Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida navbatdagi yigʻilish bo’lib o’tdi.

 

✔️Yig‘ilishda barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va tyutorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishni ochib berar ekan Nodirbek Sayfullayev joriy yilning 13-fevral kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida о‘tkazilgan Olimpiya va paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish, aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda 14-fevral kuni о‘tkazilgan mamlakatimiz yoshlari bilan ochiq muloqotida belgilagan vazifalar ijrosi borasida to’xtalib, bugungi kunda talaba-yoshlarga sifatli ta’lim berish barobarida, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli to‘garaklarga jalb etish institutda faoliyat olib borayotgan har bir xodimning asosiy vazifa bo‘lishi, bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirish, ayniqsa, yoshlar bilan ishlash tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning mas’uliyatini yanada oshirish lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, ushbu yig‘ilishlarda hamda umuman yurtimizda yosh avlodga yaratib berilayotgan keng ko ‘lamli imkoniyatlar tog‘risida talaba-yoshlarga ko’proq ma’lumot berish, tashkil etilayotgan turli tanlovlar va sport musobaqalarida talabalarning ishtirokini kengaytirish, institut miqyosida ham sport va boshqa intellektual tanlovlarni muntazam o‘tkazib borish, talaba-yoshlarning kamida 50 fozini sportga jalb etish zarurligini ta’kidladi.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Shohbek Ergashevning talabalarning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviyatini yuksaltirish borasida institutda amalga oshirilayotgan ishlar borasida bergan ma’lumoti qizg’in muhokama qilindi. Xususan, haftaning har shanba kunini institutda sport kuni deb e’lon qilindi hamda ushbu kunda ko’plab sport musobaqalari tashkil etish, unda nafaqat talaba-yoshlar, balki ishchi xodimlar ham ishtirok etishi belgilandi.

Institut talabalarining ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi, yoshlarning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash, ularni dardiga malham bo‘lib, muammosini hal qilib, turli g‘oyaviy xurujlardan asrash, zararli axborotlardan himoya qilish ishlarini kuchaytirish, ayniqsa, giyohvandlik va psixatrop moddalarga qaramlik kabi salbiy illatlarning oldini olish masalasi ham muhokama qilinib, mas’ullarga bu borada yoshlar o’rtasida tushuntirish ishlarini yanada jadalashtirish topshirig‘i berildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, 2025-yil uchun rejalashtirilgan maqsadli investitsiyalar va grant loyihalarini amalga oshirilishi, xalqaro hamkorlik bo‘yicha xorijiy universitetlar bilan imzolangan memorandumlar, tuzilgan «Yo‘l xarita» larida belgilangan vazifalar ijrosining bajarilishi, 2024/2025-о‘quv yili kuzgi semestr bо‘yicha professor-о‘qituvchilarning HEMIS platformasida о‘quv mashg‘ulotlarini rasmiylashtirishi hamda fakultet va kafedralarning о‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatlarini о‘rganish natijalari, to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar tomonidan to‘lovlar amalga oshirilish holati, ijro intizomi kabi masalalar muhokama qilindi.

❗️Ushbu masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi hamda barcha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.




Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev tashabbusi bilan “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi tomonidan “Madaniyatshunoslik va san’atshunoslikning nazariy-konseptual masalalari” nomli metodologik seminar o’tkazildi.

#jarayon

 

Seminar avvalida Nodirbek Sayfullayev har bir sohaning taraqqiy etishi uchun nazariy asos zarur ekanligini, shuning uchun ham ilmiy salohiyatni rivojlantirish, qilinayotgan ilmiy ishlarni amaliyotga tadbiq etish nihoyatda dolzarb vazifa hisoblanishini alohida qayd etib, “bugun jamiyatimizda “Uchinchi Renessans” poydevorini qurish bо‘yicha jadal ishlar amalga oshirilayotgan ekan, tabiiyki, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi ham bu yakdil maqsadga hamohang tarzda ijodiy ishlar bilan bir qatorda ilmiy faoliyatda ham katta yutuqlarga erishishi, uning zaminini qurishi va rivojlanish yо‘nalishlarini belgilab olishi zarur!” – dedi.

Shundan so‘ng San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Abduhalil Mavrulov “Madaniyat fenomenini o‘rganishning o‘ziga хosligi” mavzusida ilmiy ma’ruza qildi.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, “Madaniyat insonning intellektual va ruhiy faoliyatini tartibga keltiruvchi, uni jamiyat ijtimoiy-madaniy hayotidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi muhim hodisa hisoblanadi. G‘arbda madaniyatning ustuvor vazifasi sifatida ma’rifatlilik, bilimlilik, aql masalasi e’tirof etilsa, Sharqda ko‘proq tarbiya, ma’naviyatlilikka e’tibor berilgan”.

Shuningdek, Forobiy, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy, Avloniy kabi bir qancha mutafakkirlarning madaniayt haqidagi fikrlaridan iqtiboslar keltirildi.

Madaniyatning ijtimoiy safarbarlik funksiyasi bugungi kunda ayrim yoshlarimizning virtual dunyoga kirib ketishi, uning natijasida, jamiyatda ijtimoiylashuv jarayonining buzilishi, fuqarolarda individualistik dunyoqarashning kuchayib borayotgan bir paytida o‘ta muhim o‘ringa ega ekanligi ham alohida qayd etildi.

