O’zDSMI Nukus filiali

Nukus filiali tarixi

Xalqimiznin bektakror san’ati va madanitini yanada yuksaltirish, madanit va san’at sohasida teatr, kino, televideniye va xalq ijodiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori toyifadagi akterlar va san’ashunoslik sohasida mutaxassislarniyorlash maqsad ida 2008 yil 28 aprelya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston davlat san’at institutinning Nukus filialini tashkil etishor-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ 845-son qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston davlat san’at institutining Nukus filiali tashkil etildi. Keyinchalik 2012 yil 4 iyunya «O‘zbekiston davlat san’at va madanit instituti tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-1771-son qaroriga asos O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institut nukus filiali bo‘lib qayta tashkil etildi.

Filial dastlabki ochilgan yili «Saxna v ekran san’ati dramaturgiyasi» v «Drama teatri v kinoaktyorligi san’ati» ta’lim yo‘nalishlarida 25 talaba qabul qilingan bo‘lsa, hozirgi vaqtda 9ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 700 dan ortiq talaba bilim olmoqda. Bugingi kunda filiala 1ta fakultet va 5ta kafedrada 54 professor-o‘qituvchi talabalarning yetuk kadr bo‘lib yetilishida ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

Filialda O‘zbekiston v Qoraqalpog‘iston xalq arlari, O‘zbekiston v Qoraqalpog‘istonga xizmat kursgan artistlar, Qoraqalpog‘iston xalq baxshilarining dars berayotganligi nazariy bilimlar va amaliyotni o‘z-aro bog‘ liqlik holda olib borishga, shuningdek, talaba-yoshlarning o‘z ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib etishida katta ahamiyat kasb etadi.

2020-2021-o‘quv yilida filialning kunduzgi bo‘limiga yangidan «Professional ta’lim: Xalq ijodiyoti (Vokal ijrochiligi)» ta’lim yo‘nalishi bilan birga, mazkur yilda filialning sirtqi bo‘limi ham ochildi. Yangidan ochilgan sirtqi bo‘limda «San’atshunoslik (saxna va ekran san’ati dramaturgiyasi)», «Madanat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish», «Kutubxona-axborot xizmati (kutubxonachilik vabibliografiya)» ta’lim yo‘nalishlari uchunvo k talar ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda sirtqi bo‘limda 100 nafar talaba bilim olmokda. Filialda bilim olayotgan talaba-yoshlarning san’atga bo‘lgan kiziquvchanligini orttirish maqsadida 2018 yili «Tumar» raqs ansambli tashkil etildi. Qisqa davr ichida «Tumar» raqs ansamblya respublikimiz miqyosida keng tanildi va bugungi kunda Mustaqillik va Navruz bayramlarida o‘z konsert dasturlari bilan ishtirok etib kelmoqda.

Batafsil Nukus filiali haqida ->




Zakovat. May oyining 2-tur bahslari o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifat bo‘limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Zakovat” intellektual o‘yinining may oyidagi 2-tur bellashuvi o‘tkazildi.

Unda to‘rtta fakultetdan to‘rtta jamoa ishtirok etdi.

Amaldagi g‘olib — Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti hamon yetakchilikni hech kimga bermayapti.

 

 




O‘zDSMI rektori v.b. Eldor Shermanovning Farg‘ona filialiga tashrifi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov oliygohning Farg‘ona mintaqaviy filiali faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuvda E. Shermanov filialning fidoyi va faxriy ustozlari bo’lgan O’zbekiston xalq artistlari Shafoatxon Rahmatullayeva, Yorqinoy Hotamova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Xursanoy Umarova hamda “Teatr san’ati” kafedrasi professori Shamsiddin Usmonovlarni beminnat xizmatlari uchun katta minnatdorchilik bildirdi va esadalik sovg’alarini topshirdi.

Eldor O‘ralovich muassasada talabalarning ta’lim olishlari, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratib berilgan sharoitlar bilan ham tanishdi.

Eldor Shermanov o’z so’zida oliygohimizning ilmiy salohiyatini yil yakuniga qadar yuqori reytinglarga olib chiqish, xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishda amaliy ishlarni tashkil qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.




O‘zDSMI rektori v.b. Eldor Shermanov talabalar bilan dars mashg‘uloti o‘tkazdi

Shu kunlarda oliy taʼlim muassasalari rektorlari akademik faolliklarini oshirish, shu bilan birga yoshlarga motivatsiya berish maqsadida talabalarga dars o‘tishmoqda.

Xususan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” mavzusida Xalq ijodiyoti fakulteti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalariga ma’ruza o‘qidi.

Unda bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, shuningdek, strategiyada belgilab olingan sohaga doir vazifalar dolzarbligi hamda uning ijrosi haqida to‘xtalib o‘tildi.




Inson aziz, xotira muqaddas

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Teatr san’ati hamda Kino, televideniye va radio san’ati fakultetlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda kafedra o‘qituvchilari hamda oliygohning iqtidorli talabalari o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Avvalroq 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi xotira maydoniga tashrif buyurib, vatan tinchligi va kelajak avlodning nurli istiqboli yo‘lida jon fido qilgan qahramonlar jasorati va porloq xotirasiga hurmat bajo keltirgani haqida xabar berilgandi.




Zakovat. May oyining 1-tur bahslari o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifat bo‘limi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Zakovat” intellektual o‘yinining may oyidagi 1-tur bellashuvi o‘tkazildi.

Unda to‘rtta fakultetdan to‘rtta jamoa ishtirok etdi.

Amaldagi g‘olib — Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti hamon yetakchilikni hech kimga bermayapti.

 

 




Turkiya oliy ta’lim muassasasi bilan keng qamrovli hamkorlik

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Turkiyaning Kojaeli universiteti rahbariyati uchrashdi.

Tomonlar ta’lim va fan sohasida do‘stona munosabat va hamkorlikni mustahkamlash borasida kelishuvga erishdi.

Hamkorlik doirasida o‘qituvchi va tadqiqotchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar, jumladan, konferetsiya, uchrashuv, seminarlar tashkil etish kabi vazifalar bajarilishi belgilandi.

Shuningdek, o‘quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, birgalikda tadbirlar tashkil etish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘yicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Muzokara so‘ngida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida yuqorida ta’kidlangan vazifalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik memorandumi imzolandi.




Baxshichilik festivaliga tayyorgarlik avjida

Xabaringiz bor, 6-8-may kunlari Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida xalqaro baxshichilik san’ati festivali o‘tkaziladi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurib, mazkur festivalga tayyorgarlik jarayoni bilan bevosita tanishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, festivalga 1500 nafardan ortiq ijodkor jalb etilgan. Shu bilan birga, 40 dan ortiq xorijiy davlat va xalqaro tashkilotdan baxshichilik san’atiga doir 30 nafardan ziyod musiqa ijrochi ishtirok etadi.

Anjuman yakunida ko‘rik-tanlov g‘oliblari va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi hamda gala-konsert namoyish etiladi.

Xalqaro festival g‘olib ishtirokchilarini rag‘batlantirish maqsadida esa bu gal ham AQSH dollarida pul mukofotlari ajratilgan bo‘lib, Gran pri sohibiga 7000 AQSH dollari, 2 ta yo‘nalishdagi 1-o‘rin sohibi uchun 10.000 AQSH dollari, 3-o‘rin egalariga 3.500 AQSH dollari ajratilgan.

Shuningdek, eng yaxshi selfi, fleshmob kabi yo‘nalishlaridagi xalqaro festivalning eng yaxshi targ‘ibotchisi bo‘lgan matbuot xodimlari ham pul mukofoti bilan taqdirlanishi kutilmoqda.