Ergash Islomov tavalludining 80 yilligi

Ergash Islomov tavalludining 80 yilligi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mustaqillikning 25 yilligi” kо‘krak nishoni, “Mehnat faxriysi” kо‘krak nishoni, Madaniyat vazirligining “A’lo xizmatlari uchun” kо‘krak nishoni, Madaniyat vazirligining “Madaniy oqartuv ishlari a’lochisi” kо‘krak nishonlari. Ushbu unvon hamda kо‘krak nishonlari sohibi  80 yoshni qarshilagan Ergash Islomov. 1941- yil 11- noyabrda Toshkent shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan Ergash Islomov о‘zining bosib о‘tgan sharafli umr yо‘lida davlatimizning ana shunday e’tibor va e’tirofiga sazovor bо‘ldi.
Ergash Islomov tavalludining 80 yilligi
Hayoti ilm, о‘qituvchilik, jamoatchilik ishlari bilan bog‘langan mehribon ustoz kо‘plab shogirdlar tayyorladi. Qutlug‘ sana munosabati bilan bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida uning shogirdlari, ayni paytda ham birga faoliyat olib borayotgan hamkasblari jam bо‘lishdi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Ibrohim Yо‘ldoshev sо‘zga chiqib, ustoz Ergash Islomovning sharafli hayot yо‘li haqida sо‘zlab berdi. Talabalarni kitob bilan oshno bо‘lish, ilm-ma’rifat yо‘lida tinmay izlanishga undagan ustozning о‘gitlari yana bir bor yodga olindi.Hayotning mashaqqatli yо‘lida murakkab vaziyatga tushib qolgan kishilarga qilgan yaxshiliklari e’tirof etildi. Sо‘zga chiqqan shogirdlari, hamkasblari tomonidan samimiy, eng ezgu tilaklar izhor qilindi. Mehribon ustozga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ergash Islomov tavalludining 80 yilligi
Islomov Ergash G‘ulomovich Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti kutubxonashunoslik kafedrasida stajyor-о‘qituvchi, katta о‘qituvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutida katta о‘qituvchi, kutubxonashunoslik fakulteti dekani о‘rinbosari, sirtqi fakultet dekani, Madaniyat vazirligi О‘quv yurtlari boshqarmasi boshlig‘i, Respublika madaniyat xodimlari malakasini oshirish institutida katta о‘qituvchi, dekan, о‘quv va tarbiya ishlari bо‘yicha prorektor, Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat instituti kutubxonashunoslik kafedrasi dotsenti, Madaniyat ishlari vazirligida istiqbolni belgilash, uslubiy va axborot Respublika markazi direktori о‘rinbosari, direktor, vazirlik hay’ati kotibi, raxbariyat qoshidagi bо‘lim boshlig‘i, О‘zbekiston Davlat tabiat muzeyi direktori, О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish Bosh boshqarmasi Respublika ipspeksiyasi boshlig‘i о‘rinbosari, Madaniy meros bо‘yicha hujjatlarni arxivlashtirish va elektron raqamlashtirish sektori arxiv mudiri lavozimlarida faoliyat kо‘rsatgan.
Ergash Islomov tavalludining 80 yilligi
Islomov Ergash G‘ulomovich kutubxona ishini tashkil etish va boshqarish, maktab va litsey kutubxonalari ishini tashkil etish,О‘zbekistonda kutubxonachilik ishining istiqbol rejalari yо‘nalishlarida bir qancha о‘quv uslubiy qо‘llanmalarining muallifi hamdir.
Ergash Islomov tavalludining 80 yilligi
Ustoz hozirgi kunda ham О‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi a’zosi,Toshkent shahar Olmazor tumani “ Miskin” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi maslahatchisi-iste’molchilarni himoya qilish komissiyasi rahbari sifatida jamoatchilik asosida о‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print