“Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir

“Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Yoshlik” va “Chamanbog‘” mahallarida istiqomat qilayotgan fuqarolar uchun “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
“Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, talabalari hamda Yunus Rajabiy nomidagi О‘zbek milliy maqom san’ati markazi jamoasi ishtirokida poytaxtimizda birinchi marta taqdim etilgan musiqiy chiqishlar har ikkala mahalla aholisi о‘rtasida duv-duv gap bо‘ldi.
“Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir
Madaniy-ma’rifiy kechani institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev va О‘zbek milliy maqom san’ati markazi rahbari Abduhoshim Ismoilovlar kirish sо‘zi bilan ochib berishdi. Shundan keyin xalqimiz orziqib kutgan diltortar qо‘shiqlar aytildi, sherlar о‘qildi, milliy raqslar ijro qilindi.”О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi”, “О‘zbekiston xalq hofizi” singari faxriy unvonlar sohiblari bо‘lgan el suygan san’atkorlar tomonidan ijro qilingan qо‘shiqlar, taniqli aktyorlar bilan kechgan samimiy muloqot yig‘ilganlar qalbiga ma’naviy ruhiy kuch, milliy iftixor bag‘ishlagani bor gap.
“Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir
Har bir chiqish ishtirokchilarning shodon raqslari hamda gulduros qarsaklari ostida qо‘llab turildi va bu sozandayu xonandalarni yanada ruhlantirib turdi.
“Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir
Madaniyat, san’at namoyondalarining xalqimiz kayfiyatini kо‘tarish, ular qalbiga xursandchilik baxsh etish maqsadida mahallaga qilgan ushbu tashrifi yurtimizda inson qadr-qimmati, uning sha’ni qay darajada ulug‘lanishi, Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalari qо‘shma majlisida lavozimiga kirishishida tantanali marosimdagi nutqida e’tirof etganidek, “inson-jamiyat-davlat” degan yangi tamoyilning amaldagi kо‘rinishidir.
“Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir
Kishilar qalbiga xursandchilik, kо‘tarinki kayfiyat bag‘ishlovchi shu kabi yangi formatdagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar bundan keyin ham an’anaviy tarzda davom ettiriladi. Shahrimiz mahalllarida istiqomat qiladigan aholi о‘rtasida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostidagi tadbirlarni 4 ta yо‘nalishda о‘tkazish rejalashtirilgan.
“Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir
Ular mumtoz musiqa, estrada musiqasi, teatr san’ati bо‘yicha konsert dasturlari va uchrashuvlar, kinofilmlarni namoyish etish hamda kino namoyondalari bilan chiqishlarni tashkil qilish singarilardir.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print