2025-YIL 4-aprel kuni Yuldashev Izzat (PhD) ilmiy darajasini olish dissertatsiyasi muhokamasi

E’LON

2025-YIL 4-APREL KUNI O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI PhD.08/28.08.2020.SAN.121.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH ASOSIDAGI BIR MARTALIK ILMIY KENGASHI

MAJLISI BO‘LIB O‘TADI

KUN TARTIBI:

Yuldashev Izzat Ikramovichning 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek etnomadaniyatida sinkretizm: nazariya va amaliyot” mavzusidagi san’atshunoslik bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 11.00 da boshlanadi.

Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




2025-YIL 4-aprel kuni Ergashev M. (PhD) ilmiy darajasini olish dissertatsiyasi muhokamasi

E’LON

2025-YIL 4-APREL KUNI O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI PhD.08/28.08.2020.SAN.121.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH ASOSIDAGI

BIR MARTALIK ILMIY KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TADI

KUN TARTIBI:

Ergashev Murodbek Ikromovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) ixtisosligi bo‘yicha Musiqa ta’limida o‘quvchilarning kreativ va ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirish mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 14.00 da boshlanadi.

Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat da navbatdagi yigʻilish bo’lib o’tdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentyabrdagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” OʻRQ-957-son Qonunining
mohiyati va ahamiyati tog‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

 

✔️Yig‘ilishda barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va tyutorlar ishtirok etdi.




2025-yil 14-mart kuni Dusanov R. ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tadi

E’LON

2025-YIL 14-MART KUNI O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI PhD.08/28.08.2020.SAN.121.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH

MAJLISI BO‘LIB O‘TADI

 

KUN TARTIBI:

Dusanov Rahimjon Raimqulovichning 17.00.01 – Teatr san’ati ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda “Bir aktyor teatri”ning shakllanishi va uning badiiy asoslari” mavzusidagi san’atshunoslik bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 11.00 da boshlanadi.

 

Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




2025-yil 14-mart kuni Shavkatova G. ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tadi

E’LON

2025-YIL 14-MART KUNI O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJALAR BERUVCHI phd.08/28.08.2020.SAN.121.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH

MAJLISI BO‘LIB O‘TADI

 

KUN TARTIBI:

  1. Shavkatova Gulnoza Rustam qizining 17.00.01 – Teatr san’ati ixtisosligi bo‘yicha “Teatr repertuarini shakllantirishda maktab bilan hamkorlik masalalari” (bolalar teatri misolida) mavzusidagi san’atshunoslik bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

 

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 14.00 da boshlanadi.

 Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




Tailand qirolligida O‘zbekiston madaniy merosi taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda YUNESKO bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-128-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti delegatsiyasi tomonidan Tailandning Bangkok shahridagi Chulalongkorn universitetida O’zbekiston tarixi va milliy madaniyatimizga bag’ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir avvalida O’zbekiston Respublikasining Bangkok shahridagi Bosh konsuli, BMTning Osiyo va Tinch okeani Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESKATO) doimiy vakili Faxriddin Sultonov hamda institut prorektori Shohbek Ergashev so’zga chiqdi.
Tadbirda ulug‘ ajdodlarimizning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida hikoya qiluvchi taqdimotlar, milliy hunarmandchilik va qandaolat mahsulotlari namunalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Shuningdek, institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari tomonidan milliy kuy-qo‘shiq va raqslar hamda mumtoz g’azallardan iborat teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi.

Vakillarimiz bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, buning natijasida yuz berayotgan ulkan o‘zgarishlar, O‘zbekkistonning turizm salohiyati, tarixiy obidalari haqida ham ma’lumot berib o‘tishdi.
Quvonarli tomoni, tadbir ishtirokchilarining aksariyati yurtimiz hamda o’zbek san’ati va madaniyati to’g’risida, ayniqsa, so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida yetarli ma’lumotga ega ekanliklarini hamda bu o’zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib borayotganliklarini ta’kidlab o’tishdi.

Tadbirda Chulalongkorn universiteti vakillari bilan bir qatorda turli tashkilotlari va diplomatik korpus vakillari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari va keng jamoatchilik ishtirok etishdi.

