“Mahallada duv-duv gap” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbirning navbatdagisi Uchtepa tumanida о‘tkazildi

17-noyabr kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan “Mahallada duv-duv gap” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbirning navbatdagisi poytaxtimizning Uchtepa tumanida о‘tkazildi.
“Mahallada duv-duv gap” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbirning navbatdagisi  Uchtepa tumanida о‘tkazildi
Unda tumandagi “Jurjoniy”, “Degrez”, “Shofoiz bog‘i”, “Bog‘iston”, “Beshqayrag‘och” singari 50 ga yaqin mahallalar aholisi ishtirok etdi.
“Mahallada duv-duv gap” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbirning navbatdagisi  Uchtepa tumanida о‘tkazildi
Tadbirni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev kirish sо‘zi bilan ochib, “Mahallada duv-duv gap” loyihasining mazmun-mohiyati haqida gapirdi.

“Mahallada duv-duv gap” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbirning navbatdagisi  Uchtepa tumanida о‘tkazildi

Mazkur tadbir milliyligimiz, ma’naviyatimizni xalqimiz oldida namoyish etish bilan birga aholining madaniy hordiq chiqarishi, dam olishini ham о‘z oldiga maqsad qilgan.

“Mahallada duv-duv gap” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbirning navbatdagisi  Uchtepa tumanida о‘tkazildi

Madaniy-ma’rifiy kechada nuroniy otaxonlar, munis onajonlar, kam ta’minlangan oilalar vakillari, uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi.

“Mahallada duv-duv gap” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbirning navbatdagisi  Uchtepa tumanida о‘tkazildi

Yig‘ilganlar e’tiboriga О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining professor-о‘qituvchilari, talabalari, respublikamizning taniqli san’atkorlaridan tashkil topgan ijodiy jamoa tomonidan turli janrlardagi diltortar milliy qо‘shiqlar aytildi.

“Mahallada duv-duv gap” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbirning navbatdagisi  Uchtepa tumanida о‘tkazildi

Ularga hamohang tarzda talabalar tomonidan shо‘x raqslar ijro qilindi. Bu esa mahallalar aholisini yanada ruhlantirib, barchani davraga chorladi.

“Mahallada duv-duv gap” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbirning navbatdagisi  Uchtepa tumanida о‘tkazildi

Qalblariga shodlik, xursandchilik jo etgan, barchaga kо‘tarinki kayfiyat ulashgan tadbir uchun mahallalar vakillari institut rahbariyati, ijodiy jamoaga о‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

“Mahallada duv-duv gap” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy tadbirning navbatdagisi  Uchtepa tumanida о‘tkazildi

Shu kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar poytaxtimiz mahallalari bо‘ylab davom etmoqda.

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print