O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Teatr san’atida vokal ijro mahorati: kecha va bugun” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

Anjumanda soha mutaxassislari: teatr san’atida vokal ijrochiligi bo‘yicha ijod qilib kelayotgan aktyorlar, teatrshunoslar, musiqashunoslar, san’at ta’limi yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, yosh tadqiqotchilar hamda o‘zining ko‘p yillik tajribalari, ilmiy izlanishlari, tadqiqotchilik va pedagogik faoliyati bilan soha rivojiga katta hissa qo‘shib kelayotgan yirik ijodkor va olimlar ishtirok etdilar.

Dastlab, anjumanni institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U anjuman mavzusiga e‘tibor qaratar ekan, teatr san’atida vokal ijrochiligining nafaqat tarixi va bugungi kuni balki, uning istiqbolli taqdiriga ham ahamiyat qaratish lozimligini aytiib o’tdi. Anjuman davomida bu masalalar ham chuqurroq o‘rganilishiga ishonch bildirdi.
N. Sayfullayev so‘zi yakunida barcha ishtirokchilarga o‘z minnatdorligini bildirib, anjuman ishiga omad tiladi.

Konferensiya yalpi majlisida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
“Musiqali teatr san’ati” kafedrasi dotsenti Bahodir Nazarovning “Mustaqil teatr aktyorining rol ustida ishlash nahorati” mavzusida,

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri solisti, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Ma’sumaxon Boltaboyevaning “Saodat Qobulova — O‘zbekiston opera san’atining buyuk namoyandasi” (hayoti va ijodiga chizgilar) mavzusidagi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Vokal” kafedrasi professori, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Dilbar Malikovaning “Musiqali teatr aktyorlarining vokal ijrochilik malakalarini shakllantirishdagi ayrim musiqiy muammolar” mavzusidagi,

 

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Musiqali teatr san’ati” kafedrasi professori v.b. Rashid Usnatovning
“Musiqali asar tanlash, stol atrofida ishlash va kechinma san’ati to‘g‘risida tushuncha, vokal san’atining teatr sahnalarida tutgan o‘rni va o‘ziga xosligi” mavzusidagi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Vokal” kafedrasi dotsenti Dilmurod Uzoqovning “Vokal san’atining teatr sahnalarida tutgan o‘rni va o‘ziga xosligi” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Har bir ma’ruza anjuman ishtirokchilari tomonidan qizg‘in qabul qilindi va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv teatrida “Teatr san’ati” fakulteti, “Estrada va ommaviy tomoshalar” kafedrasi 4-kurs “Estrada aktyorligi san‘ati” ta‘lim yo‘nalishi talabalarining ”Malikai Turandot” diplom spektakli namoyish etildi

Karlo Gotsininig shu nomli asari asosida zamonaviy talqinda sahnalashtirilgan ushbu spektakl namoyishida institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev, institut professor-о‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.


Mazkur spektakl kurs badiiy rahbari dotsent Farruh Egamberdiyev tomonidan sahnalashtirildi. Shuningdek, aktyorlik fani o‘qituvchilari Sohibjon Valiyev hamda Komola Jalilovalar yaqindan yordam berishgan.

Spektakl bosh qaxramoni Turandotni institutning iqtidorli va mahoratli talabalaridan biri, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi Nasiba Sodiqova mahorat bilan ijro etdi.

Shuningdek,“Sahna nutqi” fani о‘qituvchilari- professor Maxsuma Xodjimatova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent Lola Eltoyeva, professor v.b. Xatira DJuldiqarayeva “Raqs” fani о‘qituvchisi-О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, dotsent Narziddin Shermatov “Sahna harakati va jangi” fani o‘qituvchisi-dotsent v.b. Dilshod Ismoilov “Vokal” fani о‘qituvchilari-dotsent v.b. Oynisa Abdullayeva, dotsent Oydin Alimbekova, katta о‘qituvchi Aziz Rajabiy, katta о‘qituvchi Nurullo Eminov, katta о‘qituvchi Isroil Saidumarov, о‘qituvchi Anvar Mirzayev, o‘qituvchi Gulshan Asizova, o‘qituvchi Sardor Azatov, “Grim” fani o‘qituvchilari,
dotsent Feruza Jalilova boshchiligida 4-kurs “Grim san’ati” ta’lim yo‘nalishi talabasi Madina Rahimova, chiroq ustasi Muxarram Kuldashevalar spektakl muvaffaqiyatida o’z xissalarini qo’shishgan.

