1

O’zDSMI hududida kо‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari


О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan bahorning iliq kelgan har bir kunidan unumli foydalanib, institut hududida kо‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Dekan, dekan о‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-о‘qituvchilar, institutni barcha xodimlari tomonidan turli gul kо‘chatlari, manzarali daraxtlar keltirilib ekilyapti. Teatr san’ati fakulteti “Musiqali, dramatik teatr va kino san’ati” kafedrasi tashabbusi bilan “Salviya”, “Begunya”, “Surfinya” singari noyob gullar, “Faynek palmasi” manzarali kо‘chatlari о‘tqazildi. Xalq ijodiyoti fakulteti “Folklor va etnografiya” kafedrasi tashabbusi bilan “Pitunya” gullari ekildi.

Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti jamoasi esa pakana atirgul navlarini о‘tqazib institut hududiga о‘zgacha guzallik bag‘ishlashni lozim topishibdi. “О‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan institut hovlisiga kirish joyi va О‘zbekiston xalq shoiri “Muhammad Yusuf” nomi bilan ataluvchi kо‘shk oldiga turli noyob gullar ekildi.Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti tomonidan landshaft dizayni asosida yaratilgan manzara о‘ziga xosligi bilan ajralib turibdi.

Kо‘ngillari gо‘zallikka oshufta О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati, ahil jamoasining maqsadi-о‘zlari faoliyat olib borayotgan shu maqaddas maskanni gulzor, chamanzorga aylantirish. Bu yerga tashrif buyurgan har bir kishini ushbu estetik gо‘zallikdan zavq olishi, kayfiyatini kо‘tarishlariga о‘z hissalarini qо‘shish.

 

Matbuot kotibi