Ilmiy-tadqiqot bo’limi

Ilmiy-tadqiqot bo’limi
Ilmiy-tadqiqot bо‘limi boshlig‘i:
Islamov О‘tkur Hosiljonovich

  Qabul vaqti: har kuni soat 10:00-17:00
  xizmat telefon raqami: 71 230 28 14
📧  e-mail:

 

 

 

Ilmiy tadqiqot bо‘limi haqida


Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kiruvchi talabgorlarga qо‘yiladigan talablar

Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga qabul qilish OTM yoki ITMlari tashkil etadigan qabul komissiyalar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tanlov asosida amalga oshiriladi.

Tayanch doktoranturada о‘qishga talabgorlarni tanlab olish kirish imtihonlari natijalariga kо‘ra, doktoranturaga esa suhbat natijalariga kо‘ra amalga oshiriladi.

Mustaqil izlanuvchilik institutiga rasmiylashtirish suhbat natijalariga kо‘ra amalga oshiriladi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

magistr darajasi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplomga ega bо‘lish;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bо‘lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yо‘nalishlar bо‘yicha ilmiy ishlar tо‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bо‘lish;

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka ikki yildan kam bо‘lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bо‘lgan shaxslar rasmiylashtiriladi.

Tayanch doktoranturada о‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:


  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
  • О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

 

Doktoranturaga quyidagilarga ega bо‘lganlar qabul qilinadi:


  • Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalar;
  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan sо‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bо‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yо‘nalishlar bо‘yicha ilmiy ishlar tо‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bо‘lish.

 

Doktoranturada о‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:


  • ariza;
  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bо‘lganligi tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • tadqiqot mavzusi bо‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

 

Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:


  • qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  • ilmiy ishlar rо‘yxati va ularning nusxasi;
  • fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
  • ish joyidan tavsifnoma.

 

Institutning ilmiy salohiyati


Institutda 204 nafar professor-о‘qituvchilar asosiy shtatda faoliyat kо‘rsatadi.
Shundan:
-fan doktorlari – 10 nafar;
-fan nomzodlari va falsafa doktori (PhD)lar – 39 nafar;
-ilmiy darajaga ega bо‘lmagan professorlar – 9 nafar;
-ilmiy darajaga ega bо‘lmagan dotsentlar – 26 nafar;
-faxriy unvon egalari – 23 nafar;
-Ilmiy salohiyat – 43,9 %

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Tayanch doktorantura (PhD) va mustaqil izlanuvchi (PhD)larning ish rejalari bо‘yicha amalga oishrayotgan ilmiy izlanishlarinini nazorati bо‘yicha har oyning uchinchi sanasida rinstitut rektori huzuridagi rejali uchrashuv amalga oishrib kelinmoqda. Unda talqqotchining ilmiy izlanishi bо‘yicha muammo va kamchiliklarii barafsil muhkokama qilinib, unga kerakli bо‘lgan zarur va yordamlar berib borilmoqda.

Hozirgi kunda institutda Tayanch doktorantura (PhD)da 7 nafar va mustaqil izlanuvchi (PhD)lar 16 nafar tadqiqotchini tashkil etadi.

Institutda doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun alohida “Doktorlik ta’limi markazi” tashkil etilgan bо‘lib, ushbu markazda internet tarmog‘iga ulangan kompyuter jamlanmasidan iborat zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlangan.

Professor о‘qituvchilar, doktorant va talabalar uchun Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish hamda ilmiy maqolalarni yuqori impakt-faktorga ega bо‘lgan jurnallarda chop etishga tayyorlash bо‘yicha “Maslahat markazi” tashkil etilgan.

Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi bilan tuzilgan “Ilm-fan – 2020” dasturi kelishuvi doirasida,О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 maydagi Scopus hamda Science Direct xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasidan foydalanish bо‘yicha 402-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institutda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

 

Institutda mavjud ilmiy maktablar


“San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasida “Teatrshunoslik”, “Aktyorlik va rejissyorlik”, “Dramaturgiya” yо‘nalishlarida olimlar, fan va san’at arboblarining ilmiy maktablari asosida izlanishlar olib boriladi. Bular akademik Mamajon Rahmonov, san’atshunoslik fanlari doktorlari Muhsin Qodirov, Toshpо‘lat Tursunov, Sotimboy Tursunboyevlarning “О‘zbek va jahon teatri tarixi”ni о‘rganish bо‘yicha, О‘zbekiston Respubdikasi xalq artistlari Malik Qayumov, Shuxrat Abbosovlarning “Kino san’ati” bо‘yicha, akademiklar Aziz Qayumov va Izzat Sultonlarning “О‘zbek mumtoz adabiyoti va dramaturgiyasi”ni о‘rganish bо‘yicha yaratgan ilmiy-uslubiy maktablari asosida tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Jumladan san’atshunoslik fanlari nomzodlari, dotsentlar O.Rizayev, G.Xalikulova, T.Rashidov, I.Abdurahmonov, N.Karimovalar fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.
Shuningdek, kafedralarda faoliyat kо‘rsatayotgan 44 nafar yosh mutaxassislar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ana shu maktablar asosida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Jumladan, san’atshunoslik fanlari nomzodlari, dotsentlar O.Rizayev, G.Xalikulova, T.Rashidov, I.Abdurahmonov, N.Karimovalar fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.
Shuningdek, kafedralarda faoliyat kо‘rsatayotgan 44 nafar yosh mutaxassislar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ana shu maktablar asosida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

image_pdfimage_print