Bilamizki, har bir spektaklda aktyorlarni asar qaxramonlariga mos qiyofaga keltirishda, unga zamon ruxini singdirishda va ishonarli chiqishida qaxramonning tashqi qiyofasi ham muhim ahamiyatga ega. Kо‘rinib turibdiki, ushbu spektaklda ham aktyorlarni tashqi qiyofasi ustida anchagina ter tо‘kilgan. Bunda albatta grim bо‘yicha badiiy rahbar Feruza Jalilova mehnat va mahoratlarini alohida e’tirof etib о‘tish joiz.

Spektakl yig‘ilganlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi

О‘ylaymizki, mazkur diplom
spektakli talabalarning o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini sahna orqali sinovdan o‘tkazish, ularning ijodiy yetuklik darajasini namoyish etish imkonini berdi.

Tomoshabinlar, jumladan, professor-o‘qituvchilar va talabalar spektaklni iliq qabul qillishdi. Ular yosh aktyorlarga kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.




Ayni paytda Tatariston Respublikasida Qozon davlat madaniyat instituti tomonidan “Многогранный мир традиционной культуры и народного художественного творчества” mavzusida III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Anjumanning ochilish marosimida Tatariston Respublikasi madaniyat vaziri Irada Ayupova, O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsuli Nodirjon Qosimov va Qozon davlat madaniyat instituti rektori Roza Axmadiyeva o‘z kirish so‘zlari orqali konferensiya ishtirokchilarini qutladilar.

O‘zbekiston danlat san‘at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullaev mazkur tadbirda onlayn tarzda ishtirok etdi.

U o’zi so’zida bugungi kunda Qozon davlat madaniyat instituti bilan bizni institutimiz o’rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqbolli rejalar xaqida to’xtalib o’tdi.

 

Shuningdek, madaniy merosni chuqur o‘rganish, an’anaviy san’atni asrab-avaylash va zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirishda katta ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.

Anjumanning yalpi majlisida soha vakillarining qator ma’ruzalari tinglanmoqda. Xususan institutimiz professori Abduxalil Mavrulov “O‘zbekistonning an’anaviy badiiy madaniyatini rivojlantirish va uni jahon axborot makoniga integratsiya qilish” mavzusida ma’ruza qildi.

Konferensiyada zamonaviy texnologiyalar yordamida xalq musiqiy folklorini o‘rganish, tiklash va aktualizatsiya qilish muammolari, dekorativ-amaliy san’at masalalari, xalq badiiy madaniyatining mifologik asoslari, etnobadiiy ta’limni takomillashtirish, etnografik muzeylar va kutubxonalar faoliyati bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.


Shuningdek, “Estrada va ommaviy tomoshalar” kafedrasi mudiri Jahongir Mamatqosimov ham mazkur anjumanda bevosita qatnashmoqda.




O’ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI TALABALARIGA MUROJAAT

Hurmatli talaba-yoshlar!

Bugungi kunda jamiyatimiz taraqqiyotiga, eng avvalo, yoshlarimizning sog‘lom hayot tarziga, ma’naviy kamolotga erishishiga jiddiy xavf solayotgan omillardan biri — giyohvandlikdir.

Afsuski, globallashuv davrida bu xatar nafaqat butun dunyo uchun, balki mamlakatimiz uchun ham dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Giyohvand moddalar inson sog‘lig‘ini izdan chiqaradi, tafakkurni zaiflashtiradi, ijtimoiy faollikni yo‘qotadi va eng og‘iri — insonning kelajagini barbod qiladi.

Biz san’at va madaniyat sohasini rivojlantirishga xizmat qilayotgan shu yurt vakillari sifatida bu illatga mutlaqo yo‘l qo‘ya olmaymiz.

