2025-yil 18-oktabr kuni soat 12.00 da Sobirovaning dissertatsiyasi muhokamasi.

E’LON

2025-YIL 18-OKTABR KUNI SOAT 12.00 DA O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI

PhD.08/28.08.2020.San.121.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH ASOSIDAGI BIR MARTALIK ILMIY KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TADI

 KUN TARTIBI:

Sobirova Oygul Alimovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) ixtisosligi bo‘yicha Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining metodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 12.00 da boshlanadi.

 Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




2025-yil 18-oktabr kuni soat 10.00 da Sobirov Navro‘zbekning dissertatsiyasi muhokamasi

E’LON

2025-YIL 18-OKTABR KUNI SOAT 10.00 DA O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI

PhD.08/28.08.2020.San.121.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH ASOSIDAGI BIR MARTALIK ILMIY KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TADI

KUN TARTIBI:

Sobirov Navro‘zbek Xakimjon o‘g‘lining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) ixtisosligi bo‘yicha Oliy ta’lim muassasalari talabalarida sozandalik mahoratini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 10.00 da boshlanadi.

Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




Xitoy bilan hamkorlikning yangi bosqichlari

Xitoy bilan hamkorlikning yangi bosqichlari O‘zbekiston davlat san‘at va madaniyat instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Baxtiyor Yakubov hamda institut Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori Maksim Savochkinlar shu yilning 19–20 sentabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Chanchung shahridagi “Szilin” xalqaro ta’lim universitetida bo‘lib o‘tgan konferensiyada ishtirok etishdi.

Universitet prezidenti xonum Sin He bilan kechgan samimiy muloqot chog’ida prorektor Baxtiyor Yakubov taklif uchun minnatdorchilik bildirar ekan, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori professor Nodirbek Sayfullayevning mazkur universitetning 30 yillik yubileyi munosabati bilan bildirgan tabrigini yetkazdi.

Xonum Sin He tashrif uchun о‘zining cheksiz minnatdorligini aytarkan, ushbu uchrashuv ikkala oliygoh o‘rtasida samarali hamkorlikning yangi bosqichlari bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Shundan so‘ng Szilin Xalqaro Ta’lim Universiteti Xalqaro San’at Akademiyasi tashabbusi bilan Akademiya direktori Van Szyanxuey, prorektorlar Go Tinszyun va Van Chjo hamda professor-o‘qituvchilar jamoasi ishtirokida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida san’at ta’limi sohasida hamkorlikka bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuv universitet yubileyi tadbirlarining muhim qismi bo‘lish bilan birga, san’at ta’limi yo‘nalishida ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va madaniy almashinuvni rag‘batlantirish uchun imkoniyat bo‘ldi.

Suhbat davomida Van Szyanxuey O‘zbekistonlik mehmonlarni samimiy qutlab, universitetning 30 yil davomida til ta’limi, san’at yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlikda erishgan asosiy yutuqlari haqida ma’lumot berdi. U Xalqaro San’at Akademiyasi «san’at + xorijiy til + raqamli texnologiya» integratsiya modeli asosida innovatsion rivojlanishga alohida e’tibor qaratganini ta’kidladi va mazkur uchrashuv qo‘shma rivojlanishning yangi yo‘llarini izlashda muhim qadam bo‘lishiga umid bildirdi.

O‘z navbatida, prorektor Baxtiyor Yakubov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tarixi va o‘ziga xos ta’lim yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi. Ikki mamlakat o‘rtasida san’at ta’limi, ilmiy-tadqiqot hamkorligi va talabalar almashinuvini yanada rivojlantirish istagini bildirdi.

Muloqot jarayonida tomonlar kurslar yaratish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, san’at ko‘rgazmalari hamda ilmiy hamkorlik kabi yo‘nalishlarda istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. «2+2» ikki diplomli bakalavriat, «2+3» bakalavriat–magistratura hamkorlik dasturlari, shuningdek, xalqaro yozgi maktab loyihalari ilgari surildi. Ishtirokchilar mazkur uchrashuv Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida san’at ta’limi sohasida «yagona taqdir hamjamiyati»ni barpo etish yo‘lida muhim bosqich ekanini ta’kidlab, ikki mamlakat yosh avlodlari uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishini qayd etdilar.

