gov.uz
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zolari – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziridan (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi), uning o‘rinbosarlaridan, vazirlardan, davlat qo‘mitalari raislaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.