Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun suhbat tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori ijrosini ta’minlash hamda vazirliklar, idoralar va yirik xo‘jalik birlashmalarida oliy ma’lumotli kadrlar ulushini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 675-sonli qaroriga asosan, iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari tavsiyanomasiga ega talabgorlar uchun 2023/2024-o‘quv yili uchun sirtqi ta’lim yo‘nalishi qabuliga oid suhbat o‘tkazilmoqda.

Jarayonni O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Abdulaziz Nurullayev ochib berdi hamda talabgorlarga omad tiladi.

Suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki taʼlim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorning o‘qishi (sirtqi taʼlim shakli uchun 5 yil) uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt mablag‘i ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatda to‘lab berilishi lozim.

 




Badiiy, o‘quv-uslubiy kengashning yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Badiiy, o‘quv-uslubiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash a’zolari ishtirokida 2023/2024-o‘quv yili uchun dars yuklamalarini professor-o‘qituvchilar kesimida taqsimoti muhokama qilindi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilida bakalavriat va magistratura kesimida o‘quv adabiyotlarni yaratish rejasi tasdiqlandi.




Idoralararo hujjat aylanish tizimidan foydalanish bo‘yicha navbatdagi seminar-trening tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xodimlari uchun Idoralararo hujjat aylanish tizimi bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar davomida EDO.IJRO.UZ saytidan qay tartibda foydalanish, hujjatlarni qabul qilish va yuborish kabi bir qancha amallar tushuntirib o‘tildi.

Ma’lumot uchun, EDO.IJRO.UZ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari monitoring qilish tizimi hisoblanadi. Tizim, hujjat aylanishi jarayonlarini va topshiriqlar ijrosi nazoratini avtomatlashtiruvchi funksiyalardan iborat bo‘lib, bir vaqtning o‘zida, hujjat ustida bir nechta xodimlarning ishlashini ta’minlaydi.




O‘zDSMIda xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi

Jarayonni O’quv ishlari bo’yicha prorektor Abdulaziz Nurullayev ochib berdi. Tegishli yo’nalishlar bo’yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni soha mutaxassislari baholab borishdi.
Sinovlar shaffof va adolatli o’tkazilish maqsadida internet tarmog’i orqali translyatsiya qilindi.
Belgilangan tartibga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilida san’at sohasi bo’yicha tasdiqlangan o’tish balli — 80 ballni tashkil etadi. Ijodiy imtihonlardan so’ng talabalar 16-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etadi.




Dilbar Obidovna Ismoilova

Dilbar Obidovna Ismoilova (11.08.1938)

    Oʻzbekiston xalq artisti (2003). Zaynab Savriyevaning qizi. Toshkept teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1961). 1958 – 1987 yillar Hamza (hozirgi O‘zbek Milliy Akademik drama) teatrida, 1987-yildan Oʻzbek davlat drama teatrida aktrisa. “Xolisxon’ (Hamza) spektaklilagi Zuhra uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Oʻz ijodi davomida lirik, dramatik xarakterdagi turli obrazlar yaratdi: Qamarabonu (B.Avazov, “Furqat”), Kamola (R.Tagor, “Gang daryosining qizi”), Guli (Uygun, I.Sulton, “Alisher Navoiy”), Nuri (Oybek, “Qutlug qon”), Margarita (A.Dyuma, “Ajal minorasi”), Oyimjahon (K.Yashin, “Buxoro”), Lutfi (S. Ahmad, “Kelinlar qoʻzgʻoloni”), Anvara, Risolat (Oʻ. Umarbekov, “Qiyomat qarz”, “Shoshma, quyosh”), Uvaysiy (T. Toʻla, “Nodirabegim”), Xonzoda (Hamza, “Boy ila xizmatchi”), Bayla (P.Qodirov, “Yulduzli tunlar”), Mastura satang (Hamza, “Paranji sirlari”), Gonerilya (U.Shskspir, “Qirol Lir”). U “Ganga va Jamna”, “Hur qizlar”, “Anna Karenina”, “Morena Klara”, “Muhabbat qahvasi”, “Gvadalaupe” va boshqa filmlarda bir necha qahramonga ovoz bergan. “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan (1998).




