“Sahnada nuroniylar” mavzusidagi teatrlashtirilgan kompozitsion tadbir

"Sahnada nuroniylar" mavzusidagi teatrlashtirilgan kompozitsion tadbir
Joriy yilning 19-oktabr kuni Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri aholisi bilan bo‘lgan uchrashuvda Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy о‘quv yurtlari tomonidan poytaxtimiz mahallarida duv-duv gap bo‘ladigan, aholi o‘rtasida butunlay yangicha formatdagi madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish borasida o‘z fikrlari aytgan edi.
"Sahnada nuroniylar" mavzusidagi teatrlashtirilgan kompozitsion tadbir
Ushbu topshiriq institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, sohaga aloqador mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan muloqotlar jarayonida atroflicha ko‘rib chiqilib, keng muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan istiqbolli rejalar taklif qilindi. Qatnashchilarning bildirgan kreativ fikrlari asosida ushbu tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha alohida konsepsiya ishlab chiqildi.
"Sahnada nuroniylar" mavzusidagi teatrlashtirilgan kompozitsion tadbir
Unga asosan shahrimiz mahalllarida istiqomat qiladigan aholi o‘rtasida 4 ta yo‘nalishda tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirildi. Ular mumtoz musiqa, estrada musiqasi, teatr san’ati bo‘yicha konsert dasturlari va uchrashuvlar, kinofilmlarni namoyish etish hamda kino namoyondalari bilan mahallalarda chiqishlarni tashkil qilish singarilardir.
"Sahnada nuroniylar" mavzusidagi teatrlashtirilgan kompozitsion tadbir
Ushbu konsepsiya asosida 8-noyabrdan boshlab O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan poytaxtimiz mahallalarida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida tizimli ravishda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
"Sahnada nuroniylar" mavzusidagi teatrlashtirilgan kompozitsion tadbir
Uning navbatdagisi “Sahnada nuroniylar” mavzusidagi teatrlashtirilgan kompozitsion tadbir 15-noyabr kuni O‘zbekiston davlat sanat va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yo‘ldoshev rahbarligida institut о‘quv teatrida poytaxtimizning Mirobod tumani mahallalari kesimida tashkil etildi.

Masalaga kreativ yondoshilgani o‘zining ijobiy samarasini berdi. Ssenariy muallifi va rejissyor “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi o‘qituvchisi R. Yusupova bo‘lgan, ijrochilari nuroniylardan iborat madaniy uchrashuvda yoshi ulug‘ onaxonlarimiz, turli millat vakillaridan tashkil topgan ayollar jamoasi ishtirok etdi. Ular tomonidan milliy ashulalar, xalqimiz qalbidan joy olgan turli qo‘shiqlar ijro qilindi.
"Sahnada nuroniylar" mavzusidagi teatrlashtirilgan kompozitsion tadbir"Sahnada nuroniylar" mavzusidagi teatrlashtirilgan kompozitsion tadbir
Yig‘ilganlar e’tiboriga koreys millatiga mansub jamoa tomonidan “Xorazm lazgisi” taqdim etildi va bu ishtirokchilarning olqishlari ostida kutib olindi. Shuningdek, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan madaniy-ma’rifiy tadbirda xalqimizning qadimiy an’analari, urf-odatlari, milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish qilindi.
"Sahnada nuroniylar" mavzusidagi teatrlashtirilgan kompozitsion tadbir
Sahnadagi nuroniylar tomonidan kelin salom marosimlari, buvilarimizu-onaxonlarimiz tomonidan aytilgan alla singari udumlarimiz maromiga yetkazilib namoyish etilib, zaldagi ishtirokchilar qalbiga unutilmas oniy lahzalarni hadya qildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print