Mahmud Ismoilov
Mahmud Ismoilov (1954)
1973 – 1977-yillarda Toshkent teatr va rassomlik sanʼat instituti da taʼlim olgan. 1977 – 1987- yillarda O‘zbek davlat drama teatri aktyori. 1987 – 1996-yillarda O‘zbek Davlat akademik drama teatri aktyori. 1996-1997 yillarda Madaniyat ishlari vazirligi sanʼat ishlari boshqarmasi boshligʼi. 1997 – 2013-yillardan O‘zbek Milliy Аkademik drama teatri aktyori. 2013 – 2015 yillardan O‘zbek Milliy Аkademik drama teatri direktori. 2015yildan yana O‘zbek Milliy Аkademik drama teatri aktyori sifatida faoliyat yuritayapti. 1988-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. M.Ismoilov mehnatsevarligi, talabchanligi va tinmay ijodiy izlanishi tufayli xalq olqishiga sazovor boʼlgan aktyorlardan biri. U teatrda sahnalashtirilgan “Аlisher Navoiy” spektaklida Husayn Bayqaro, keyinchalik Аlisher Navoiy, “Oʼz arizasiga ko‘ra”da Elyor, “Yulduzli tunlar”da meʼmor Fazliddin, “Qirol Lir”da Edgar, “Usmon Nosir”da Cho‘lpon, “Mirzo Ulug‘bek”da Аbbos, “Mehrobdan chayon”da Sultonali, “Kunduzsiz kechalar”da Fitrat, “Daraxtlar tik turib jon beradi”da Maurisio, “Uvaysiy”da Vaziri aʼzam, “Omonat dunyo”da Jaloliddin, “Tortadurman jabrini”da ota, “Sizsiz o‘tmas kunlarim”da Umarjon, “Eng suluv kelinchak”da Oltoy, “O‘zbekcha raqs”da Vasya, “Rustam”da Ellikboshi kabi obrazlarni yaratgan. U o‘ynagan har bir roli orqali insonlarning ichki olamini yuksak mahorat bilan ochib berib, tomoshabinlarning va hamkasblarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.