Раджабов Руслан
Руслан Раджабов-как режиссер фильмов» влюбленный в каменный топор»,» холодный час», » адвокатура-это легко?», «Белый корабль», «Новый год и волшебный дом», «Ревизор».
Руслан Раджабов-как режиссер фильмов» влюбленный в каменный топор»,» холодный час», » адвокатура-это легко?», «Белый корабль», «Новый год и волшебный дом», «Ревизор».
Dilbar Obidovna Ismoilova (11.08.1938)
Oʻzbekiston xalq artisti (2003). Zaynab Savriyevaning qizi. Toshkept teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1961). 1958 – 1987 yillar Hamza (hozirgi O‘zbek Milliy Akademik drama) teatrida, 1987-yildan Oʻzbek davlat drama teatrida aktrisa. “Xolisxon’ (Hamza) spektaklilagi Zuhra uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Oʻz ijodi davomida lirik, dramatik xarakterdagi turli obrazlar yaratdi: Qamarabonu (B.Avazov, “Furqat”), Kamola (R.Tagor, “Gang daryosining qizi”), Guli (Uygun, I.Sulton, “Alisher Navoiy”), Nuri (Oybek, “Qutlug qon”), Margarita (A.Dyuma, “Ajal minorasi”), Oyimjahon (K.Yashin, “Buxoro”), Lutfi (S. Ahmad, “Kelinlar qoʻzgʻoloni”), Anvara, Risolat (Oʻ. Umarbekov, “Qiyomat qarz”, “Shoshma, quyosh”), Uvaysiy (T. Toʻla, “Nodirabegim”), Xonzoda (Hamza, “Boy ila xizmatchi”), Bayla (P.Qodirov, “Yulduzli tunlar”), Mastura satang (Hamza, “Paranji sirlari”), Gonerilya (U.Shskspir, “Qirol Lir”). U “Ganga va Jamna”, “Hur qizlar”, “Anna Karenina”, “Morena Klara”, “Muhabbat qahvasi”, “Gvadalaupe” va boshqa filmlarda bir necha qahramonga ovoz bergan. “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan (1998).
Mahmud Ismoilov (1954)
1973 – 1977-yillarda Toshkent teatr va rassomlik sanʼat instituti da taʼlim olgan. 1977 – 1987- yillarda O‘zbek davlat drama teatri aktyori. 1987 – 1996-yillarda O‘zbek Davlat akademik drama teatri aktyori. 1996-1997 yillarda Madaniyat ishlari vazirligi sanʼat ishlari boshqarmasi boshligʼi. 1997 – 2013-yillardan O‘zbek Milliy Аkademik drama teatri aktyori. 2013 – 2015 yillardan O‘zbek Milliy Аkademik drama teatri direktori. 2015yildan yana O‘zbek Milliy Аkademik drama teatri aktyori sifatida faoliyat yuritayapti. 1988-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. M.Ismoilov mehnatsevarligi, talabchanligi va tinmay ijodiy izlanishi tufayli xalq olqishiga sazovor boʼlgan aktyorlardan biri. U teatrda sahnalashtirilgan “Аlisher Navoiy” spektaklida Husayn Bayqaro, keyinchalik Аlisher Navoiy, “Oʼz arizasiga ko‘ra”da Elyor, “Yulduzli tunlar”da meʼmor Fazliddin, “Qirol Lir”da Edgar, “Usmon Nosir”da Cho‘lpon, “Mirzo Ulug‘bek”da Аbbos, “Mehrobdan chayon”da Sultonali, “Kunduzsiz kechalar”da Fitrat, “Daraxtlar tik turib jon beradi”da Maurisio, “Uvaysiy”da Vaziri aʼzam, “Omonat dunyo”da Jaloliddin, “Tortadurman jabrini”da ota, “Sizsiz o‘tmas kunlarim”da Umarjon, “Eng suluv kelinchak”da Oltoy, “O‘zbekcha raqs”da Vasya, “Rustam”da Ellikboshi kabi obrazlarni yaratgan. U o‘ynagan har bir roli orqali insonlarning ichki olamini yuksak mahorat bilan ochib berib, tomoshabinlarning va hamkasblarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Muqaddas Xoliqova (14.04.1960)
Muqaddas Holiqova 1960-yil 14-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1977yili Toshkent Davlat san’at instituti “Teatr va kino” aktyorligi fakultetiga o‘qishga kirib, 1981-yili o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan. Shu yili O‘zbek Milliy Akademik drama teatriga, aktirisa sifatida ishga qabul qilindi. Muqaddas Holiqova san’atdagi ijodining dastlabki yillaridan to shu kunga qadar, takrorlanmas obrazlar yaratib, teatrning yetuk aktrisalaridan biriga aylandi. U Hamzaning “Boy ila xizmatchi”sida Poshsha oyim, F.Musajonovning “Najot istab”ida qaynona, “Avg‘on reportaji”da jurnalist, “Tuhmat”da qizil tanli, Karlo Gatssining “Baxtli gadolar”ida qiz, Shekspirning “Koriolan”ida ayol, O‘. Hoshimovning “Qatog‘on”ida ayol va bir qancha ko‘p rollarni mahorat bilan ijro etgan. 2001-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoniga sazovor bo‘lgan. Muqaddas Holiqova bir qator videofilmlarda yorqin obrazlar yaratdi. “Alisher Navoiyda” kanizak, Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, “Bobur” Jahongir Mirzoning onasi, M.Yunusovning “Layli va Majnun”ida enaga, M.Boboyevning “Ko‘ngil ko‘chalari”da o‘quvchining onasi, M.Asadullayevning “Qirq tog‘oraning qirq nog‘orasi”da Tursinoy, “Shunchaki hazil” da ayol kabi rollarni mahorat bilan ijro etgan.
