Malakaviy imtihon

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2024-yil 8-maydagi 354/4-sonli xati bilan ma’qullangan institut huzuridagi pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD)  ilmiy darajasini beruvchi 05.01.09 – «Hujjatshunoslik. Arxivshunoslik. Kutubxonashunoslik» ixtisosligi bо‘yicha o‘tkaziladigan malakaviy imtihon haqida ma’lumot.

4. Имтихон билдиришномаси. 06-09 M.Xakimova MIB




Janubiy Koreyaning Sungshin universiteti bilan hamkorlikda konsert o‘tkazildi

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi madaniy aloqalar sezilarli darajada rivojlandi. Ushbu hamkorlik turli yo‘nalishlarda amalga oshirilib, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Shu jumladan, ta’lim sohasidagi hamkorlik doirasida 2022-yil O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti va Janubiy Koreyaning Sungshin universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi. Ushbu bitim madaniyat va san’at sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, madaniy tadbirlarni birgalikda o‘tkazishni nazarda tutadi.

Hamkorlik doirasida bir qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirlar ikki xalqning milliy madaniyatlari va san’atini bir-biriga yaqinlashtirishga qaratilgan bo‘lib, har ikki mamlakat madaniyatining boyligi va xilma-xilligini namoyish etadi.

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Sungshin universiteti professori Kim Me Suk badiiy rahbarligida «Ipak yo‘li yog‘dusi» nomli konsert dasturi namoyish etildi. Unda koreys va o‘zbek milliy va zamonaviy raqslari ijro etildi. Tadbir davomida ikki xalqning madaniy merosi sahna yuzini ko‘rdi.

Badiiy kechadagi jozibador ko‘rinishlar o‘quv teatriga tashrif buyurgan tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Mazkur tadbir hamkorlikning yanada rivojlanishiga xizmat qilib, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi hamda kelgusida qo‘shma loyihalarning yanada kengayishiga zamin yaratadi.




Prezident topshirig‘iga oid vazifalar belgilab olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-iyun kuni muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi.

Unda yurtboshimiz oliy ta’lim muassasalaridagi ilmiy izlanishlarning hayotiyligi va samaradorligiga e’tibor qaratib, ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor ilm-fan yutuqlarida o‘z ifodasini topishi kerakligini ta’kidlagandi.

Shu munosabat bilan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodir Sayfullayev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimida mavjud yutuq va kamchiliklar qayd etilgani, shu bilan birga, kelgusida sohada amalga oshirish lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab berilganini aytib o‘tildi.

Yig‘ilish davomida professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislarining tizimni rivojlantirish bo‘yicha taklif va mulohazalari tinglandi. Prezident va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan farmon va hujjatlar ijrosi yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis Umid Abraykulov axboroti eshitildi.

Shuningdek, reyting ko’rsatkichlarining bajarilish holati va tijoratlashtirish yo‘nalishida ishlab topilgan mablag‘lar sarhisobi qilinib, o‘quv-uslubiy, ilmiy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida belgilab olingan vazifalar ijrosi yuzasidan mas’ullar hisoboti tinglandi.

Muhokama so‘ngida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda barcha jipslashgan holda harakat qilishi ta’kidlab o‘tildi.




OʻzDSMI rektori oliygohning Farg‘ona filiali faoliyati bilan tanishdi

Joriy yilning 21-iyun kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev oliygohning Farg‘ona filialiga tashrif buyurib, filialda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar, o‘quv binolari holati, axborot-resurs markazi faoliyati hamda 2024/2025-o‘quv yiliga qabul jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan turli musobaqalar va tanlovlarda erishilgan natijalar, filialda yaratilgan sharoitlar va o‘quv jarayonining samaradorligi o‘rganildi.




E’lon 2024-yil 24-iyun kuni (PHD) dissertatsiyasi muhokamasi

KUN TARTIBI:

Mannonov Sardor Shuxratjonovichning 17.00.01 – Teatr san’ati ixtisosligi bo‘yicha “Pantomima san’atining asosiy xususiyatlari va o‘ziga xos tamoyillari” mavzusidagi san’atshunoslik bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 12.30 da boshlanadi.

 

 Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




E’lon 2024-yil 24-iyun kuni (PHD) dissertatsiyasi muhokamasi

KUNTARTIBI:

Xamidova Shaxlo Shermatovnaning 17.00.01 – Teatr san’ati ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek dramatik teatri aktyorlik san’ati: zamonaviy aktyorlik interpretatsiyalarida xilma-xillik va o‘ziga xoslik” mavzusidagi san’atshunoslik bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 10.00 da boshlanadi.

 Dissertatsiya qo‘l yozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




E’lon 2024-yil 20-iyun kuni dissertatsiyasi muhokamasi

KUN TARTIBI:

Mamutov Paraxat Allambergen o‘g‘lining 17.00.01 – Teatr san’ati ixtisosligi bo‘yicha “Zamonaviy qoraqalpoq teatri: an’ana va yangi tendensiyalar” mavzusidagi san’atshunoslik bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 12.30 da boshlanadi.

 Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




O‘zDSMIda tadqiqotchi Barno Nurmanovaning san’atshunoslik fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tadqiqotchi Barno Nurmanovaning «Zamonaviy o‘zbek teatrida sahnaviy obraz yaratish masalalari» mavzusida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, jahon madaniy jarayonlarida teatr san’atining o‘rni, xalqaro integratsion aloqalar va ijtimoiy-mafkuraviy munosabatlarni mustahkamlashdagi ahamiyati tobora ortib borayotganligi ta’kidlandi.

Dissertatsiyada dunyo sahna san’atida yuzaga kelayotgan yangi tendensiyalar, modernizm yo‘nalishidagi oqimlar va uslubiy ifodaviy eksperimentlar teatrning ijodiy va badiiy-estetik ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilishi haqidagi fikrlar keltirildi. Shuningdek, jahon teatrlari dramaturgiya, rejissura, aktyorlik san’ati va boshqa komponentlarning badiiy yaxlitligini ta’minlashga intilayotgani va to‘laqonli sahnaviy obraz yaratish yo‘lida ijodiy eksperimentlar o‘tkazayotgani ta’kidlandi.

Ilmiy ish natijalari asosida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:
– dramatik teatrlarda namunali aktyorlik talqinini jamoatchilik oldida tahlil qilish an’anasini yaratish;
– ustoz-shogird an’analarini saqlab qolish maqsadida aktyorlik va rejissorlik yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarni teatrlardagi ijodkorlar bilan bog‘laydigan tizimni yo‘lga qo‘yish;
– O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti teatr san’ati fakultetidagi professor-o‘qituvchilar va talabalarning xorijiy san’at ta’limi muassasalari bilan masofadan turib hamkorlik qilish tizimini ishlab chiqish;
– aktyorning sahnaviy obraz yaratishiga yordam beradigan ilmiy adabiyotlar va tarixiy shaxslarning sahnaviy obrazlari muhrlangan filmlarni tahliliy o‘rganish amaliyotini aktyorlik va rejissorlik darslarida joriy qilish va boshqalar.

Muhokamaga ko‘ra, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Ilmiy kengashning deyarli barcha a’zolari dissertatsiyani bir ovozdan yoqlab ovoz berishdi.