1

Chilonzor tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostidagi keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir


О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan poytaxtimizning Chilonzor tumanida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostidagi keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbirning navbatdagisi o‘tkazildi.

Badiylashtirilgan musiqiy kechada tumanning “Bahoriston”, “Al-Xorazmiy”, “Katta xirmontepa”, “Beshqо‘rg‘on” singari mahallari aholisi ishtirok etdi.

Tadbirning boshidanoq institutimizning O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston xalq hofizi singari elimiz sevgan mashhur san’atkorlari, professor-o‘qituvchilari, talabalari tomonidan tayyorlangan kengaytirilgan konsert dasturlari davraga kо‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

San’atga oshufta kо‘ngillar ashula zavqidan о‘zlarini tutib tura olishmadi. Ular tomonidan ijro qilingan shо‘x raqslar musobaqa tusini olgani bor gap. Keksayu-yosh imkon qadar о‘z iqtidorlarini namoyon etishga intildi.

Diltortar milliy ashulalarimizdan esa barcha maza qilib ma’naviy oziqa oldi. Taqlidchi talabamizni respublikamizning taniqli aktyorlari, madaniyat arboblari ovozlarini maromiga yetkazib о‘xshatishi davraga yanada xush kayfiyat ulashdi.

Mahalla aholisi institutimiz san’at ahli bilan kо‘tarinki kayfiyatda kelgusida yana diyrorlashish ilinji ila xayrlashishdi.

 

Matbuot kotibi