Xaydarov Xolbek Xaydar o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Xaydarov Xolbek Xaydar o‘g‘lining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Artpedagogika vositasida talabalarda kreativ qobiliyatni rivojlantirish texnologiyasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy kengashning 2026-yil 10-dekabr kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100164, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi, 127-“A” uy,

Tel.: (+99871) 230-28-02

e-mail: uzdsmi@madaniyat.uz




Xudaybergenova Malika Oybekovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Xudaybergenova Malika Oybekovnaning 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “Musiqa madaniyati darslari samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanishning nazariy asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 10-dekabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100164, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi, 127 “A”-uy, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi, 2-qavat, Majlislar zali. Tel.: (+99871) 230-28-02

​e-mail: uzdsmi@madaniyat.uz




Ikramova Dilnoza Djurakulovnaning sanʼatşunoslik fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) dissertatsiya işi himoyasi töğrisida

“Badiiy madaniyat – jamiyat maʼnaviy hayotining asosiy elementi sifatida” mavzusida

Ikramova Dilnoza Djurakulovnaning 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatşunoslik ixtisosligi böyiça “Badiiy madaniyat – jamiyat maʼnaviy hayotining asosiy elementi sifatida” mavzusidagi sanʼatşunoslik fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun yozilgan dissertatsiya işi himoyasi Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvçi PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli Ilmiy kengaş asosidagi bir martalik Ilmiy kengaşning 2026-yil 24-noyabr kuni soat 12:00 dagi majlisida bölib ötadi.

Manzil: 100164, Toşkent şahri, Mirzo Uluğbek tumani, Yalanğoç dahasi, 127 “A”-uy, Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti “A” binosi, 2-qavat, majlislar zali.

Tel.: (+99871) 230-28-02; faks: (+99871) 230-28-15

e-mail: uzdsmi@madaniyat.uz




Todjidinov Umid Todjidinovichning san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Todjidinov Umid Todjidinovichning 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Prodyuserlik ijtimoiy-madaniy faoliyat sifatida: nazariya va amaliyot” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy Kengashning 2026-yil 7-dekabr kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100164, Toshkent shahri, MirzoUlug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi, 127 “A”-uy, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “A” binosi, 2-qavat, majlislar zali.

Tel.: (+99871) 230-28-02; faks: (+99871) 230-28-15

e-mail: uzdsmi@madaniyat.uz




Abdullayeva Xafiza Olimxo‘jayevnaning san’atshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

 Abdullayeva Xafiza Olimxo‘jayevnaning 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Shahar aholisining turmush madaniyatini yuksaltirish masalalari (Yangi O‘zbekiston massivlari misolida)” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi (PhD).11/2025.27.12.San.02.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 7-dekabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100164, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi,        127 “A”-uy, O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti “A” binosi, 2-qavat, majlislar zali.

Tel.: (+99871) 230-28-02; faks: (+99871) 230-28-15

e-mail: uzdsmi@madaniyat.uz




Nazarov Fozil Rahmiddin o‘g‘lining san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Nazarov Fozil Rahmiddin o‘g‘lining 17.00.01 – Teatr san’ati ixtisosligi bo‘yicha “Teatr va tomoshabin o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalalari” mavzusidagi san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy Kengashning 2026-yil 3-dekabr kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 100164, Toshkent shahri, MirzoUlug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi, 127 “A”-uy, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti“A” binosi, 2-qavat, majlislar zali.

Tel.: (+99871) 230-28-02; faks: (+99871) 230-28-15

e-mail: uzdsmi@madaniyat.uz




Bekmurodova Pokizaxon Qutluğ qizining sanʼatşunoslik fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) dissertatsiya işi himoyasi töğrisida

“Ssenografiya russkix teatrov Uzbekistana perioda nezavisimosti: osnovniye tendensii razvitiya” mavzusida

Bekmurodova Pokizaxon Qutluğ qizining 17.00.01 – Teatr sanʼati ixtisosligi böyiça “Ssenografiya russkix teatrov Uzbekistana perioda nezavisimosti: osnovniye tendensii razvitiya” mavzusidagi sanʼatşunoslik fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun yozilgan dissertatsiya işi himoyasi Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvçi PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli Ilmiy kengaşning 2026-yil 3-dekabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bölib ötadi.

Manzil: 100164, Toşkent şahri, Mirzo Uluğbek tumani, Yalanğoç dahasi, 127 “A”-uy, Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti “A” binosi, 2-qavat, majlislar zali.

Tel.: (+99871) 230-28-02; faks: (+99871) 230-28-15

e-mail: uzdsmi@madaniyat.uz




Mağrur hilpirayver, vatan bayroği!

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Mağrur hilpirayver, Vatan bayroği!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sayfullo Ikramov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida Davlat bayrog‘ining xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, milliy o‘zligimiz, mustaqilligimiz, g‘urur va iftixorimizning yorqin timsoli sifatidagi ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularni ardoqlash va yosh avlod qalbida Vatanga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

Tadbirning ilmiy-ma’rifiy qismida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi raisi, tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Mavrulov ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi, undagi ranglar va ramzlarning mazmun-mohiyati, ular ifoda etadigan ezgu g‘oyalar hamda milliy qadriyatlarimiz haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ayniqsa, davlat ramzlarining yosh avlodda milliy g‘urur, tarixiy xotira, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati alohida qayd etildi.

Shundan so‘ng tadbir institut professor-o‘qituvchilari, taniqli san’atkorlar hamda iqtidorli talabalar ishtirokida tayyorlangan badiiy dastur bilan davom etdi. Dasturdan Vatan, istiqlol, milliy g‘urur va yurtga muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, she’riy chiqishlar hamda badiiy kompozitsiyalar o‘rin oldi.

Tadbir davomida institut professor-o‘qituvchilari va talabalari qalbida Davlat bayrog‘iga bo‘lgan chuqur hurmat, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ulari yana bir bor namoyon bo‘ldi. Ishtirokchilarga bayrog‘imizdagi rang va belgilar xalqimizning tarixiy ildizlari, ezgu orzu-intilishlari, do‘stlik, tinchlik va taraqqiyotga bo‘lgan intilishini ifodalashi haqida ham so‘z yuritildi.

Mazmunan boy ma’ruza va ko‘tarinki ruhdagi badiiy chiqishlar bilan yodda qolgan tadbir ishtirokchilarda milliy o‘zlikni anglash, tarixiy qadriyatlarimizga hurmat, ona Vatanga muhabbat va davlat ramzlariga yuksak ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Zero, Davlat bayrog‘i – xalqimizning sha’ni va g‘ururi, mustaqilligimiz hamda buyuk kelajakka bo‘lgan ishonchimizning yorqin ifodasidir!