Prorektor va yoshlar

Prorektor va yoshlar
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektor Eldor Shermonov tomonidan “Prorektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.Teatr san’ati 1-bosqich talabalari ishtirokida о‘tgan tadbirda institut ichki tartib qoidalari, odob-axloq masalalari haqida ma’lumotlar berildi. Talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, bu yerga о‘g‘il-qizlarni qaysi mezonlar asosida joylashtirish, faol talabalar uchun beriladigan imkoniyatlar, ularni byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish singari qator mavzular ham uchrashuv asosini tashkil qildi.
Prorektor va yoshlar
E’tirof etildiki, ushbu oliy о‘quv yurtida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning kitobxonlik madaniyatini yanada takomillashtirish maqsadida institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan Axborot resurs markazida “Kitob о‘qishga keling, bir finjon bepul qahva iching” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda.
Prorektor va yoshlar
Yaqinda esa yana bir yangilikka qо‘l urildi. Rektorimizning tashabbusi bilan ARM ga 5 ta zamonaviy sport velosipedi sovg‘a qilindi. Endilikda eng kо‘p kitob о‘qigan talabalar ma’lum bir vaqt ichida ushbu velosipedlarda institut hovlisida sayr qilishlari mumkin.
Bu esa kitobsevar yoshlarni ham aqlan yetuk, ham jismonan sog‘lom insonlar bо‘lib yetishishlariga xizmat qiladi. Ma’lumki, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Muhammad Yusuf stipendiyasi joriy qilingan.
Prorektor va yoshlar
Uchrashuvda ushbu stipendiyani olish uchun qо‘yilgan talablar, amalga oshirilishi lozim bо‘lgan ishlar bо‘yicha axborot berildi. Shuningdek, tadbirda talabalarni xorijiy hamkor oliy о‘quv yurtlariga yuborish, tashabbuskor о‘g‘il-qizlarni davlat mukofotlari va davlat stipendiyalariga tavsiya etish talablari borasida fikrlar bildirildi.
Ochiq muloqot asnosida kechgan uchrashuvda talabalar о‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblarni olishdi.

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print