Ginzburg Aleksandr Osipovich (1916 – 23.06.1973)
Teatr rejissori. Oʻzbekistan xalq artisti (1959). Toshkent yosh tomoshabinlar teatri (1946—51), Hamza teatri (195158, 1960-65, 1971-73), Toshkent rus drama teatri (1958—60) bosh rejissor, “A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati” (O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) (1951—65). Sahnalashtirgan spektakllari: «Dengizdagilar sharafiga», «Aybsiz aybdorlar», «Yulduzlar jamoli» (T. Xoʻjayev bilan hamkorlikda), «Turkiya haqida qikoya» (A. Turdiyev bilan hamkorlikda), «Ogʻriq tishlar», «Qaroqchilar». «Soʻnggi pushaymon», «Gang daryosining qizi», «Jazoir – mening Vatanim», «Yuliy Sezar», «Mirzo Ulugʻbek», «Tobutdan tovush», «Nomaʼlum kishi», «Qonli sarob», «Qashshoq qalb egasi» va boshqalar.
Aziza Begmatova (07.09.1943)
Aziza Begmatova 1943-yil 7-sentyabr sanasida Surxandaryo viloyatida tug‘ilgan. Aktrisaning bolaligi urush yillariga to‘g‘ri kelgan shu sababdan u bolalar uyida katta bo‘lishga majbur bo‘lgan. Maktabni tamomlagach aktrisa bo‘lgan qiziqishi tufayli Toshkent teatr va rassomchilik san’ati oliygohida tahsil olgan. U o‘z faoliyatini Abror Xidoyatov nomidagi O‘zbek davlat drama tearida boshlagan. Aziza Begmatova hozirgacha 50 dan oshiq film va spektakllarda qatnashgan. U nafaqat o‘zbek kinosida balki bir nechta rus filmlarida ham suratga tushgan. Ushbu aktrisa o‘zbek tomoshabinlariga “Checha” nomli spektaklidagi Checha obrazi orqali tanilgan. Shu boisdan ko‘pchilik tomoshabinlar aktrisa haliga “Checha” nomi bilan tanishadi. Aktrisa o‘zining san’at sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlangan. Hozirgi kunda 76 yoshdagi Aziza Begmatova hali ham o‘zining aktrisalik faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Lola Badalova (1928)
Lola Badalova 1928-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1945-yilda Toshkent kinostudiyasi (o‘sha paytdagi “O‘zbekfilm” kinostudiyasi) qoshidagi kino aktyori maktab-studiyasini, 1945-yilda “A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati” (O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) institutining “Dramatik teatr va kino aktyorligi” yo’nalishini tamomlagan. (1951). 1946-yildan nomidagi Davlat akademik drama teatri aktrisasi boʻlib ishlagan. Hamza (hozirgi O‘zbek Milliy Akademik drama) teatri sahnasida yuzga yaqin obrazlar yaratgan. Kinoda epizodik rollarda («Toxir va Zuhra» (1945, rej. Nabi Gʻaniyev )) rol oʻynay boshladi.), «Piano kontserti»). L.Badalovaning kinodagi ilk katta roli G.Kozintsev va L.Trauberglarning “Bo‘ron” filmidagi Lola roli bo‘ldi. U 20 dan ortiq filmlarda rol o’ynagan: «Askarlar tug’ilmaydi» («Mosfilm»), «Quyosh bilan qayt», «Biz seni kutamiz, yigit», «Asosiy kun», “Bir qatorda yuz satr”, “Sen tomon”, “Issiq quyosh ostidagi uy”, “Senga shahar beraman”, “Olovli qirg‘oq”, “Tashvish davri” va boshqalar. “Olovli yo‘llar” seriali badiiy filmida Hamzaning onasi rolini ijro etgan. 500 ga yaqin filmni oʻzbek tiliga dublyaj qilishda ishtirok etgan. O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist.
Iroda Mirzaxonovna Aliyeva (17.12.1929 – 07.06.1989)
Oʻzbekiston xalq artisti (1967). “A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati” (O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) institutining “Dramatik teatr va kino aktyorligi” yo‘nalishini tamomlagan (1951), Hamza (hozirgi O‘zbek Milliy Akademik drama) teatrida ishladi (1951–1972), 1972–1989-yillar «Oʻzbekfilm» kinostudiyasida aktrisa. Nasiba («Ogʻriqtishlar»), Muqaddas («Chin muhabbat»), Shirin («Bir sevgi afsonasi»), Guzin («Turkiya haqida hikoya»), Kamola (R. Tagorning «Halokat» romani asosida yaratilgan inssenirovka – «Gang daryosining qizi»), Maryam («Jazoir, mening vatanim»), Asal («Sarvqomat dilbarim»), Nazokat («Parvona») rollarida Aliyeva muvaffaqiyat qozondi va lirik rollar ijrochisi sifatida tanildi. Yuksak texnika, mukammal sahna nutqiga ega boʻlgan Aliyeva qahramonlarining dunyoqarashi va ichki kechinmasini oʻziga xos sharqona xususiyat, nazokat bilan ifodalashga erishgan.
Kinoaktyor teatr-studiyasida Nina (A. Kason, «Yetti faryod», 1973), Enaga (A. Korneychuk, «Platon Krechet», 1974) va boshqa rollarni ijro etdi. Kinoda: «Akmal, ajdaho va malika» (1980), «Akmalning yangi sarguzashtlari» (1983) filmlarida yalmogʻiz kampir obrazini yaratdi.