O‘zDSMIda kino san’ati bo‘yicha mustaqil izlanuvchi bo‘lishga talabgorlar uchun suhbat tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi «Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2024-yil 2-chorak uchun mustaqil izlanuvchi (DSc/PhD)ga hujjatlari qabul qilingan talabgorlar uchun suhbat jarayoni tashkil etildi.

O‘zDSMI rektorining tegishli buyrug‘iga muvofiq, joriy yilning 28-fevral kuni mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga kiruvchilar uchun 17.00.03 — Kino san’ati. Televideniye ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi.

Qabul komissiyasi a’zolari doktorantura bosqichida mustaqil izlanuvchi (PhD) sifatida ilmiy tadqiqot olib borish istagini bildirgan talabgorlar bilan suhbat o‘tkazdi.





O‘zDSMI «Talabalar teatr studiyalari» Respublika-ko‘rik tanlovining hududiy bosqichiga mezbonlik qilmoqda

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «Talabalar teatr studiyalari» Respublika ko’rik-tanlovining 2-hududiy bosqichiga mezbonlik qilmoqda.

Bugun institut o’quv teatri binosida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Alfraganus universiteti, Perfect universiteti oliygohlarining talabalari o’z spektakllarini namoyish etishadi.





«Taqdir sinovlari» diplom spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti teatr sana’ti fakulteti dramatik teatr va kino aktyorligi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining «Taqdir sinovlari» deb nomlangan diplom spektakli bo‘lib o‘tdi.

Taniqli dramaturg Qo‘chqor Norqobil asari asosida O‘zbekiston xalq artisti, professor Erkin Komilov tomonidan sahnalashtirilgan spektakl tomoshasi unga yig‘ilgan barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida institut rektori v.b. Eldor Shermanov sahna asari yaralishida hissa qo‘shgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

«Bugungi spektakl barchaga manzur keldi, deb o‘ylayman. Kichik guruhning shunday katta asarga qo‘l urgani tahsinga loyiq. Shu jumladan, sahnalashtiruvchi rejissyor, ustoz Erkin Komilovga alohida tashakkur izhor qilmoqchiman. Har bir davrning o‘z qahramonlari bo‘ladi. Erkin Komilov — biz uchun hamisha qahramon», — dedi rektor.

Shu bilan birga, spektaklda o‘z roli, dialogi va ijro mahorati bilan ajralib turgan talabalar moddiy mukofot bilan taqdirlanadigan bo‘ldi.





Rajabov Ruslan

Ruslan Rajabov – Rejissor sifatida «Toshbolta oshiq», «Muzlagan soat», «Advokatlik osonmu?», «Oq kema», «Yangi yil va sehrli uy», «Revizor» kabi spektakllarni sahnalashtirgan.




Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari O‘zDSMIda malaka oshirgan madaniyat boshqarmalari rahbarlarini sertifikat bilan taqdirladi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov malaka oshirish tarmoq markazida tahsil olgan vazirlik tasarrufidagi madaniyat boshqarmalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, sohadagi yutuq va kamchiliklar to‘g‘risida fikr bildirilib, bu borada vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalari hamda madaniyat boshqarmalarining o‘rni e’tirof etildi.

«O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti avvalgiga qaraganda ancha yaxshi tarafga o‘zgaragan. Xalqaro aloqalar nihoyatda jadallashgan. Buning uchun institut rahbariyatiga vazirlik nomidan minnatdorchilik bildiraman», — dedi Bahodir Ahmedov.

Shu bilan birga, institut rektori v.b. Eldor Shermanov vazirlik rahbariyati va markazda malaka oshirgan boshqarma boshliqlariga o‘z tashakkurini bildirdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti qoshida tashkil etilgan malaka oshirish tarmoq markazida tahsil olgan boshqarma boshliqlari sertifikat bilan taqdirlanib, ularga minnatdorchilik bildirildi.




O‘zDSMI professor-o‘qituvchilari Mudofaa vazirligi tomonidan maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati kafedrasi dotsenti Jahongir Ahmedov, shuniningdek, kino, televideniye va radio rejissyorligi kafedrasi dotsentlari — Jahongir Qosimov va Hilol Nasimov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan «Yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti mukofot sohibi bilan professor-o‘qituvchilarni tabriklaydi.




slide_04




Koreya nashriyoti bilan memorandum imzolandi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Koreya Respublikasining «Yeovon Media» nashriyoti rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma nashriyot ochish, talabalarning xorijda amaliyot o‘tashini ta’minlash hamda mahorat darslari tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

«Biz maktabgacha ta’lim tizimiga oid darsliklar dizayni bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga egamiz. Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganmiz. Yaqinda Gvatemala Ta’lim vazirining taklifiga binoan ushbu mamlakatda seminar o‘tkazib, memorandum imzoladik. O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarimiz shakllanishidan mamlakatiningiz rahbarining o‘rni beqiyos. Aynan O‘zbekiston Prezidentining bolalar uchun sifatli darsliklar yaratish borasidagi tashabbusi tufayli yurtingizga o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdik. O‘ylaymanki, bardavom hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yamiz», dedi nashriyot direktori Dong Hvi Kim.

Uchrashuv so‘ngida o‘zaro memorandum imzolandi hamda qo‘shma hamkorlik asosida nashriyot ochish borasida kelishuvga erishildi.

Shu bilan birga, mehmonlar institutning axborot-resurs markazini ko‘zdagn kechirishib, iliq fikrlarini bildirishdi.

Ma’lumot uchun, Seul shahrida joylashgan «Yeovon Media» nashriyoti 1992-yildan beri bolalar uchun sifatli kitoblarni nashr etib keladi.