Poytaxt mahallalarida madaniy-ma’naviy tadbirlarni tizimli tashkil etish

Poytaxt mahallalarida madaniy-ma’naviy tadbirlarni tizimli tashkil etish
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 19- oktabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizning barcha hududlari qatori Toshkent shahrini ham har tomonlama rivojlantirish, uni yanada gо‘zal va obod shaharga, dunyoning yirik megapolislaridan biriga aylantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan edi.
Xususan, kelgusi besh yilda “Toshkent – yashash uchun qulay yashil shahar”, “Biznes uchun ulkan imkoniyatlar shahri”, “Mintaqaviy investitsiyalar markazi”, “Raqamli poytaxt”, “Bilim va innovatsiyalar shahri”, “Poytaxt – madaniyat va ma’rifat bulog‘i”, “Sog‘lom turmush va sifatli tibbiyot” dasturlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, poytaxtimizdagi 575 ta mahallani rivojlantirish bо‘yicha shahar hokimligi huzurida alohida jamg‘arma tashkil etilib, har bir mahallaga 10 milliard sо‘mdan ajratilishi kо‘zda tutilgan.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkent shahar fuqarolari bilan bо‘lgan ushbu uchrashuvdaО‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning respublikamiz hududlaridagi mahallalarda (Samarqand, Jizzax viloyatlari) yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan о‘zgarishlar, tub islohotlar, keng kо‘lamli qurilish bunyodkorlik jarayonlari haqida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishda faollik kо‘rsatayotgani alohida e’tirof etildi.
Poytaxt mahallalarida madaniy-ma’naviy tadbirlarni tizimli tashkil etish
Joriy yilning 21- oktabr kuni esa Toshkent shahar hokimi о‘rinbosari — Mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Furqat Mahmudxо‘jayev rahbarligida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati, professor-о‘qituvchilari ishtirokida ushbu ishlar, poytaxt mahallalarida madaniy-ma’naviy tadbirlarni tizimli tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bо‘lib о‘tgan edi.
Poytaxt mahallalarida madaniy-ma’naviy tadbirlarni tizimli tashkil etish
Tashkil etilgan yig‘ilishda shahrimiz aholisining madaniy-ma’naviy salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan 5 ta ssenariy kо‘rib chiqilib, yig‘ilganlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Poytaxt mahallalarida madaniy-ma’naviy tadbirlarni tizimli tashkil etish
Ishtirokchilar tomonidan qо‘shimcha takliflar bildirildi. Kelgusida poytaxtimiz mahallalarida innavatsion yondashuvlar asosida madaniy-ma’naviy tadbirlarni tizimli tashkil qilish bо‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish borasida mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print