Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ekspertlar guruhi tomonidan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyatini tashqi baholash jarayonlari

Avval xabar berganimizdek, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ekspertlar guruhi tomonidan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyatini tashqi baholash jarayonlari davom etmoqda.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ekspertlar guruhi tomonidan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyatini tashqi baholash jarayonlari
Ushbu jarayonlarga eskpert sifatida jalb etilgan tajribali mutaxassislar tomonidan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali uchun interfaol usullardan foydalanilgani holda mahorat darsi tashkil etildi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ekspertlar guruhi tomonidan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyatini tashqi baholash jarayonlari
Institutning “Kino-teleoperatorlik”, “Ovoz rejissyorligi” va boshqa ta’lim yо‘nalishlari talabalari hamda professor о‘qituvchilari ishtirok etgan mahorat darsi ekspert-kinooperator, kinorejissyor, dotsent Bazarbayev Batir Jо‘ldashevich tomonidan о‘tkazildi.
Zamonaviy talablardan kelib chiqilgan holda kreativ yondashilgan mashg‘ulot qiziqarli tarzda о‘tdi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ekspertlar guruhi tomonidan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyatini tashqi baholash jarayonlari
О‘zaro savol-javob tarzida tashkil etilgan mahorat darsida sohada erishilayotgan yutuqlar, oldinda turgan muammolar, ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etish, mashg‘ulotlarni innovatsion ishlanmalar asosida olib borish borasida fikrlar bildirildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar qaytarildi.

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print