1

О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, О‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori Azizxon Qayumov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bо‘lib о‘tdi


О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida atoqli olim, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, О‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori Azizxon Pо‘latovich Qayumov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan “Akademik Aziz Qayumov va mumtoz adabiyotshunoslik” mavzuida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyasi bо‘lib о‘tdi.

О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi hamkorligida tashkil etilgan anjuman onlayn tarzda о‘tkazildi. Unda О‘zbekiston, Vengriya, Tojikiston, Ozarboyjon va Qirg‘iziston mamlakatlaridan 50 dan ortiq mutaxassis olimlar ishtirok etishdi.

Jumladan, О‘zbekistondan taniqli olimlar Jabbor Eshonqulov, Zokirjon Mashrabov, Otabek Jо‘raboyev va Qodirjon Ergashev, vengriyalik Benedek Peri, tojikistonlik Baxtiyor Fayzulloyev, ozarboylik, Olmos Ulviy, qirg‘izistonlik Barno Isaqova kabi olimlarning ma’ruzalari qiziqish bilan tinglandi.

“Xorijda saqlanayotgan О‘zbekistonga taalluqli ilmiy-madaniy boyliklarni aniqlash va vatanga qaytarish”, “Alisher Navoiy siyrati Xondamir talqinida”, “Dahoga mehr hosilasi”, “Ta’lim tizimida adabiy-nazariy ma’lumotlarni о‘rganish” singari qator mavzularda qilingan ma’ruzalar dolzarbligi, о‘ziga xosligi bilan ajralib turdi.

Alisher Navoiy asarlarida mash bо‘lish hodisasining talqini, axiylar obrazining talqini kabi masalalar о‘rtaga tashlandi. Xalqaro konferensiyada akdemik Aziz Qayumovning nafaqat о‘zbek fani, balki jahon adabiyotshunosligida tutgan о‘rni va ibratli umri ma’ruzalar hamda chiqishlarda yoritib berildi.

 

Matbuot kotibi