Rustamaliyeva Shahnoza Rustama qizining san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

“O‘zbekistonda xotin-qizlar madaniyati rivojiga ta’sir ko‘rsatayotgan ichki va tashqi omillar” mavzusida

Rustamaliyeva Shahnoza Rustama qizining 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda xotin-qizlar madaniyati rivojiga ta’sir ko‘rsatayotgan ichki va tashqi omillar” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2026 yil 14-may kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100164, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi, 127 “A”-uy, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi, 2-qavat, majlislar zali.

Tel.: (+99871) 230-28-02; faks: (+99871) 230-28-15

e-mailuzdsmi@madaniyat.uz




Dovidxonov Mahmudxon Muhriddinxon o‘g‘lining san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

“Yangi O‘zbekiston madaniy diplomatiyasining rivojlanish tendensiyalari” mavzusida

Dovidxonov Mahmudxon Muhriddinxon o‘g‘lining 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston madaniy diplomatiyasining rivojlanish tendensiyalari” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2026 yil 14-may kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100164, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi, 127 “A”-uy, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi, 2-qavat, majlislar zali.

Tel.: (+99871) 230-28-02; faks: (+99871) 230-28-15

e-mailuzdsmi@madaniyat.uz




Tuxtasinov Abror Rustamovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

“Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining etnopedagogik madaniyatini takomillashtirish metodikasi” mavzusida

Tuxtasinov Abror Rustamovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining etnopedagogik madaniyatini takomillashtirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 7-may kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100164, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi, 127 “A”-uy, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi, 2-qavat, majlislar zali.

Tel: (+99871) 230-28-02; faks: (+99871) 230-28-15

e-mail: uzdsmi@madaniyat.uz




Abdisattorov Abdijalil Abdivali o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

“Bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini xalq cholg‘ulari orkestri vositasida rivojlantirish metodikasi” mavzusida

Abdisattorov Abdijalil Abdivali o‘g‘lining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining ijodiy kompetentligini xalq cholg‘ulari orkestri vositasida rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.11/2025.27.12.San.02.01  raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 7-may kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100164, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi, 127 “A”-uy, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi, 2-qavat, majlislar zali.

Tel: (+99871) 230-28-02; faks: (+99871) 230-28-15

e-mail: uzdsmi@madaniyat.uz




Inatullayev Ma‘rufjon Nodirjon o‘g‘lining dissertatsiyasi muhokamasi.

E’LON

2026-YIL 2-APREL KUNI SOAT 11.00 DA O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI

PhD.11/2025.27.12.San.02.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH ASOSIDAGI BIR MARTALIK ILMIY KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TADI

 KUN TARTIBI:

Inatullayev Ma‘rufjon Nodirjon o‘g‘lining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang‘ich sinf maktab
musiqa darsliklarini brayl yozuvida yaratish texnologiyalarining zamonaviy
innovatsion metodlari”
mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 11.00 da boshlanadi.

 Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




2026-yil 2-aprel kuni soat 14.00 da Q.Qobilqoriyevning dissertatsiyasi muhokamasi.

E’LON

2026-YIL 2-APREL KUNI SOAT 14.00 DA O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI

PhD.11/2025.27.12.San.02.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH ASOSIDAGI BIR MARTALIK ILMIY KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TADI

 KUN TARTIBI:

Qobilqoriyev Qudratilla Baxtiyor o‘g‘lining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining doyra ijrochiligi malakalarini takomillashtirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 14.00 da boshlanadi.

 Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




22 million yosh – Yangi O‘zbekistonning tayanchi

Joriy yilning 24-fevral kuni Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq va samimiy muloqot mamlakatimiz taraqqiyotida mutlaqo yangi bosqichni boshlab berayotgan tarixiy voqea bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Unda ilgari surilgan tashabbuslar – ta’lim, kasb-hunar, tadbirkorlik, innovatsiya va volontyorlik yo‘nalishlaridagi aniq va tizimli qarorlar – 22 milliondan ortiq yoshlarimizning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Davlatimiz Rahbari yoshlar – bu nafaqat demografik ustunlik, balki iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotning bosh omili ekanligiga alohida e’tibor qaratdi. Ayniqsa, jahon olimpiadalaridagi yutuqlar, TOP universitetlarda tahsil olayotgan o‘g‘il-qizlarimiz, xalqaro bozorga chiqqan startaplar va sport sohasidagi g‘alabalar – bularning barchasi yurtimizda yaratilgan imkoniyatlar samarasidir.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi ushbu ishonch va e’tiborni yuksak mas’uliyat sifatida qabul qiladi.

Biz uchun yoshlarning nafaqat kasbiy, balki ma’naviy-estetik tafakkurini shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ustuvor vazifadir.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Kelajak tadbirkori” dasturi, “Yangi avlod tadbirkorlari” tashabbusi, “Yoshlar biznes inkubatori” markazlari, “Oʻsish va rivojlanish (Upshift)” loyihasi, volontyorlik harakatini keng qo‘llab-quvvatlash kabi tashabbuslar ta’lim muassasalari oldiga ham yangi vazifalarni qo‘ymoqda.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi ham ushbu tashabbuslarni ijrosini ta’minlashni, shubhasiz, eng ustubor vazifa etib belgiladi.

Shu boisdan ham kelgusida talabalarni amaliy loyihalar asosida o‘qitish, kreativ industriyalar, madaniy menejment va san’at tadbirkorligi yo‘nalishlarini kuchaytirish, dual ta’lim elementlarini keng joriy etish, yosh ijodkorlar va startap tashabbuskorlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirishni reja qildik.

Ta’kidlash o’rinliki, institutimiz kafedralarining ish beruvchi tashkilotlarda ayni paytda 4 ta filiali faoliyat olib bormoqda. Bu ishlarni davom ettirish hamda bu asosda dual ta’limni kengatirishni maqsad qilganmiz.

Shuningdek, 4 ta sport federatsiyalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan bo‘lib, hamkorlikda bir qancha sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.

Endilikda bu ishlarni ham salmog‘ini oshirish, shuningdek, institutda sport musobaqalarini yanada ko’paytirish borasida ish olib borilmoqda.

Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash borasida ham madaniyat boshqarmalari, teatrlar, kutubxonalar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazib kelmoqdamiz.

Ayni paytda, olib borilayotgan mazkur ishlar bizdan yanada katta mas’uliyat va tizimli yondashuvni talab etayotganini chuqur anglaymiz.

Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ta’lim va madaniyat sohasida ham yangicha fikrlash, zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish hamda natijadorlikni ustuvor mezon sifatida belgilash zarurligini ko‘rsatmoqda.
Bu esa bizdan eskicha qarash va qoliplangan yondashuvlardan voz kechib, faoliyatimizni zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqishni, har bir tashabbusni aniq amaliy samaraga yo‘naltirishni taqozo etadi.

Shunday ekan, oldimizda turgan vazifalarni tanqidiy tahlil asosida qayta baholab, yanada yuqori bosqichga olib chiqish ustuvor maqsadimizdir.

Negaki, oliy ta’lim muassasalari oldida ham ko’plab yangi vazifalar turibdi. Xususan, bugun ular faqat bilim beruvchi muassasa emas, balki innovatsiya, tadbirkorlik va yangi ish o‘rinlari yaratuvchi markazga aylanishi lozimligi belgilandi.

Biz ishonamizki, san’at va madaniyat sohasi yoshlar uchun nafaqat ijod maydoni, balki iqtisodiy barqarorlik va innovatsion rivojlanishning muhim drayveriga aylanadi.

Yangi avlod san’atkorlari, menejerlari va ijodiy tadbirkorlari mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltiradi.