Shu bois, siz aziz talabalardan:

• Sog‘lom va ma’naviy barkamol hayot tarziga qat’iy rioya qilishni,

• Giyohvandlikka oid har qanday chaqiriq va tahdidlarga qarshi qat’iy pozitsiyada bo‘lishni,

• Yoshlar orasida targ‘ibot ishlarida faol ishtirok etishni,

• Shubhali holatlarni tegishli organlarga darhol murojaat qilishni
so‘rab qolaman.

Institutimizda sog‘lom muhitni yaratish, har bir talabani qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini to‘la namoyon etishi uchun barcha sharoitlar mavjud. Biz birgalikda bu illatga qarshi turib, bardam va sog‘lom avlodni shakllantiramiz.

Aziz farzandlarim!

Unutmang, har biringiz —san’atimiz, madaniyatimiz va yurtimizning ertangi kunisiz. Sog‘lom va tiniq ong bilan qilingan har bir qadam — sizga kuch, ijodga ilhom va kelajakda buyuk muvaffaqiyatlar bag‘ishlaydi.

Kelajak o‘z qo‘limizda, uni asrash esa bizning burchimizdir.
Sizlarga doimo ishonaman va har biringizning kelajagingizni yuksak deb bilib, sog‘lom hayot yo‘lini tanlashga chaqiraman.

Nodirbek Sayfullayev,
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori.




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti anjumanlar zalida Moskva shahrida joylashgan Boris Shukin nomidagi teatr instituti rektori, professor, Rossiya xalq artisti Yevgeniy Knyazev boshchiligida institut professor-o‘qituvchilari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda institutimiz rektori, professor Nodirbek Sayfullayev institutda yo‘lga qo‘yilgan ta’lim jarayonlari xususida gapirib o’tdi. Jumladan dual ta’lim tizimi, masofaviy ta’lim shakllari, shuningdek, bir qator yetakchi davlat san’at oliygohlari bilan olib borilayotgan ilmiy-ijodiy hamkorlik loyihalari haqida batafsil ma’lumot berdi.


— Sizning institutiingiz bilan hamkorlik biz uchun ayniqsa muhim. Biz Shukin maktabi tajribasini — uning aktyorlik mahorati, rejissura, sahna nutqi va teatr an’analarini chuqur anglashga qaratilgan e’tiborini yuqori baholaymiz. Ishonamanki, hamkorligimiz salohiyati nafaqat talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirishga, balki zamonaviy teatrni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma master-klasslar, ilmiy tadqiqotlar, ijodiy laboratoriyalar va loyihalarni amalga oshirishga ham imkon beradi, -deydi u o‘z so‘zida.

Nodirbek Sayfullyev Yevgeniy Knyazev va institut jamoasini O’zbekistonga taklif qilarkan, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichlari yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Yevgeniy Knyazev o’zbek san’ati va madaniyatiga bo’lgan hurmatini e’tirof etarkan, ushbu uchrashuv O‘zbekiston davlat sana’at va madaniyat instituti bilan ijodiy va ilmiy yo‘nalishlarda olib borilayotgan hamkorlikning yangi bosqichlarini ochishiga ishonch bildirdi.

Shundan so’ng ikki tomon professor-o’qituvchilari institut tarixi, bugungi faoliyati hamda istiqbolli rejalari xususidagi gapirib, o’z taqdimorlarini namoyish etdilar.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikning qator yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha fikr almashdilar.

Xususan:
• bakalavr, magistr va doktorantlar uchun o‘zaro akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish;
• professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarni amalga oshirish;
• turli yo‘nalishlarda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va ilmiy loyihalarni birgalikda rivojlantirish;
• yosh tadqiqotchilar uchun qo‘shma ilmiy rahbar tayinlash amaliyotini joriy etish;
• san’at va madaniyat sohasida yuqori malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlashda hamkorlik qilish;
• o‘quv-metodik jarayon bo‘yicha tajriba va axborot almashish, o‘quv rejalari va dasturlarni o‘zaro muvofiqlashtirish;
• qo‘shma konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, davra suhbatlari hamda ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish;
• qo‘shma ilmiy va o‘quv-metodik nashrlarni tayyorlash;
• ijodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni birgalikda tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Qizg’in muloqot chog’ida oliy va oliydan keyingi ta’lim, san’at, madaniyat va ilmiy faoliyat sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, bu aloqalar ikki institut o‘rtasida talabalar almashinuvida ham o’z samarasini berishi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida kelajakda ikki oliy ta’lim muassasasi o’rtasida hamkorlikni mustahkamlovchi memorandum imzolanishi ko’zda tutildi.

