1

Maqsadli qabul

Maqsadli qabul

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni 20-ilovasi bilan tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi”ga asosan Madaniyat vazirligi tasarrufidagi muassasalarda faoliyat yuritayotgan, kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan soha xodimlari orasidan talabgorlar joriy yilning 30 iyuliga qadar O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining qabul_202l @dsmi.uz elektron pochta yoki +998 909972372 telegram raqami orqali hujjat topshirishlari tavsiya etiladi.

 

019 yil 17 iyundagi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019/2020 о‘quv yilida О‘zbekiston Respublikasining “Oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tо‘g‘risida”gi PQ-4359 son qarorining 6 bandiga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga 2019/2020 о‘quv yilidan boshlab vazirlik, idora va yirik xо‘jalik birlashmalarining (ish beruvchilar) ehtiyojlaridan kelib chiqib, kunduzgi bakalavriat ta’lim yо‘nalishlariga mos bо‘lgan yо‘nalishlar doirasida tabaqalashtirilgan tо‘lov-kontrakt asosida sirtqi va kechki ta’lim shaklida о‘qitishni tashkil etish huquqi berilgan. Bunda, о‘qishga qabul qilish tegishli ish beruvchilarning tavsiyasi asosida kamida besh yil ish stajiga ega bо‘lgan xodimlar hisobidan keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan ish faoliyatiga mos bо‘lgan bakalavriat ta’lim yо‘nalishlariga suhbat natijalariga asosan amalga oshiriladi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi tо‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son qarori asosan sirtqi ta’limda о‘qish muddati kamida 5 yil deb belgilangan.

О‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul qilish bо‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 25 sentabrdagi 5-son bayonida 2020/2021 о‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bо‘lgan va tegishli tavsiyanoma bilan suxbat asosida qabul qilinganlar uchun tо‘lov-kontrakt miqdorlari mos ravishda har yili amalda belgilangan bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari va shakli bо‘yicha bazaviy tо‘lov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 baravarida (har о‘quv yili uchun) belgilanganda.

Shartnoma to’lovlari miqdorlari