Institut delegatsiyasi tarkibidan О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artisit, Milliy qо‘shiqchilik kafedrasi professori Axmatjon Dadayev (g‘ijjak cholg‘usi ijrochisi va xonanda), Sahna nutqi kafedrasi professori, san’atshunoslik fanlari nomzodi Go‘zal Xoliqulova (boshlovchi, g‘azal ijrochisi), Sahna harakati va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti, san’atshunoslik fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) Sardor Mannonov (boshlovchi va rejissyor), Milliy qо‘shiqchilik kafedrasi katta о‘qituvchisi Qahramon Tо‘rayev (doira cholg‘usi ijrochisi), Cholg‘u ijrochiligi kafedrasi dotsenti Yusuf Vaxidov (nay cholg‘usi ijrochisi), Folklor va etnografiya kafedrasi о‘qituvchisi Oybek Xamroyev (qashqar rubobi ijrochisi va xonanda), Estrada aktyorligi san’ati ta’lim yо‘nalishi talabalari Diyorabonu Olimova va Aziza Nuriddinova (milliy raqs ijrochilari) va boshqalar o‘rin oldi.
Mazkur tadbirlar davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosi hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilish hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.




О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida an’anaga muvofiq Besh tashabbus olimpiadasi doirasida navbatdagi musobaqalar tashkil etildi hamda musobaqa g‘oliblariga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari diplom va kuboklar topshirildi.

Bugungi kunda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, iqtidorli sportchilarni saralash hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

✅О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida an’anaga muvofiq Besh tashabbus olimpiadasi doirasida navbatdagi musobaqalar tashkil etildi hamda musobaqa g‘oliblariga institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari diplom va kuboklar topshirildi.

✔️G‘oliblarni taqdirlash uchun so‘zga chiqqan institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev san’at va sport doimo yonma yonligini, ijodkorning sport bilan shug‘ullanishi uning ijodiy kamolotida ham muhim ahamiyatga ega ekanligini hamda institutda talabalarni sport bilan mashg‘ul bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilganini qayd etib o‘tdi.

❗️Qizg’in bahslarga boy o’tgan musobaqalar yakunida g‘oliblar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

🥇Futbol musobaqalarida Xalq ijodiyoti fakulteti jamoasi;

🥇Volleybol musobaqalarida (qiz bolalar o‘rtasida) Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti jamoasi;

🥇Shaxmat musobaqalarida (qiz bolalar o‘rtasida) Rahmatova Maftuna Xalq ijodiyoti fakulteti talabasi;

🥇 Shaxmat musobaqalarida (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) Mamaraimov Bobur Xalq ijodiyoti fakulteti talabasi;

🥇Shashka musobaqalarida (qiz bolalar o‘rtasida) Choriyeva Madina (Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabasi;

🥇Shashka musobaqalarida (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) Ro‘ziyev Elbek Teatr san’ati fakulteti talabasi;

🥇Stol tennisi musobaqalarida (qiz bolalar o‘rtasida) Suvanova Chexroza Xalq ijodiyoti fakulteti talabasi;

🥇Stol tennisi musobaqalarida (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) Xasanov Og‘abek Xalq ijodiyoti fakulteti talabasi.




O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga hindistonlik taniqli diplomat, ayni paytda Hindiston-Janubiy Koreya Dо‘stlik jamiyati raisi sifatida faoliyat olib borayotgan Skand Ranjal Tayal tashrif buyurdi

✔️Tashrif davomida u institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev bilan uchrashdi. Ushrashuvda rektor, mehmonni Davlatimiz rahbari tomonidan san’at va madaniyat sohalarining rivojiga qaratilayotgan e’tibor, sohada olib borilayotgan islohotlar, bugungi o‘zbek san’atining yutuqlari hamda institut tarixi, faoliyati, xorijiy aloqalari, ilmiy-ijodiy sohalarda erishilayotgan yuqori natijalar bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi.

⚡️Ta’kidlash o‘rinliki, Skand Tayal janoblariga O‘zbekiston va o‘zbek madaniyati begona emas. Uzoq yillik diplomatik tajribaga ega bo‘lgan mehmon 2005-2008-yillarda Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida faoliyat olib borgan.

✔️U Diplomatik faoliyati davomida 7 ta davlatda elchi sifatida ishlagan bo‘lsa, uning uchun eng qadrlisi yurtimizdagi faoliyati bo‘lganini ta’kidladi. Shuningdek, mamlakatimizda so‘nggi sakkiz yilda amalga oshirilayotgan olamshumul o‘zgarishlarni doimo katta qiziqish va mamnuniyat bilan kuzatib borayotganini qayd etib o‘tdi.

⚡️Shu bilan bir qatorda, institut faoliyati unda ijobiy taassurot qoldirgani, kelgusida Hindistonda san’at va madaniyatga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilsa, bu aloqalar juda istiqbolli bo‘lishini va bunday hamnkorlik o‘rnatilishi uchun ko‘mak berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.