Melis Abzalov
Melis Abzalov (18.11.1938 – 26.10.2016)
Oʻzbek aktori, rejissori va ssenariychisi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1987). M. Abzalav oʻzbek kinosining asoschilaridan va eng yorqin namoyondalaridan biri hisoblanadi. Melis Abzalovning eng mashhur filmlari “Suyunchi“ (1982), „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (1984), “Armon“ (1986) va „Oʻtgan kunlar“ (1997) filmlaridir. Melis Oripovich Abzalov 1938-yil 18-noyabrda Yangiyoʻlda tavallud topgan. U 1961-yil “A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati” (O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) institutining “Dramatik teatr va kino aktyorligi” yo’nalishini tamomlagan. 1962-yil “Oʻzbekfilm“da ishlashni boshlagan. Abzalov 1961-yil Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgan. 1961-1962-yillar Yosh tomoshabinlar teatrida aktor boʻlib ishlagan. 1962 – 1965-yillar “Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida rejissor assistenti, keyinchalik rejissor va aktor, 1989-yildan “Vatan“ kinostudiyasining badiiy rahbari boʻlib faoliyat yuritgan.
Abzalov ijodiga komediya janridagi filmlar yaqin boʻlib, ular oʻziga xos milliy boʻyoqlarga boyligi, xarakterlarning toʻliq ochilganligi bilan ajralib turadi. Filmlarida yengil lirika oʻtkir satirik epizodlar bilan uygʻunlashib ketadi. Abzalov aktor sifatida Abdulla („Yettinchi oʻq“), Olloyorboy (“Inson qushlar ortidan boradi“), Eshon Zaynullo (“Qoʻqon voqeasi“), Qorashoh (“Arslonning sarguzashtlari”) va boshqa obrazlarni yaratgan. Rejissor sifatida „Chinor ostidagi duel“, “Suyunchi“, “Kelinlar qoʻzgʻoloni“, “Armon“, “Maysaraning ishi“, “Koʻzlarim yoʻlingda“, “Oʻtgan kunlar“ kabi filmlarni ishlagan.