O‘zDSMI professori xalqaro teatr san’ati festivalida hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etmoqda

Ozarbayjon Respublikasi Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar xalqaro teatr san’ati festivalida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori Temur Rashidov faol ishtirok etmoqda.

Kun davomida uchtagacha spektakl namoyish etilib, hakamlar hay’ati tomonidan muhokama qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 30-oktyabrdan 5-noyabrga qadar davom etadigan festivalda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, O‘zbekiston, Turkiya va Turkmaniston teatr jamoalari qatnashmoqda.




O‘zDSMI o‘qituvchisi Turkiyadagi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi

Turkiyadagi O’rdekli madaniyat markazida 30–31-oktyabr kunlari «Qardosh xalqlarning mohir qo’llari» nomli ko’rgazma o’tkazildi.

Ko’rgazmada xattotlik, koshin, ebru, vitraj, naqqoshlik va miniatyura, milliy qo’g’irchoq  sanʼati namunalari namoyish etildi.

Tadbirlarda Teatr san’ati fakulteti qo‘g‘irchoq teatr san’ati kafedrasi o‘qituvchisi Behzod Jo‘raboyev ham qatnashdi.

Ishtirokchilar uchun fotografiya va ebru san’ati bo’yicha amaliy mashg’ulotlar tashkil etildi.




OʻzDSMI rahbariyati va talabalari Koreya madaniyati koʻrgazmasida ishtirok etdi

Koreya Respublikasining Toshkent shahridagi taʼlim markazida mamlakat tarixi, madaniyati, urf-odatlarini aks ettiruvchi koʻrgazma tashkil etildi.

Unda Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi Sang, shuningdek, Koreya taʼlim markazi direktori hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov ishtirok etdi.

Koʻrgazma ishtirokchilari imperiya davridagi Koreya atmosferasini aks ettiruvchi milliy liboslar va taomlar, tarixiy fotosuratlarga guvoh boʻlishdi.

Tadbir davomida koreys urf-odat va anʼanalariga oid mahorat darslari, shuningdek, konsert namoyishi oʻtkazildi. Jarayonda oliygohimizning isteʼdodli talabalari ham oʻz chiqishlari bilan qatnashdi.

Institutimiz rektori v.b. Eldor Shermanov va Kim Xi Sang oʻrtasida ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda turli loyihalarni amalga oshirish borasida samimiy suhbat boʻlib oʻtdi.

Oʻz navbatida, elchi janoblari oliygohimizda koreys madaniyat markazi tashkil etilganidan xursand boʻlganini hamda kelgusida taʼlim muassasamizga tashrif buyurishini taʼkidladi.

 




Madaniyat va san’at sohasi fidoyilari ilmiy unvonlar bilan taqdirlandi

Bugun O‘zDSMIda madaniyat va san’at sohasi xodimlariga professor va dotsent ilmiy unvonlarini berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Madaniyat vazirligi vakillari, xalq artistlari va hofizlari, olim va ziyolilar, el suygan san’atkorlar ishtirok etdi.

Taqdirlash marosimida Oliy Attestatsiya Komissiya raisi Ahmadbek Yusupov, Madaniyat vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov hamda oliygoh rektori v.b. Eldor Shermanov ishtirok etdi.

Professor va dotsent ilmiy unvonlari bilan taqdirlanganlar ro‘yxati bilan tanishishing:

Professor ilmiy unvoni bilan:
Karim Yo‘ldoshev, Erkin Komilov, Muhammadali Abduqunduzov, Nasiba Abdullayeva, Shuhrat Rizayev, Murodjon Toshmatov, Abdulahad Abdurashidov, Aida Abdullayeva, Elmurod Ahmedov, Samandar Alimov.

Dotsent ilmiy unvoni bilan:
Bahodir Ahmedov, Boltaboy Shodiyev, Ayshaxon Jo‘rayeva, Shomurod Yusupov, Aleksandr Bekchanov, Gulshan Azizova, Zamira Rahmatullayeva, Karima Jabborova, Alisher Madrahimov, Nodira Mahmudova, Muhsinjon Mo‘minov, Jahongir Ahmedov, Muhabbat Gulyamova.

Tadbir davomida el suygan ustoz san’atkorlar bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, Prezident tomonidan madaniyat va san’at sohasiga alohida e’tibor qaratilayotgani e’tirof etilib, ilmiy unvonga munosib ko‘rilgani uchun minnatdorchilik bildirdi.




O‘zDSMI Ilmiy kengashida Nodira Kasimova san’atshunoslik fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Nodira Kasimovaning san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

«O‘zbekistonda qisqa metrajli badiiy kinoning rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlar» mavzusida yoqlangan himoya dissertatsiyasida sohadagi muammo va kamchiliklar atroflicha yoritib berildi.

Dissertatsiya himoyasi natijasiga ko‘ra, kengash a’zolari tomonidan Nodira Kasimova san’atshunoslik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb topildi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi Nodira Kasimovani dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.




O‘zDSMI Ilmiy kengashida Robiya Tursunmetova san’atshunoslik fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Robiya Tursunmetovaning san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

«Zamonaviy o‘zbek badiiy kinosida xarakter talqinlari» mavzusida yoqlangan himoya dissertatsiyada tadqiqot ishining dolzarbligi va zarurati, muammoning o‘rganilganlik darajasi, ilmiy yangiligi, tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi, tadqiqot ob’yekti, predmeti, metodlari, maqsadi va vazifalari belgilangan, ilmiy va amaliy ahamiyati, amaliyotga joriy qilingani, dissertatsiya mavzusi bo‘yicha nashr etilgan maqolalar, tadqiqot ishining tuzilishi to‘g‘risida atroflicha ma’lumot keltirilgan.

Dissertatsiya himoyasi natijasiga ko‘ra, kengash a’zolari tomonidan Robiya Tursunmetova san’atshunoslik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq deb topildi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi Robiya Tursunmetovani dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.




Chempionlar bilan uchrashuv

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida mamlakatimiz miqyosida sport sohasida muvaffaqiyatli natijalar qayd etgan sportchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbatida mazkur oliy ta’lim muassasasining «Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyoti» hamda «Yakka kurash turlari» kafedralari qoshidagi ta’lim yo‘nalishlari talabalari bo‘lgan muaytay bo‘yicha sport ustalari — Shahriyor Rashidov va Alisher Komiljonov hamda belbog‘li kurash bo‘yicha jahon va O‘zbekiston chempioni Og‘abek Amatbayev sportga kirib kelish tarixi, erishgan natijalari, bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li to‘g‘risida o‘z taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bunday tadbirlardan maqsad sport va san’at vakillari o‘rtasida do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yish, sportchilar uchun ijodiy, oliygohimiz talabalarimiz uchun esa sog‘lom turmush tarziga oid qiziqish va ko‘nikmalarini shakllantirish hisoblanadi.




Fransiyada madaniyat va san’at sohasi bo‘yicha tahsil olishga oid seminar o‘tkazildi

Bugun Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Campus France agentligi vakili Sipriyan Lyorua tomonidan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bitiruvchi talabalari uchun seminar o‘tkazildi.

Seminarda Fransiya madaniyati va san’ati, sohaga oid tashkilotlar, tarixiy maskanlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Qolaversa, Yevropa mamlakatidagi madaniyat va san’atga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari faoliyati, u yerda tahsil olish imkoniyatlari, grant dasturlari, universitetlarga o‘qishga kirish uchun belgilangan talablar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan tegishli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.