy-badiiy qism О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tashabbusi bilan tashkil etildi.

Saylov 2021.  Tanlov gʻoliblari munosib taqdirlandi

Ovoz rejissorligi va operatorligi mahorati kafedrasi o’qituvchisi Asliddin O’tayev tadbir rejissori,
Sahna nutqi kafedrasi o’qituvchisi Isfandiyor Xomidov tadbirda boshlovchi sifatida qatnashdi.Unda institutning professor-о‘qituvchilari, talabalar faol ishtirok etishdi. Konsert dasturi Folklor san’ati kafedrasi talabalari ijrosidagi “Baxshiyona” asari bilan boshlandi.
Saylov 2021.  Tanlov gʻoliblari munosib taqdirlandi
Kengaytirilgan konsert dasturida Milliy qо‘shiqchilik kafedrasi mudiri Mirshod Elov ijrosidagi “Bu kо‘ngil senga band bо‘ldi”,”Vatan”, ushbu kafedra о‘qituvchisi,”О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvoni sohibi Rusmtam Abdullayevning “Ey gо‘zal”,о‘qtuvchi Nodir Lutfullayev ijrosidagi “Dilxiroj”, Vokal san’ati kafedrasi о‘qituvchisi, “Nihol” mukofoti sovrindori Isroil Saidumarov tomonidan “Rayhon”, Mustazod” ushbu kafedra о‘qituvchisi, “Nihol” mukofoti sovrindori Aziz Rajabiy ijrosidagi “Orzularim” singari qо‘shiqlar aytildi.
Saylov 2021.  Tanlov gʻoliblari munosib taqdirlandi
Yuksak mahorat bilan ijro qilingan har bir chiqish ishtirokchilarning gulduros qarsaklari ostida qо‘llab turildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print