Fransiyada madaniyat va san’at sohasi bo‘yicha tahsil olishga oid seminar o‘tkazildi

Bugun Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Campus France agentligi vakili Sipriyan Lyorua tomonidan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bitiruvchi talabalari uchun seminar o‘tkazildi.

Seminarda Fransiya madaniyati va san’ati, sohaga oid tashkilotlar, tarixiy maskanlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Qolaversa, Yevropa mamlakatidagi madaniyat va san’atga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari faoliyati, u yerda tahsil olish imkoniyatlari, grant dasturlari, universitetlarga o‘qishga kirish uchun belgilangan talablar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan tegishli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.




Tursunmetova Robiya Abdulla qizining ILMIY DARAJALAR BERUVCHI PhD

E’LON

2023-YIL 20-SENTABR KUNI O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT

VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY

DARAJALAR BERUVCHI PhD.08/28.08.2020.SAN.121.01 RAQAMLI

ILMIY KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TADI

 

KUN TARTIBI:

Tursunmetova Robiya Abdulla qizining 17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye. san’atshunoslik ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “Zamonaviy o‘zbek badiiy kinosida xarakter talqinlari (1991-2021 – yillar)” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi bо‘lib о‘tadi.

 

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 10.00 da boshlanadi.

016_Р_Турсунметованинг_Химоя_эълони

 

Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zDSMI Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




Kasimova Nodira Saitjanovnaning ILMIY DARAJALAR BERUVCHI PhD

E’LON

2023-YIL 20-SENTABR KUNI O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT

VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY

DARAJALAR BERUVCHI PhD.08/28.08.2020.SAN.121.01 RAQAMLI

ILMIY KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TADI

 

KUN TARTIBI:

Kasimova Nodira Saitjanovnaning 17.00.03 – Kino san’ati. Televideniye. San’atshunoslik ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “О‘zbekistonda qisqa metrajli badiiy kinoning rivojlanishidagi о‘ziga xos xususiyatlar” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi bо‘lib о‘tadi.

 

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 12.30 da boshlanadi.

 

016. Н.Касимовнинг Химоя эълони

 

 

Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zDSMI Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




O’zDSMIda navbatdan tashqari Ilmiy Kengash bo’lib o’tdi

O‘zDSMIda navbatdan tashqari ilmiy Kengash bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida rektor v.b. Eldor Shermanov boshchiligida institutning navbatdan tashqari ilmiy kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda barcha prorektorlar, dekanlar, bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlari ishtirok etishdi.

Dastlab oxirgi yillarda institutning rivojlanib borayotgan xalqaro aloqalariga, O‘zbekiston madaniyati va san’atini dunyoga tanitishga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan xorijiy hamkorlarga institutning faxriy professori unvonini berish masalasi ko‘rib chiqildi. Kengash a’zolari tomonidan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi madaniyat markazi direktori Samir Abbasov, Qozon davlat madaniyat instituti rektori Ahmadiyeva Roza Shayxaydarovna va Ozarbayjon milliy maqom markazi direktori Sahib Pashshazodalarga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining faxriy professori unvonini berish bir ovozdan ma’qullandi.

Shuningdek, kengashda ijro intizomi, xalqaro shartnomalar bo‘yicha biriktirilgan kafedralar tomonidan olib borilayotagan ishlar samaradorligi, 1-6-oktabr kunlari xorijdan tashrif buyurishi kutilayotgan mehhmonlarni kutib olish bilan bog‘liq chora-tadbirlar, ijara xonadonlari va talabalar turar joyi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va boshqa muhim masalalarga birma-bir to‘xtalinib, mas’ullar axboroti eshitildi.

Bundan tashqari, kengashda tashkiliy masala ham ko‘rilib institut magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimiga psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd), dotsent Mahmudov A’zamjon Muxtorovich tayinlanib, uning faoliyatiga omad tilandi.

 




O‘zDSMI o‘quv teatrida «Shahzoda va gado» nomli bir aktyor teatri spektakli namoyish etildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv teatrida «Sahna harakati va jismoniy madaniyat» kafedrasi qoshida tashkil etilgan «Bir aktyor teatri» teatr studiyasi rahbari, mustaqil tadqiqotchi Rahimjon Do‘sanov rejissyorligida Mark Tven asari asosida sahnalashtirilgan «Shahzoda va gado» nomli bir aktyor ijrosidagi spektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi.

«Estrada aktyorligi» ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Dilhayot Malikov ijrosidagi mazkur spektakl tashrif buyurgan tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

«Shahzoda va gado» asarida ijodkor Angliyada Tom va Eduard singari bolalarning beg’ubor nigohi, sofdil qalbi orqali adolat qidiradi. Mark Tven hayotga doimo bola qalbi bilan qarab, adolatga bolalarcha beg’uborlik bilan yechim topishga intildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur sahna asari O‘zbekiston davlat satira teatrida ham namoyish etilgandi.




Koreyadagi universitet bilan manfaatli hamkorlik

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Janubiy Koreyaning Sejong universiteti vakillari tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlik, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini qo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

«Oliygohimizda san’at sohasining barcha tarmoqlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydigan yo‘nalishlar maqjud. Boy tarixga ega institutimizni yetuk san’atkorlar tamomlagan. Biz milliylik bilan bir qatorda, xorijiy tajribalarni o‘rganishga qattiq bel bog‘laganmiz. Shu bois, o‘zaro hamkorlik qilishdan manfaatdormiz. O‘ylaymanki, ushbu hamkorlik ikkala tomon uchun ham manfaatli bo‘ladi. Biz qog‘ozda qolib ketadigan emas, amaliy hamkorlik tarafdorimiz», dedi institut rektori v.b. Eldor Shermanov.

Shuningdek, kelgusida ikki oliygoh o‘rtasida animatsiya san’atiga oid qo‘shma yo‘nalish ochish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.




O‘zDSMIda «Farengeyt bo‘yicha 451 daraja» spektakli namoyish etildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining o‘quv teatri binosida professor Temur Rashidov badiiy rahbarligidagi Teatr san’ati fakulteti «Estrada aktyorligi san’ati» ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari tomonidan buyuk yozuvchi Rey Bredberining “FARENGEYT BO‘YICHA 451 DARAJA” asari asosida sahnalashtirilgan spektaklning navbatdagi namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Kitobxonlikka muhabbat va bilim muqaddasligi timsoliga aylangan mazkur spektaklda sayyoramiz aholisi uchun umumiy bo‘lgan muammolar — ommaviy madaniyat, jaholat va man’aviyatsizlik qoralanadi.

Sahna asari tomoshabinlar tomonidan yuqori baholanib, ularning olqishiga sazovor bo‘ldi.




Xalqona ijod namunalari yaratish ularning e’tirofiga sazovor bo‘lish manbaidir

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov Xalq ijodiyoti fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan tanishuv uchrashuvi o‘tkazdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida oliygoh faoliyati, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim muassasining ichki tartib-qoidalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Eldor Shermanov prodyusserlik sohasini e’tirof etib, film va seriallar tashkil etilishi hamda targ‘ibotida ularning o‘rni benihoya ekanligini ta’kidladi.