“Ilm yulduzlari” respublika intellektual kо‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi

“Ilm yulduzlari” respublika intellektual kо‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Ilm yulduzlari” respublika intellektual kо‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bо‘lib о‘tdi. Tadbirni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev ochib berdi. Tanlovda ilmu-saodatni yosh umrining mazmuniga aylantirgan ishtirokchilar bellashdilar.
“Ilm yulduzlari” respublika intellektual kо‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi
Ilm yulduzlari birinchi, ikkinchi hamda uchinchi о‘rin uchun “Eng innovatsion g‘oya sohibasi”, “Eng mohir ilm sohibasi”, “Eng zukko va topqir ishtirokchi”, “Eng mohir milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi”, “Tomoshabin e’tiboriga sazovor ishtirokchi” singari nominatsiyalar bо‘yicha bellashdilar.
“Ilm yulduzlari” respublika intellektual kо‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi
Nomzodlar ilmiy faoliyati, izlanishlari haqidagi 5 daqiqalik videolavha, “Yoshlar kelajak poydevori” mavzusidagi savollar, qizlarning bilimi, dunyoqarashlarini qanchalik serqirra ekanligini sinash uchun tayyorlangan shart, “Men nechun sevaman О‘zbekistonni” mavzusidagi ma’lumotga ega ekanligini aniqlash bо‘yicha tuzilgan shartlarni bajardilar.
“Ilm yulduzlari” respublika intellektual kо‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi
Hakamlar hay’ati tomonidan har bir yо‘nalish hamda shart baholab borildi. Yosh san’atkor talabalarning musiqiy chiqishlari tanlovga о‘zgacha fayz bag‘ishladi.
“Ilm yulduzlari” respublika intellektual kо‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi
Hakamlar hay’atining xulosalariga kо‘ra, bilimdon yosh ilm yulduzlari kо‘rik-tanlovning respublika bosqichiga yо‘llanmani qо‘lga kiritishdi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print