gov.uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lib, iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladigan kollegial organdir.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining a’zolari – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziridan (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi), uning o‘rinbosarlaridan, vazirlardan, davlat qo‘mitalari raislaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
batafsil



president.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maqomi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maqomi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIX bobida belgilab berilgan 

 

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:

1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;

2) O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;

3) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;

4) muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;

5) o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;

6) O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;

7) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega;

8) respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi;

9) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;

10) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi hamda uni iste’foga chiqqanda, Bosh vazirga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik votumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan qabul qilinganda yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda lavozimidan ozod qiladi;

11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi;

12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;

13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkiblariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;

14) O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi;

15) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli;

16) respublika davlat boshqaruvi organlarining va hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini ular qonunchilik normalariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda to‘xtatadi, bekor qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;

17) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;

18) O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig‘iga kiritadi;

19) favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;

20) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi;

21) O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi, O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;

22) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi;

23) amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O‘zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;

24) Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;

25) ushbu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Prezident o‘z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.




www.edu.uz

Quyidagilar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi:

  • oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, ilm-fan va innovatsion faoliyat, o‘rta maxsus, professional ta’lim sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, sohalarni strategik rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash;
  • o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini tartibga solish;
  • xalqaro mezonlar asosida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlash, o‘quv jarayonini tashkil etish me’yorlarini belgilash hamda ta’lim tashkilotlarining boshqaruv va pedagog kadrlarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
  • o‘rta maxsus, professional va oliy ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, yoshlarni mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
  • ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, davlat ilmiy va innovatsion dasturlari ijrosini muvofiqlashtirish, shuningdek, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani ta’minlash;
  • o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida qo‘shma ta’lim va ilmiy dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
  • ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida davlat ilmiy dasturlarini shakllantirish, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish;
  • ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish, ratsionalizatorlik faoliyati va startap ekotizimini rivojlantirish.

Batafsil




madaniyat.uz

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligi




my.gov.uz

Portal haqida

O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o’rinlarda Yagona portal deb ataladi) Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan, «bir darcha» tamoyilida faoliyat ko’rsatadi.

Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 728-sonli qarorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida nizomiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan o‘tgan foydalanuvchilar uchun amalga oshiriladi.

 

Batafsil




data.gov.uz

Ochiq ma’lumotlar haqida

**Ochiq ma’lumotlar *(ingliz tilidan open data)*** – qonun hujjatlari bilan cheklanmagan, mualliflik huquqi, patent va boshqa turdagi cheklov mexanizmlar ko‘magida himoya etilmagan mashinada o‘qiladigan formatdagi muayyan turdagi ma’lumotlardir (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bundan mustasno). Ochiq ma’lumotlarni bugungi kundagi ahamiyati shundan iboratki, ochiq ma’lumotlar yordamida dasturchilar turli mobil ilovalar, dasturiy ta‘minotlar va veb-saytlar yaratish imkoniga ega bo‘ladilar. Misol uchun: [http://admissions.uz](http://admissions.uz) ushbu saytda dasturchi Davlat test markazining O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida joylashtirgan ma’lumotlaridan foydalangan holda abituriyentlar uchun qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etgan.

 

Batafsil




ziyonet.uz

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA’LIM PORTALI Ziyonet

 

Batafsil




natlib.uz

Kutubxona Tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 20 fevraldagi № UP-3029 raqamli “Ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni 2002 yil 12 apreldagi Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish haqida”gi №123 Qaroriga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi (2002 yil 12 aprelgacha Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi) “Milliy” maqomini oldi.

Kutubxona 1870 yili may oyida Toshkent ommaviy kutubxonasi sifatida ochilgan.  Fondini tashkil qilishga xalq maorifi vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Ommaviy kutubxona, Geografiya jamiyati, Rossiya bosh shtabi hamkorlik ko‘rsatib, o‘z fondlaridan sovg‘a qilishgan. 1870 yil may oyida 2200 tomdan (1200 nomdagi) ortiq adabiyotlar yig‘ilib, kutubxona fondining asosi yaratildi.

Toshkent ommaviy kutubxonasi fanning turli sohalari bo‘yicha, birinchi navbatda o‘lkaga doir va qo‘shni davlatlar to‘g‘risidagi adabiyotlarni yig‘ishi va saqlashi lozim bo‘lgan.

Kutubxonaning o‘lkashunoslik fondini to‘ldirish uchun atoqli rus bibliografi V. I. Mejov jalb etilgan. U Toshkent ommaviy kutubxonasi uchun  Turkiston o‘lkasiga doir materiallar yig‘ishni amalga oshirgan va ilmiy doirada “Turkiston to‘plami” nomi bilan ma’lum to‘plamning yaratilishiga asos solgan.

 

Batafsil