Shundan sо‘ng uzoq muddatli do‘stlik va hamkorlik timsoli sifatida tomonlar bir-birlariga madaniy ramziy to‘hfalar topshirishdi. Rasmiy qismdan so‘ng mehmonlar universitet kutubxonasi, xalqaro ta’lim Markazi va «Global qishloq» amaliy ta’lim bazasi bilan tanishdilar. Shuningdek, ular universitetning ilmiy yutuqlari va ta’lim imkoniyatlari, talabalar tomonidan tayyorlangan amaliy san’at asarlari ko‘rgazmasi, universitet yubileyiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar hamda Szilin viloyati madaniyati va turmush tarzi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Ishtirokchilar universitetning 30 yillik rivojlanish yo‘lida erishgan natijalarini, uning madaniy muloqotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini, xalqaro mutaxassislar tayyorlashdagi tajribasini va «Bir kamar – bir yo‘l» tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdagi faolligini yuqori baholadilar.

Xizmat safarinig ikkinchi kuni Xitoy va xorijiy davlatlar universitetlari prezidentlari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim, ilm-fan va innovatsiya sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar ta’lim dasturlarini amalga oshirish, ta’lim jarayonini raqamlashtirish va qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Konferensiyada xalqaro hamkorlik zamonaviy ta’lim makonini shakllantirishda, globallashuv sharoitida samarali faoliyat ko‘rsata oladigan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti vakillarining Szilin Xalqaro Ta’lim Universitetiga bо‘lgan safari ikki tomonlama munosabatlar rivojlanishida yangi bosqich boshlanishini tasdiqladi. Erishilgan kelishuvlar va belgilangan loyihalar akademik va madaniy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash uchun mustahkam asos yaratib berdi.




2025-yil 28-avgust kuni soat 10.00 da Bexzod Maxammadismon o‘g‘lining dissertatsiyasi muhokamasi.

E’LON

2025-yil 28-avgust kuni soat 10.00 da

O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI PhD.08/28.08.2020.SAN.121.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TADI

 

KUN TARTIBI:

Mamatqulov Bexzod Maxammadismon o‘g‘lining 17.00.01 – Teatr san’ati ixtisosligi bo‘yicha “Teatr qo‘g‘irchoqlarini yasash texnologiyasining nazariy va amaliy asoslari” mavzusidagi san’atshunoslik bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 10.00 da boshlanadi.

 

Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




2025-yil 28-avgust kuni soat 12.00 da Sayfullo Turgunovichning

E’LON
2025-YIL 28-AVGUST KUNI SOAT 12.00 DA
O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI PHD.08/28.08.2020.SAN.121.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH ASOSIDAGI BIR MARTALIK ILMIY KENGASH MAJLISI
BO‘LIB O‘TADI

KUN TARTIBI:
Ikramov Sayfullo Turgunovichning 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Madaniy-ommaviy tadbirlarning yoshlarda ijtimoiy fikrni shakllantirishdagi o‘rni”. mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,
2-qavat, majlislar zalida 12.00 da boshlanadi.

Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oliy ta’lim muassasalarida “Ziyolilar bog‘”lari tashkil etildi

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jizzax politexnika instituti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i”da ko‘chat ekish marafoniga rasmiy start berildi.

✅Daraxt ekish marosimida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sobir Madiyev ham qatnashdi.

Shuningdek, asosiy tadbir bilan bir vaqtda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi ham “Bu bog‘lar bir bog‘lar bo‘ladi…” shiori ostida bahor mavsumida ko‘chat ekish marafonida ishtirok etdi hamda institut hovlisiga daraxt ko’chatlari o’taqazildi.




Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev О‘zbekiston davlat filarmoniyasi Bosh direktori Anvar Tojiboyev bilan uchrashuv o’tkazdi.

Samimiy ruhda o’tgan uchrashuvda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda О‘zbekiston davlat filarmoniyasi o’rtasida hamkorlik aloqalarini chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unda tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli ilmiy-ijodiy va madaniy aloqalarni o‘rnatish, malakali mutaxassislarni ilmiy-pedagogik jarayonga jalb etish, orkestr kutubxonasidan institutning talabalar o’quv orkestri repertuarini boyitishda foydalanish, innovatsion ilmiy-tadqiqot hamkorligini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarni jalb qilgan holda qo‘shma ilmiy-ijodiy tadbirlar o‘tkazish, mahorat darslariga taklif etish va o’tkazish, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi integratsiya jarayonini takomillashtirish, cholg‘u ijrochiligi uslublari bo‘yicha yetakchi sozandalar tajribasini о‘rganish, yetakchi professor-o‘qituvchilar, qo‘shma konsert dasturlarini tayyorlash va o‘tkazish, madaniy va ijodiy tadbirlar, shu jumladan, ko‘rik-tanlovlar, festivallar, kontsert dasturlarini hamkorlikda tashkil etish va ularda faol ishtirok etish, “Cholg‘u ijrochiligi” ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bitiruvchilarining Yakuniy Davlat attestatsiyasini ish beruvchi tashkilot sifatida filormoniyada o‘tkazilishini ta’minlash, o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik hamda ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarda hamkorlik qilish, magistrlik dissertatsiyalari, bitiruv malakaviy (ijodiy) ishlar mavzularini hamkorlikda shakllantirish va tayyorlash kabi masalalar qamrab olindi.
Shundan so’ng O’quv teatrida O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda O’zbekiston davlat filarmoniyasi Davlat akademik xalq cholg’ulari orkestri bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yoshlik taronalari” deb nomlangan konsert dasturi namoyishida birgalikda ishtirok etishdi.

