Poytaxtimizning “Avayxon”, “Yangi Avayxon”,”Ming lola” mahallalarida imtiqomat qilayotgan aholi uchun taqdim qilingan madaniy-ma’rifiy tadbir

Har xil janrdagi qо‘shiqlar, shо‘x о‘yinlar, maromiga yetkazib ijro etilgan taqlidlar. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining professor-о‘qituvchilari, yurtimizning taniqli san’atkorlari, talabalar tomonidan “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida poytaxtimizning “Avayxon”, “Yangi Avayxon”,”Ming lola” mahallalarida imtiqomat qilayotgan aholi uchun taqdim qilingan madaniy-ma’rifiy tadbir dasturi ushbu jihatlarni qamrab oldi.
Poytaxtimizning “Avayxon”, “Yangi Avayxon”,”Ming lola” mahallalarida imtiqomat qilayotgan aholi uchun taqdim qilingan madaniy-ma’rifiy tadbir
Tadbirda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev sо‘zga chiqib, mamlakatimizda davlatimiz tomonidan mahallalarga berilayotgan e’tibor, keyingi paytlarda butunlay yangicha qiyofa kashf etayotgan ushbu maskanlarda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari haqida gapirdi.
Poytaxtimizning “Avayxon”, “Yangi Avayxon”,”Ming lola” mahallalarida imtiqomat qilayotgan aholi uchun taqdim qilingan madaniy-ma’rifiy tadbir
Institutimiz tomonidan “Vatan ichra vatan”,- deya ta’rif olgan ana shunday 65 ta obod maskanda “Mahallada duv-duv gap” loyihasi asosida aholi uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar о‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Poytaxtimizning “Avayxon”, “Yangi Avayxon”,”Ming lola” mahallalarida imtiqomat qilayotgan aholi uchun taqdim qilingan madaniy-ma’rifiy tadbir
Shundan keyin navbat kuy, ashulalarga berildi.Elimiz suygan san’atkorlar tomonidan xorazmcha usulda ijro qilingan shо‘x qо‘shiqlar barchaning qalbiga kо‘tarinki kayfiyat, cheksiz xursandchiliklarni tuhfa etdiki, mahalla ahli о‘z shodliklarini yashira olmasdan davrani tо‘ldirib raqsga tushishdi.
Poytaxtimizning “Avayxon”, “Yangi Avayxon”,”Ming lola” mahallalarida imtiqomat qilayotgan aholi uchun taqdim qilingan madaniy-ma’rifiy tadbir
Sohir ovoz sohibi bо‘lgan professor-о‘qituvchilar tomonidan maromiga yetkazib ijro qilingan ashulalar esa kishilarga ma’naviy oziqa ulashdi.
Poytaxtimizning “Avayxon”, “Yangi Avayxon”,”Ming lola” mahallalarida imtiqomat qilayotgan aholi uchun taqdim qilingan madaniy-ma’rifiy tadbir
Ayniqsa, institutimiz talabasi tomonidan respublikamizning taniqli aktyorlari, qiziqchilari, kino yulduzlarining ovozlariga qilingan taqlidlar ishtirokchilarning shodon kulgilariga sabab bо‘ldi.
Poytaxtimizning “Avayxon”, “Yangi Avayxon”,”Ming lola” mahallalarida imtiqomat qilayotgan aholi uchun taqdim qilingan madaniy-ma’rifiy tadbir
Barcha chiqishlar faqat jonli ijrodan tashkil topgan konsert davomida mahalla ahli san’atkorlarning har bir chiqishini о‘zlarining gulduros qarsaklari ostida qо‘llab turishdi va bu institut professor-о‘qituvchilari, talabalarni yanada ilhomlantirdi.

Poytaxtimizning “Avayxon”, “Yangi Avayxon”,”Ming lola” mahallalarida imtiqomat qilayotgan aholi uchun taqdim qilingan madaniy-ma’rifiy tadbir

“Mahallada duv-duv gap” shiori ostidagi ana shunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar poytaxtimiz mahallalarida davom etadi.

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print