
2019 yil 11 oktabr kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Fransiyaning Nays Sofiya Antipolis Universitetining falsafa fanlari doktori Silvayn Roy tashrif buyurdi. Silvayn О‘zDSMI qoshidagi professor-о‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari va talabalar uchun Etno musiqa bо‘yicha Master-klass о‘tib berdi. Silvayn Roy Master-klassni Etno musiqa nazariyasi bо‘yicha boshladi. Chet el va о‘zbek musiqasidagi о‘xshashlik va farqlar haqida misollar bilan tushuntirdi. Tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Master-klass davomida Fransiyalik mehmon qashg‘ar rubobga qiziqishini va rubob bо‘yicha olib borgan tajriba va bilimlarini bо‘lishdi. Hayratlanarlisi shundaki, Silvayn rubob chalishni ham о‘rgangan ekan. Master-klass davomida u tinglovchilarga rubob chalib berdi. Fransiyaliklarning о‘zbek cholg‘u asboblariga bо‘lgan qiziqishi yurtimiz san’atining butun dunyoga tanilmoqda ekanligidan darak beradi. Silvayn kelajakda institutimiz bilan hamkorlikni rivojlantirish istagi bor ekanligini aytib о‘tdi.