Nomzod bilan uchrashuv

Nomzod bilan uchrashuv
Bugun О‘zbekiston davlat san’at va maldaniyat institutida О‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Prezidentlikka kо‘rsatilgan nomzod Alisher Qodirovning ishonchli vakili Mirodil Abdurahmonov ishtirokida nomzodning saylovoldi dasturi targ‘iboti yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuvi bо‘lib о‘tdi.
Nomzod bilan uchrashuv
Uchrashuvda partiyaning Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi faollari, Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman kengashi deputatlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari a’zolari, nuroniy otaxon va onaxonlar, hunarmandlar, sportchilar, partiyaga xayrixoh yoshlar, xotin-qizlar, mahalla faollari, kо‘p sonli saylovchilar, institut vakillari ishtirok etdi.
Nomzod bilan uchrashuv
Uchrashuvni Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati Yoqutxon Madjidova kirish sо‘zi bilan ochib, joriy yilning 24-oktabr’ kuni bо‘lib о‘tadigan Prezidentlik saylovi mamlakatimizda muhim siyosiy tadbir bо‘lib, barchani mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim о‘rin tutuvchi ushbu jarayonda faol ishtirok etishga chaqirdi va sо‘zni “Milliy tiklanish” partiyasidan Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning Toshkent shahridagi ishonchli vakili Mirodil Abdurahmonovga berdi.
Mirodil Abdurahmonov saylovchilarni “Milliy tiklanish” partiyasidan Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning dasturi bilan tanishtirar ekan dastlab dasturdagi beshta yо‘nalish va uning mohiyatiga tо‘xtaldi.
Nomzod bilan uchrashuv
Ishonchli vakil Nomzod dasturidagi eng ustuvor vazifalaridan biri bog‘chada tarbiyachilar, maktabda о‘qituvchilarning yangi avlodini yaratish, oliygohlarda talabalarga о‘z sohasining yetuk mutaxassislari dars berishini ta’minlash ekanligini ta’kidladi.
Nomzod dasturidagi yana bir muhim takliflardan biri bu – ayollarning mehnat soatlarini ish haqiga ta’sir qilmagan holda oilasiga moslashtirishdir. О‘n sakkiz yoshgacha farzandi bor ayollarning ish soatini qisqartirilishi va bu orqali ayollarni hech bо‘lmaganda bir-ikki soat erta uyiga borib, farzandlari tarbiyasi bilan mashg‘ul bо‘lishi uchun sharoit yaratilishi kо‘zda tutiladi.
Nomzod bilan uchrashuv
Bо‘lib о‘tgan uchrashuvda “Milliy tiklanish” partiyasidan Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning Toshkent shahridagi ishonchli vakili VMirodil Abdurahmonov ijtimoiy adolat, qadriyatlarga hurmat va fuqaro erkinliklarini ta’minlash sohasidagi tashabbuslari bilan ham saylovchilarni tanishtirdi.
Uchrashuvda saylovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print