О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Universiteti о‘rtasidagi xalqaro hamkorlik

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Universiteti о‘rtasidagi xalqaro hamkorlik
Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti 1943 yilda tashkil topgan bо‘lib, dunyo oliy ta’lim muassasalari о‘rtasidagi reytingida 500 talik qatoriga kiritilgan.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Universiteti о‘rtasidagi xalqaro hamkorlik
Mazkur universitetda 5 ta Oliy maktab, 7 ta fakultet, 2ta institut (masofadan о‘qitish instituti hamda Oliy ta’limdan keyingi о‘qitish-axborot markazi), 10 ta ilmiy-tadqiqot markazi, 3 ta ilmiy laboratoriya mavjud bо‘lib, unda 136 turdagi bakalavriat, 143 ta magistratura, 20 ta (Phd) doktorontura bо‘yicha tahsil olish mumkin.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Universiteti о‘rtasidagi xalqaro hamkorlik
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Universiteti о‘rtasidagi Xalqaro shartnoma doirasida 2021-yilning 11-12-noyabr kunlari “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” kafedrasi dotsenti Vahobjon Rustamov shartnomada kо‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida mazkur universitetga tashrif buyurdi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Universiteti о‘rtasidagi xalqaro hamkorlik
Universitetning madaniyat va san’at yо‘nalishi bо‘yicha kafedralarga kirib, u yerdagi о‘qish va о‘qitish sharoitlari bilan tanishdi. Ikki kun davomida rejissyorlik, aktyorlik va ijtimoiy-madaniy dam olish ta’lim yо‘nalishlarida mahorat darslarini о‘tkazdi va institut rahbariyatining “Alg‘is xat”, ya’ni “Tashakkurnoma”siga ega bо‘ldi.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Universiteti о‘rtasidagi xalqaro hamkorlik
Ushbu universitetning ilmiy salohiyati yuqori bо‘lgan professor-о‘qituvchilar institutimizga taklif qilindi. Ular institutimiz rektori, filologiya fanlari doktori, professor Yо‘ldoshev Ibrohim Jо‘rayevich nomiga arizalarini yozib, bizlar bilan hamkorlik qilishga sidqidildan roziliklarini bildirdilar.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print