Ma’ruzaga “Madaniyat insonning yaratuvchilik faoliyatini tartibga soladigan, shaxs ma’naviy-madaniy kamolotiga, ruhiy-aqliy hayotiga ma’no-mazmun beradigan, uning maqsad-muddaolarini jamiyat ijtimoiy mo‘ljali bilan uyg‘unlashtirishga yordam beradigan fenomen ijtimoiy hodisa hisoblanadi”. – deya xulosa qilindi.

Mazkur mavzu va ma’ruza yuzasidan qizg‘in savol-javob va muhokama bo‘lib o‘tdi

Seminar yakunida Nodirbek Sayfullayev bunday formatdagi seminarlar muntazam tashkil etilishini hamda kelgusida institutda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarning sifat darajasiga yanada qat’iy e’tibor qaratilishini ma’lum qildi.




2025-YIL 25-iyun Gafurova Sayyora Akmalovnaning dissertatsiyasi muhokamasi

E’LON

2025-YIL 25-IYUN KUNI SOAT 10.00 DA O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI

PHD.08/28.08.2020.SAN.121.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH ASOSIDAGI

BIR MARTALIK ILMIY KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TADI

KUN TARTIBI:

Gafurova Sayyora Akmalovnaning 17.00.02 – Musiqa san’ati ixtisosligi bo‘yicha “Fortepiano konsertlari talqini ijrochilik san’ati fenomeni sifatida (pianinochi va dirijyor faoliyati kontekstida)” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 10.00 da boshlanadi.

Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




2025-YIL 20-iyun Umarov Kamoliddin Xusniddin o‘g‘lining dissertatsiyasi muhokamasi

E’LON

2025-YIL 20-IYUN KUNI SOAT 12.00 DA O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI PhD.08/28.08.2020.SAN.121.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH

MAJLISI BO‘LIB O‘TADI

KUN TARTIBI:

Umarov Kamoliddin Xusniddin o‘g‘lining 17.00.01 – Teatr san’ati ixtisosligi bo‘yicha Zamonaviy ijtimoiy-madaniy jarayonlarda o‘zbek teatrining o‘rni (1991-2023-yy.) mavzusidagi san’atshunoslik bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 12.00 da boshlanadi.

Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




2025-YIL 20-iyun Raximova Charos Xamidulla qizining dissertatsiyasi muhokamasi

E’LON

2025-YIL 20-IYUN KUNI SOAT 10.00 DA O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI PhD.08/28.08.2020.SAN.121.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH

MAJLISI BO‘LIB O‘TADI

KUN TARTIBI:

Raximova Charos Xamidulla qizining 17.00.01 – Teatr san’ati ixtisosligi bo‘yicha “Fargʻona viloyat teatrlarida milliy dramaturgiyaning sahna talqinlari
(1991–2021-yy.)”
mavzusidagi san’atshunoslik bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 10.00 da boshlanadi.

Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




2025-yil 14-iyun kuni soat 12.00 da Tursunaliyeva Muxlisaxonning dissertatsiyasi muhokamasi.

E’LON

2025-YIL 14-IYUN KUNI SOAT 12.00 DA O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI

PhD.08/28.08.2020.San.121.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH ASOSIDAGI BIR MARTALIK ILMIY KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TADI

KUN TARTIBI:

Tursunaliyeva Muxlisaxon Voxidjon qizining00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (musiqa ta’limi) ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak musiqa ta’limi o‘qituvchilarida kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish texnologiyalari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,
2-qavat, majlislar zalida 12.00 da boshlanadi.

 Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




2025-yil 14-iyun kuni soat 10.00 Xudayarova Zaynabning dissertatsiyasi muhokamasi.

E’LON

2025-YIL 14-IYUN KUNI  SOAT 10.00  DA O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI PhD.08/28.08.2020.San.121.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH

MAJLISI BO‘LIB O‘TADI

KUN TARTIBI:

Xudayarova Zaynab Rajabovnaning00.01 – Teatr san’ati ixtisosligi bo‘yicha О‘zbek milliy musiqali teatr aktyorining shakllanishida xalq badiiy ijodiyotining о‘rni” mavzusidagi san’atshunoslik bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi
2-qavat, majlislar zalida 10.00 da boshlanadi.

Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.




2025-yil 2-iyun Inatullayev Baxromjonning dissertatsiyasi muhokamasi.

E’LON

2025-YIL 2-IYUN KUNI O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI HUZURIDAGI ILMIY DARAJA BERUVCHI PHD.08/28.08.2020.SAN.121.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH ASOSIDAGI BIR MARTALIK ILMIY KENGASH MAJLISI BO‘LIB O‘TADI

 KUN TARTIBI:

Inatullayev Baxromjon Boqijonovichning 00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik ixtisosligi bo‘yicha Farg‘ona vodiysi qirg‘izlari madaniyatida etnik mansublik va integratsiya jarayonlari” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi.

Majlis O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi,

2-qavat, majlislar zalida 12.00 da boshlanadi.

Dissertatsiya qo‘lyozmasi bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot-resurs markazida tanishish mumkin.