Umid qilamizki,, bugungi uchrashuv tizimli, mazmunli va uzoq muddatli hamkorlik uchun muhim qadam bo‘ladi.




O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi anjumanlar zalida “Madaniyat va san’at ta’lim tashkilotlarida o’qitishning zamonaviy metodlari: Yutuqlar va muammolar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi


Unda, ICESCO ning Ozarbayjondagi regional ofisi ta’lim bo’yicha ekspertlari, shuningdek, Tojikiston, Qozog’iston, Ozarbayjon hamda Yaponiya, Germaniya davlatlaridan vakillar ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Yuliya Risyukova, ICESCOning Boku hududiy ofisi rahbari Maryam Gafarzade, kirish so’zlari bilan ishtirokchilarni qutladilar.

Mazkur o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev ham bevosita ishtirok etib, “Raqamli texnologiyalar milliy madaniyat va san’at kadrlarini tayyorlashda strategik manbaa sifatida” mavzusida ma’ruza qildi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi — madaniyat va san’at ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qitish jarayoniga innovatsion texnologiyalar va zamonaviy metodlarni joriy etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, xalqaro olimlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslarini tashkil etishdan iborat bo‘lib, unda quyidagi ilmiy yo‘nalishlaro‘rin oldi:
1. Madaniyat va san’at ta’limi tashkilotlarida ta’lim sifati vasamaradorligini oshirish.
2. Madaniyat va san’at ta’limi: muammo va yechimlar.
3. Madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlash istiqbollari.
Shuningdek, 300dan ortiq maqolalar kelib tushganmazkur xalqaro konferensiyada 70dan ortiq maqolalar saralanib, “Madaniyat va san’at ta’lim tashkilotlaridao‘qitishning zamonaviy metodlari: yutuqlar vamuammolar” nomli ilmiy to‘plam yaratildi.

Shuningdek, konferensiya davomida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Ozarbayjon mutaxassislari tomonidan ma’ruzalar tinglandi.




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Folklor namunalarini qiyosiy o`rganish masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

 

Mazkur anjumanda yurtimiz va jahon darajasidagi nufuzli mutaxassislar, olimlar, shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari hamda doktorantlari ishtiriok etdilar.

Anjuman doirasida tashkil etilgan yalpi majlisni institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
U dastlab, bugungi kunda institutda ilmiy yo’nalishda amalga oshirilib kelinayotgan ishlarga to’xtalar ekan, joriy yilda aynan xalqaro anjumanlarning soni va salmog’i yanada kengayganini mamnuniyat bilan tilga oldi.

Suningdek, u o‘z so‘zida so‘nggi yillarda O‘zbekistonda folklorshunoslik sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, ekspeditsiyalar, raqamlashtirish ishlari, hududlar bo‘yicha yangi folklor qatlamlarini aniqlash va ilmiy muomalaga kiritish kabi faoliyatlar diqqatga sazavor ekanligini ta‘kidladi.


Hurmatli Prezidentimizning madaniy merosni asrash, folklor va an’anaviy san’atni ilmiy о‘rganish hamda xalqaro miqyosda targ‘ib etishga oid qaror va farmonlari bu yо‘nalishdagi ilmiy izlanishlarga katta turtki berganini alohida tilga oldi.
N.Sayfullayev barcha mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, anjuman ishiga omad tiladi.

A.Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi direktori, filologiya fanlari doktori, professor Jappor Eshonqulov o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etish bilan birga moderator sifatida ham anjumanni olib bordi.

Anjumanning yalpi majlisida qator mutaxassislar va olimlar о’z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar.