Prezidentimizning yoshlar bilan muloqoti – bu shunchaki uchrashuv emas, balki har bir rahbar, har bir pedagog va har bir mas’ul shaxs zimmasiga yuklangan aniq vazifa va javobgarlikdir.

Biz ham kelgusi faoliyatimizda, albatta, yoshlarimizni eshitamiz, qo‘llab-quvvatlaymiz va ularning tashabbuslari ro‘yobga chiqishi uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etamiz.

Yoshlar – Yangi O‘zbekistonning buguni va kelajagidir.
Ularning muvaffaqiyati – Vatanimiz muvaffaqiyatidir.

Nodirbek Sayfullaev,
O‘zbekiston davlat san’at
va madaniyat instituti rektori,
professor.




Bugun institutimizda dissertatsiyalarining muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Unda dastlab Dovidxonov Mahmudxon Muhriddinxon o‘g‘lining 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik ixtisosiligi bo‘yicha tayyorlangan “Yangi O‘zbekiston madaniy diplomatiyasining rivojlanish tendensiyalari” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Ushbu dissertatsiya tarix fanlari doktori, professor Mavrulov Abduxalil Abdulxayevich ilmiy rahbarligida yozildi.

 

Tadqiqotning ilmiy ahamiyati mustaqillik davri O‘zbekiston madaniy diplomatiyasining tarixiy, xolis va tizimli prinsiplari hamda fanlararo yondashuvlar –  xususan, tarix, siyosatshunoslik va madaniyatshunoslik metodlari asosida yoritilishi orqali metodologik yondashuvlar va nazariy xulosalarni takomillashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga, dissertatsiya madaniy diplomatiya konsepsiyasining ilmiy-nazariy asoslarini kengaytiradi va mavzuga oid ilg‘or g‘oyalar, konseptual tushunchalar hamda tizimli tahlilni taqdim etadi.

 

Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati madaniyatshunoslik, madaniyat va san’at sohasi menejmenti yo‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlashda nazariy qo‘llanma vazifasini bajaradi. Shuningdek, madaniy diplomatiya masalalariga oid ilmiy nashrlar, tadqiqotlar hamda O‘zbekistonning tashqi siyosatiga doir tahliliy materiallar tayyorlashda muhim manba sifatida xizmat qiladi. Natijalar amaliyotda madaniy diplomatiya strategiyasini rivojlantirish va milliy hamkorlikni kengaytirishda qo‘llanilishi mumkin.

 

Dissertasiya ishi Ilmiy kengash muhokamasiga tavsiya etildi.

 

 

Shundan so‘ng ikkinchi tadqiqodchi Rustamaliyeva Shahnoza Rustamali qizining 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik ixtisosiligi bo‘yicha tayyorlangan “Oʻzbekistonda xotin-qizlar madaniyati rivojiga ta’sir koʻrsatayotgan ichki va tashqi omillar” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Ushbu dissertatsiya tarix fanlari nomzodi, professor v.b. Nishonboyeva Qunduzxon Vahobovna ilmiy rahbarligida yozilgan.

 

 

Tadqiqotning ilmiy ahamiyati xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning madaniy rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish yoʻllarini izlab topishda ilmiy-nazariy asos yaratadi. Shu bilan birga, ayollarga nisbatan gender tengsizlik, ma’naviy tahdidlar, tazyiq va zoʻravonlik holatlarining ijtimoiy va madaniy ildizlarini oʻrganish orqali jamiyatda insonparvarlik, adolat va madaniy barqarorlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati madaniyatshunoslik va madaniyat nazariyasiga doir yangi oʻquv qoʻllanma va darsliklar yaratish, oliy ta’lim muassasalarida yangi madaniyatshunos va san’atshunos kadrlarni tayyorlashda muhim manba boʻlib xizmat qiladi.

 

 

Dissertasiya ishi Ilmiy kengash muhokamasiga tavsiya etildi.