1

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida buyuk san’atkorlar, taniqli aktyorlar, adabiyot, san’at va madaniyat arboblari xotirasiga hurmat-ehtirom kо‘rsatish, ularning hayoti, ijodi haqida talabalarga yanada kengroq ma’lumot berish, faoliyatlaridan yoshlarni kо‘proq xabardor qilish maqsadida amaliy va nazariy mashg‘ulotlar о‘tkaziladigan xonalar madaniyatimiz va san’atimiz namoyondalarining nomlari bilan atala boshlandi


О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan mazkur oliy о‘quv yurtida yana bir xayrli ishga qо‘l urildi. Buyuk san’atkorlar, taniqli aktyorlar, adabiyot, san’at va madaniyat arboblari xotirasiga hurmat-ehtirom kо‘rsatish, ularning hayoti, ijodi haqida talabalarga yanada kengroq ma’lumot berish, faoliyatlaridan yoshlarni kо‘proq xabardor qilish maqsadida amaliy va nazariy mashg‘ulotlar о‘tkaziladigan xonalar ushbu madaniyatimiz va san’atimiz namoyondalarining nomlari bilan atala boshlandi.

Jumladan, Teatr san’ati fakulteti talabalari tomonidan о‘rganiladigan, о‘zbek tetr san’ati rivojiga о‘zlarining munosib hissalarini qо‘shgan 15 nafar san’at arbobining nomi talabalar tahsil oladigan ijodiy ustaxonalarga berildi. Shuningdek, ushbu xonalar rejissyor, professor, О‘zbekiston xalq artisti Razzoq Hamroyev, aktyor, rejissyor, jamoat arbobi Olim Xо‘jayev, О‘zbekiston xalq artisti Nabi Rahimov, О‘zbekiston xalq artisti, aktyor, xonanda, о‘zbek milliy estradasi asoschilaridan biri Botir Zokirov singari taniqli teatr va kino aktyorlarining nomlari bilan atalishi barobarida, ularning hayoti, ijodi, faoliyatini о‘zida mujassam etgan kо‘rgazmali qurollar bilan bezatildi.

Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti tomonidan esa birinchi о‘zbek kinooperatori va fotografi, kinorejissor, ssenarist Xudoybergan Devonov, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, oliy toifali kinooperator Hotam Fayziyev, akademik Mamajon Rahmonov, О‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Mahkam Muhametov singari 11 ta buyuk san’atkorlarlarning hayoti, ijodiy ishlaridan tashkil topgan ma’lumotlar bilan boyitildi.

Kutubxona – axborot faoliyati fakulteti tomonidan taniqli adabiyotshunos olim, navoiyshunos, betakror iste’dod egasi, akademik Aziz Qayumov, professor G‘ayrat Jalolov, dotsent Shuhrat Shamsiyev, dotsent Muso Turopov singari ilm-fan, adabiyotimiz fidoyilarining nomlari bilan ataluvchi 6 ta dasxonalar tashkil etildi. Endilikda talabalar ushbu xonalarda о‘zbek adabiyoti taniqli namoyondalarining hayot yо‘li, qoldirgan asarlari, boy ma’naviy merosidan bahramand bо‘lishadi.

Xalq ijodiyoti fakulteti tomonidan esa akademik Yunus Rajabiy, О‘zbekiston xalq hofizi Jо‘raxon Sultonov, О‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Hojiqulov, professor Malik Murodov nomlari bilan ataluvchi 5 ta xona tashkil qilindi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev rahbarligida yangilikka intiluvchan institut jamoasi tomonidan tashkil etilgan bu kabi о‘ziga xos ta’lim jarayonlari mazkur ijodiy ustaxonalarda tahsil olayotgan talaba-yoshlarni ushbu buyuk shaxslarga nisbatan hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalash, ularning hayot yо‘li, ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishishlari, yaratgan asarlarini yanada chuqurroq о‘rganishlariga xizmat qiladi.О‘bekiston san’ati va madaniyati tizimiga о‘z sohasining chuqur bilimdonlarini yetkazib berishga zamin yaratadi.

 

Matbuot kotibi