Mahmud Ismoilov

Mahmud Ismoilov (1954)

    1973 – 1977-yillarda Toshkent teatr va rassomlik sanʼat instituti da taʼlim olgan. 1977 – 1987- yillarda O‘zbek davlat drama teatri aktyori. 1987 – 1996-yillarda O‘zbek Davlat akademik drama teatri aktyori. 1996-1997 yillarda Madaniyat ishlari vazirligi sanʼat ishlari boshqarmasi boshligʼi. 1997 – 2013-yillardan O‘zbek Milliy Аkademik drama teatri aktyori. 2013 – 2015 yillardan O‘zbek Milliy Аkademik drama teatri direktori. 2015yildan yana O‘zbek Milliy Аkademik drama teatri aktyori sifatida faoliyat yuritayapti. 1988-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. M.Ismoilov mehnatsevarligi, talabchanligi va tinmay ijodiy izlanishi tufayli xalq olqishiga sazovor boʼlgan aktyorlardan biri. U teatrda sahnalashtirilgan “Аlisher Navoiy” spektaklida Husayn Bayqaro, keyinchalik Аlisher Navoiy, “Oʼz arizasiga ko‘ra”da Elyor, “Yulduzli tunlar”da meʼmor Fazliddin, “Qirol Lir”da Edgar, “Usmon Nosir”da Cho‘lpon, “Mirzo Ulug‘bek”da Аbbos, “Mehrobdan chayon”da Sultonali, “Kunduzsiz kechalar”da Fitrat, “Daraxtlar tik turib jon beradi”da Maurisio, “Uvaysiy”da Vaziri aʼzam, “Omonat dunyo”da Jaloliddin, “Tortadurman jabrini”da ota, “Sizsiz o‘tmas kunlarim”da Umarjon, “Eng suluv kelinchak”da Oltoy, “O‘zbekcha raqs”da Vasya, “Rustam”da Ellikboshi kabi obrazlarni yaratgan. U o‘ynagan har bir roli orqali insonlarning ichki olamini yuksak mahorat bilan ochib berib, tomoshabinlarning va hamkasblarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.




Muqaddas Xoliqova

Muqaddas Xoliqova (14.04.1960)

    Muqaddas Holiqova 1960-yil 14-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1977yili Toshkent Davlat san’at instituti “Teatr va kino” aktyorligi fakultetiga o‘qishga kirib, 1981-yili o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan. Shu yili O‘zbek Milliy Akademik drama teatriga, aktirisa sifatida ishga qabul qilindi. Muqaddas Holiqova san’atdagi ijodining dastlabki yillaridan to shu kunga qadar, takrorlanmas obrazlar yaratib, teatrning yetuk aktrisalaridan biriga aylandi. U Hamzaning “Boy ila xizmatchi”sida Poshsha oyim, F.Musajonovning “Najot istab”ida qaynona, “Avg‘on reportaji”da jurnalist, “Tuhmat”da qizil tanli, Karlo Gatssining “Baxtli gadolar”ida qiz, Shekspirning “Koriolan”ida ayol, O‘. Hoshimovning “Qatog‘on”ida ayol va bir qancha ko‘p rollarni mahorat bilan ijro etgan. 2001-yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoniga sazovor bo‘lgan. Muqaddas Holiqova bir qator videofilmlarda yorqin obrazlar yaratdi. “Alisher Navoiyda” kanizak, Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, “Bobur” Jahongir Mirzoning onasi, M.Yunusovning “Layli va Majnun”ida enaga, M.Boboyevning “Ko‘ngil ko‘chalari”da o‘quvchining onasi, M.Asadullayevning “Qirq tog‘oraning qirq nog‘orasi”da Tursinoy, “Shunchaki hazil” da ayol kabi rollarni mahorat bilan ijro etgan.




Ginzburg Aleksandr Osipovich

Ginzburg Aleksandr Osipovich (1916 – 23.06.1973)

    Teatr rejissori. Oʻzbekistan xalq artisti (1959). Toshkent yosh tomoshabinlar teatri (1946—51), Hamza teatri (195158, 1960-65, 1971-73), Toshkent rus drama teatri (1958—60) bosh rejissor, “A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati” (O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) (1951—65). Sahnalashtirgan spektakllari: «Dengizdagilar sharafiga», «Aybsiz aybdorlar», «Yulduzlar jamoli» (T. Xoʻjayev bilan hamkorlikda), «Turkiya haqida qikoya» (A. Turdiyev bilan hamkorlikda), «Ogʻriq tishlar», «Qaroqchilar». «Soʻnggi pushaymon», «Gang daryosining qizi», «Jazoir – mening Vatanim», «Yuliy Sezar», «Mirzo Ulugʻbek», «Tobutdan tovush», «Nomaʼlum kishi», «Qonli sarob», «Qashshoq qalb egasi» va boshqalar.