Jumladan, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti professori, falsafa fanlari doktori Serali Tleubayevning “Игроваya культура в развитии тюркского фольклорного искусства и синтез казахского и узбекского фольклора” mavzusidagi, Qirg‘iziston-Turkiya Manas universiteti doktori Gökcan Çelikning “Türk dünyasi edebiyatlari arasinda aktarim olgusu: özbekçeden türkçeye edebî metin aktarimlari üzerine bir değerlendirme” mavzusidagi, Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Baljan Tleubayevaning “Сравнительно-типологический анализ казахского фольклора в контексте тyuркской и мировой фольклорной традиsии” mavzusidagi, Qozon davlat madaniyat instituti professori, pedagogika fanlari nomzodi Alsu Yenikeyevaning “От идегеya к гуругли: сознание героизма в татарском и узбекском eпосах” mavzusidagi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori O‘razali Tashmatovning “Baxshilar san’atini baholash masalalarida qiyosiy tahlil” mavzusidagi, Jilin International Studies University, China Siqi Lining “The cultural meaning and architectural heritage of the falun hall, yonghe temple, beijing” mavzusidagi, hamda O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, katta ilmiy xodim, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Barno Mirzayevaning “Folklor arxiviga asos solinishi va taraqqiyoti” mavzularidagi ma‘ruzalari tinglandi.

 

Shundan so’ng ishtirokchilar tadbir doirasida tashkil etilgan “Folklor-millat ko’zgusi” deb nomlangan konsert dasturini tomosha qildilar.
Unda institut o’qituvchi va talabalari tomonidan milliy lapar va folklor tomoshalariga asoslangan kuy-qo’shiqlar ijro etildi.

Shuningdek, konferensiya “O‘zbek folklorini jahon xalqlar folklori bilan qiyosiy o‘rganish” hamda “lingvofolkoristika, til, adabiyot va madaniyat masalalari” mavzularida sho‘balar kesimida davom ettirildi.

Yalpi majlis so’ngida ma’ruzachilar sertefikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Konferensiya ma’ruzlari to‘plam sifatida nashr etildi.




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev O‘zbekiston davlat yoshlar teatrida talabalarning amaliy dars jarayonlari bilan tanishdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev “Madaniyat va san’at menejmenti”kafedrasi mudiri, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sayfullo Ikromov bilan birgalikda O‘zbekiston davlat yoshlar teatrida “San’at sohasida prodyusserlik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining amaliy dars jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

Mazkur darsni Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, institut dotsenti Farhod Jo‘rayev olib bordi. U dars davomida sahna jarayonlarini boshqarish, aktyorlar bilan ishlash, spektaklning dramaturgik tuzilishini tahlil qilish va prodyuserlik faoliyatining amaliy jihatlari bo‘yicha talabalarga kerakli ma’lumotlar berdi.

N. Sayfullayev dars jarayonlarini diqqat bilan kuzatar ekan, talabalarning tashabbuskorligi, sahnani texnik va badiiy jihatdan uyg‘unlashtirish borasidagi izlanishlari, ijodiy fikrlashi va mas’uliyatli yondashuvlariga guvoh bo’ldi.

Darsdan so‘ng talaba-yoshlar bilan bo’lib o’tgan ijodiy suhbatda N.Sayfullayev ushbu amaliy darslar aynan teatr sahnasida o‘tkazilishi, kelgusida ularning professional faoliyatida mustahkam poydevor bo‘lishini ta’kidladi.


Suhbat jarayonida talabalar o‘z qiziqishlari, hozirda olib borayotgan ijodiy izlanishlari, prodyuserlik faoliyatidagi ilk tajribalari va kelajakda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ijodiy loyihalari haqida so‘zlab berishdi.

Muloqot chog‘ida N. Sayfullayev bitiruvchi talaba sifatida ularning kelgusidagi amaliyot maskanlari, qaysi teatr, telekanal yoki madaniyat muassasasida o‘zini sinab ko‘rmoqchi ekanliklari bilan qiziqdi.

Shuningdek, ularning bandligini ta’minlash, kasbiy jihatdan o‘sishiga ko‘maklashish, hamkor tashkilotlar bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan gapirib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida ustozlar talabalarga o‘z kasbini puxta egallash, tajriba va malakani doimiy ravishda oshirib borish, ijodiy jasoratli bo‘lish hamda zamonaviy san’at jarayonlarini yaqindan kuzatib borish bo‘yicha muhim tavsiyalar berishdi.