Konsertda “Uvertyura”, “Allegro appassianato”, “Sozsiz qoshiq”, “Valenki”, “Rondoletto”, “Ey Sabo”, “Lezginka”, “Oblivion”, “Mash botoy”, “Tofon”, “Diltorim”, “Artsax” kabi o‘zbek va jahon musiqasi namunalari mahorat bilan ijro etildi hamda tomoshabinlarga manzur bo’ldi.




Bugun О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.08/28.08.2020.San.121.01 raqamli Ilmiy Kengashda ikki nafar tadqiqotchilarning san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarining himoyasi bо‘lib о‘tdi.

Himoya avvalida institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev har bir sohaning taraqqiyoti uning ilmiy jihatdan qanchalik keng tadqiq etilganiga chambarchas bog ‘liq ekanligini alohida qayd etdi. Shuningdek, institutda ham bu borada qilinayotgan ishlarga alohida to’xtalib o’tdi.

Ma’lumot o’rnida aytish joizki, 2024-yilga nazar tashlaydigan bо‘lsak, professor-о‘qituvchilarimiz 4 ta professor, 21 ta dotsent, jami – 25 ta ilmiy unvonga, 2025-yilning yanvar-fevral oylarining о‘zida 3 ta professor, 7 ta dotsentlik jami – 11 ta ilmiy unvonga ega bо‘ldilar. 2024 yil 1 ta DSc, 12 ta PhD himoyasi о‘tkazildi.

Ilmiy Kengashda dastavval Dо‘sanov Rahimjon Raimqulovichning 17.00.01 – Teatr san’ati ixtisosligi bо‘yicha “О‘zbekistonda “bir aktyor teatri”ning shakllanishi va uning badiiy asoslari” mavzusida san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi o’tkazildi.

Ilmiy tadqiqot ishida quyidagi ilmiy yangiliklar asoslab berilgani ta’kidlandi: O‘zbekistonda “Bir aktyor teatri”ning paydo bo‘lishi va rivojlanishida qadimgi davrning yakka ijrosi, baxshilar bir aktyor teatri (VII-IX asrlar), an’anaviy teatrdagi masxaraboz va qiziqlar bir aktyor teatri (XVIII-XIX asr), badiiy yaxlit shakldagi bir aktyor spektakli (XX asr), bir aktyor teatrining 3D formatdagi gologramma shakli (XXI asr) kabi bosqichlari aniqlanganligi;
“Bir aktyor teatri” spektaklini ijro etgan aktyorlarning repertuarlari, ular ijrosidagi dostonlar, yakka ijrodagi tomoshalar, XX asrdagi she’riy kompozitsiyalar, bir aktyor ijrosidagi spektakllar dramaturgiyasining badiha, grotesk kabi badiiy-g‘oyaviy jihatlari, rejissyorning o‘ziga xos ramziy, metafora, gologramma kabi uslublari aniqlanganligi;
2019-yil Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy 3D formatdagi gologramma teatri O‘zbekistonda tashkil etilgani va bu yo‘nalish bilan texnologiyalar imkoniyatidan foydalanib, yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash mumkinligi “Buyuk Temur” nomli spektakl namoyishi misolida isbotlanganligi;
milliy “Bir aktyor teatri” – davr talabidagi g‘oyaviy jihatdan puxta repertuarni tezkor yarata oladigan, aktyorning serqirra mahoratini namoyon qiladigan, ko‘chib yurishga qulay ijod maskani ekanligi, o‘z g‘oyaviy repertuari bilan milliy iftixor hamda g‘ururni mustahkamlaydigan, vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantiradigan, yoshlarni yot g‘oyalardan himoyalaydigan spektakllar namoyish eta olishi dalillanganligi.

Dissertantning ishi falsafa fanlari nomzodi, professor Mamur Umarov ilmiy rahbarligida tayyorlangan.

✔️Dissertasiya ishi muvaffaqqiyatli himoya qilindi.