О‘zDSMIga Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi

 

О‘zDSMIga Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati Ganira Pashayeva va О‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniy markazi direktori Samir Abbosovlardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
О‘zDSMIga Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi
Bо‘lib о‘tgan muloqotlar chog‘ida madaniyati, urf-odatlari, tarixi, tili yaqin bо‘lgan xalqlar о‘rtasidagi о‘zaro hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi.
О‘zDSMIga Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi
Turkiy tilli millatlarning о‘tmishi, bugungi kuni haqida fikrlar bildirildi. Folklor va etnografiya yо‘nalishlarida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Ozarbayjon Respublikasidagi oliy о‘quv yurtlari о‘rtasida talabalar almanishuvi borasida takliflar о‘rtaga tashlandi.
О‘zDSMIga Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifiО‘zDSMIga Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi
Uchrashuvda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev о‘z muallifligida chop etilgan “О‘zbek kitobat san’ati va terminologiyasi” nomli kitobi hamda esdalik sovg‘alarini mehmonlarga topshirdi.

О‘zDSMIga Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi

О‘zDSMIga Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi

О‘z о‘rnida Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati, adabiyotshunos,shoira Ganira Pashayeva ham о‘z muallifligida nashrdan chiqqan “Odim-odim О‘zbekiston” nomli asari va esdalik sovg‘alarini Ibrohim Yо‘ldoshevga tuhfa qildi.
О‘zDSMIga Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi
Shundan keyin delegatsiya a’zolari institutda tashkil qilingan Kara Karayev nomidagi “Ozarbayjon Madaniyat va San’at Markazi”ga tashrif buyurishdi.
О‘zDSMIga Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi
Bu yerda turk xalqlari, ozarbayjon madaniyati va san’ati arboblarining hayoti, faoliyati oid ma’lumotlar bilan tanishdilar, markazdan о‘rin olgan eksponatlarni kо‘zdan kechirishdi.
О‘zDSMIga Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi
Shuningdek, mehmonlar О‘zbekiston xalq shoir Muhammad Yusuf nomi bilan ataluvchi xonaga ham tashrif buyurishdi. Institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev delegatsiya a’zolariga shoir hayoti va ijodi haqida sо‘zlab berdi.
О‘zDSMIga Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifiО‘zDSMIga Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi
Shundan keyin ozarbayjonlik mehmonlar institut Axborot resurs markazi faoliyati, ushbu maskanga kelib kitob о‘qigan talabalar bir finjon qahva bilan taqdirlanishi, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy asarlarini mutolaa qilganlar esa sport velosipedlarida institut hovlisini sayr qilish imkonini qо‘lga kiritishlari borasidagi ma’lumotlarga ega bо‘lishdi.
О‘zDSMIga Ozarbayjon delegatsiyasi tashrifi
Shuning bilan delegatsiya a’zolarining institutga tashrifi о‘z nihoyasiga yetdi.

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print