Raqslar jilosi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv teatrida xalq ijodiyoti fakulteti ashula va raqs ta’lim yo‘nalishi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining «Raqslar jilosi» nomli sinf konserti bo‘lib o‘tdi.

Dastlab institut rektori v.b. Eldor Shermanov so‘zga chiqib, talabalarga ilmiy-ijodiy muvaffaqiyat tiladi.

«Talabalik davri inson hayotining eng gullagan, intilishlar cho‘qqisida bo‘lgan hamda shirin xotiralarga boy bosqichi hisoblanadi. Talabalik bejizga oltin davr deyilmaydi. Men uchun quvonarlisi, bugungi konsert dasturida ishtirok etayotgan barcha yigit-qizlarning tanish ekanligidadir, ya’ni ular yillar davomida o‘z ijodiy chiqishlari bilan biz va ustozlar e’tiboriga tushgan. O‘ylaymanki, ularning barchasi yetuk san’atkor, olim, rahbar bo‘lib yetishadi. Faqatgina ulardan ilm olish, ijod qilish va intilishdan to‘xtab qolmasliklarini so‘rab qolardim. Barchangizga omad va zafarlar tilab qolaman» — dedi Eldor Shermanov.

Tadbir davomida talabalar hayoti aks ettirilgan videolar jamlanmasi, shuningdek, bir-biridan go‘zal xalqona va zamonaviy raqs ijrolari namoyish etilib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.




O’zDSMIda «Zakovat ligasi» noyabr oyining 3-tur bahslari bo’lib o’tdi

Bugun Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida talabalar oʻrtasida an’anaviy ravishda o’tkazib kelinayotgan «Zakovat» intellektual oʻyinining noyabr oyi 3-tur bahslari bo’lib o’tdi. Unda kunduzgi va sirtqi ta’lim yo’nalishlarda tahsil olayotgan o’nga yaqin jamoa ishtirok etdi.

Eslatib o’tamiz, «Zakovat» intellektual o’yini har haftaning shanba kuni institut kutubxonasida muntazam o’tkazib kelinadi. G’olib jamoa har oyning so’ngida aniqlanadi va ko’chma kubok taqdim etiladi.




Bayrog‘imiz — g‘urur va faxrimiz timsoli

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan «Bayrog‘imiz — g‘urur va faxrimiz timsoli» shiori ostida bayram konserti o‘tkazildi.

Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Institut rektori v.b. Eldor Shermanov tadbir avvalida so‘zga chiqib, davlat ramzining inson va mamlakat hayotidagi o‘rni to‘g‘risida fikr bildirdi.

Konsert dasturida professor-o‘qituvchilar va iste’dodli talabalar tomonidan vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.




Mangu hilpirayver, bayrog‘im!

Bugun erta tongdan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bayram shodiyonasi boshlandi.

Oliygohning kirish eshigida yonida zahmatkash ustozlar va iqtidorli talabalar ishtirokida ko‘ngilochar tadbir tashkil etidi.

Bayrog‘imiz qabul qilingan kun barchangizga muborak bo‘lsin!




Jannatmakon yurt ohanglari

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida folklor va etnografiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Bekzod Davronovning «Jannatmakon yurt ohanglari» nomli sinf konserti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida kafedra o‘qituvchilari va iqtidorli talabalar tomonidan o‘zbek va qardosh mamlakatlarning xalq kuylari va qo‘shiqlari ijro etilib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.




Tanqid va tahlil — rivojlanish omili

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati boshchiligida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida mas’ul shaxslarga berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. O‘z ishiga mas’uliyatsiz yondashayotgan xodimlar tanqid ostiga olindi.

«Taraqqiyotga faqatgina maqtov va qarsakbozlik bilan erishib bo‘lmaydi. Berilayotgan topshiriq hamda vazifalar og‘izda yoki qog‘ozda qolib ketmasligi darkor. O‘z ishini sidqidildan bajarayotgan xodimlardan benihoya minnatdormiz. Biroq lavozimga bepisandlik bilan yondashish orqali taraqqiyot sari ildamlash imkoni yo‘q», — dedi institut rektori v.b. Eldor Shermanov.

Shuningdek, institut rahbariyati Bubusara Beyshenaliyeva nomidagi Qirg‘iz davlat madaniyat va san’at universiteti nomidan yuborilgan maxsus esdalik sovg‘asini qabul qilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan qo‘shni mamlakatdagi oliygohda mahorat darslari o‘tkazilgandi.




O‘zDSMIda ilmiy seminar o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Innovasion rivojlanish agentligi huzuridagi ilmiy-texnik axborot markazi bo‘limi boshlig‘i Iskandar Rahmatullayev tomonidan seminar tashkil etildi. Unda professor-o‘qituvchilar, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va doktorantlar ishtirok etdi.

Seminarda respublika va xalqaro ilmiy jurnallar talabalariga mos keladigan maqolalar chop etish borasida taqdimot namoyish etildi hamda atroflicha ma’lumot berildi.




Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik — yuksalish poydevori

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning 13-19-noyabr kunlari respublika miqyosida “Bag‘rikenlik haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Mazkur haftalik doirasida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik — yuksalish poydevori!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida qo‘mita mas’ul xodimi Shohruh Jumayev tomonidan mamlakatmizda diniy bag‘rikenglik va turli millat vakillariga qaratilayotgan e’tibor, birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.