Nodirbek Sayfullayev “Dramatik teatr va kino san’ati” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari tomonidan “Aktyorlik mahorati” fanidan diplom ishi sifatida sahnalashtirilgan “Halala” spektakli namoyishida ishtirok etdi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev “Dramatik teatr va kino san’ati” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari tomonidan “Aktyorlik mahorati” fanidan diplom ishi sifatida sahnalashtirilgan “Halala” spektakli namoyishida ishtirok etdi.

Rashod Nuri Guntekinning «Halala» komediyasi turk adabiyotida muhim o‘rin tutadi. Ushbu asar jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni kulgu orqali yetkazib, tomoshabinni chuqur fikrlashga undaydi.

Asarni kurs rahbari, O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent Nodira Mahmudova sahnalashtirgan bo‘lib, “Aktyorlik mahorati” o‘qituvchilari Jamshid Sobirov, Qaxramon Madrimov, Fozil Nazarov, Feruza Karayeva, Sahna nutqi fani o’qituvchisi san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor Go’zal Xoliqulova, Plastika va pantamima fani o’qituvchisi katta o’qituvchi Sador Mannonov, Sahna harakati fani o’qituvchisi katta o’qituvchi Rahimjon Do’sanov, Raqs fani o’qituvchisi O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, dotsent Narziddin Shermatov.

Spektakl soha mutaxassislari tomonidan iliq kutib olinib, professional rejissura, zamonaviy uslubdagi aktyorlik ijrosi, sahna madaniyati, ssenografiya, musiqa va yoritish bezagi alohida e’tirof etildi.




Nodirbek Sayfullayev institutda tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar, xususan, talabalar o‘quv orkestri jamoasi vakillari bilan uchrashdi.

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev institutda tahsil olayotgan iqtidorli talaba-yoshlar, xususan, talabalar o‘quv orkestri jamoasi vakillari bilan uchrashdi.

Ma’lumki, joriy yilning 14-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan o‘tkazilgan muloqotida bir qator vazifalar belgilab berilgan edi.

Uchrashuvda ayni shu yig‘ilishda yoshlarga berilgan keng imkoniyatlar, yoshlar bilan ishlash tizimida yuz berayotgan o’zgarishlar haqida so’z bordi.

Shu bilan birga, Nodirbek Sayfullayev institutda tashkil etilayotgan ko’plab konsert dasturlarining yanada fayzli o’tishida boshqa ijodiy yo‘nalishlar qatorida ushbu orkestrning ham o’z o’rni borligini e’tirof etib o’tdi.

Tadbirda ishtirok etgan talabalar ham o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilishdi.

Jumladan, «Folklor va etnografiya” ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi Bunyodjon Xabibullayev avvalgi uchrashuvda o’z mualliflik qo‘shiqlarini institut studiyasida yozish taklifini bergan hamda bu taklif qo‘llab-quvvatlangan edi. U o’z mualliflik qo’shiqlarini studiyada yozganini hamda yaqinda premyera qilish istagi borligini, bu kelgusida yetuk ijodkor bo‘lishi uchun katta imkoniyat bo‘lganini aytib, minnatdorchilik bildirdi.

«Cholg‘u ijrochiligi” ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi Jasmina Qo‘shshayeva fikr bildirar ekan, bunday e’tirofdan juda ham mamnun bo‘lganini hamda kelajakda bu ishonchni oqlashga harakat qilishini aytib, dutorchilar ansamblining ham kuylarini studiyada yozish istagini bildirdi.

Bundan tashqari, Rasuljon Maxmudaliyev, Sevinch Qanoatova, Jasurbek Bо‘riyev va boshqa talabalar ham fikr-mulohazalari va takliflarini bildirishdi. Uchrashuvdagi barcha takliflar qo‘llab-quvvatlandi.

Tadbir yakunida Nodirbek Sayfullayev Davlatimiz Rahbarining «Biz serg‘ayrat yoshlarimizga ishonganimiz uchun о‘z oldimizga katta-katta maqsadlar qо‘ymoqdamiz, marrani baland olmoqdamiz» degan so’zlaridan iqtibos keltirib, institut rahbariyati talabalarning sohaga oid barcha loyihalarini qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

Shuningdek, O’zbekiston Kasaba uyushmalari saroyida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan «Navoiydan taralgan mangu navolar» nomli teatrlashtirilgan konsert dasturida faol ishtiroki uchun orkestr rahbari va a’zolari hamda “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi mudiri “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.




Sahna nutqi fanini rivojlantirishda ustozlar merosini о‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Sahna nutqi fanini rivojlantirishda ustozlar merosini о‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

“Sahna nutqi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan seminarda “Sahna nutqi maktabining tadqiqotchilari”, “Irina Solomonova Grinbergning ilmiy amaliy pedagogik faoliyati”, “Musiqali teatrda sahna nutqi an’analari” kabi ma’ruzalar tinglandi va muhokama qilindi.

Anjumanda Muqimiy nomidagi musiqali akademik teatr bosh rejissyori Doston Haqberdiyev, О‘zbekiston xalq artisti Mehri Bekjonova, О‘zbekitonda xizmat kо‘rsatgan artist Lola Eltoyeva, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, oliy toifali suxandon Nasiba Ibrohimova, о‘zbek milliy qо‘g‘irchoq teatri truppa rahbari, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Alisher Mirzag‘iyosov, Toshkent silk Rout Marionetka teatri badiiy rahbari Zarif Xasanov, kafedrada uzoq yillar faoliyat olib borgan, hozirda esa faxriy ustoz Bashorat Bobonazarova hamda Teatr san’ati fakulteti professor-о‘qituvchilari va talabalari ishtirok etib, Sahna nutqi fanining bugungi kun muammolari va ularning yechimlari borasida fikr-mulohazalarini bildirib o’tishdi.

Talabalarda sahna nutqi va uning eng muhim masalalari yuzasidan bilim va kо‘nikmalarini oshirish, dolzarb muammolarni aniqlash, malakali kadr bо‘lishiga kо‘maklashish, qolaversa, sahna nutqi ustalarining ilmiy merosini tiklash, an’analarini ilmiy tadqiq etish, uni bо‘lajak aktyor va rejissyorlarga yetkazish, kafedra professor-о‘qituvchilarining ilmiy maqola yozish kо‘nikmalarini oshirish, izlanishlar natijalarini xorijiy jurnallarda chop ettirish kabi masalalar ushbu seminarning maqsadi sifatida belgilandi.




O‘qishni qayta tiklash va ko‘chirish maqsadida murojaat qilgan talabalarning arizalari ko‘rib chiqildi.

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida mas’ullar tomonidan o’qishni qayta tiklash va ko‘chirish maqsadida murojaat qilgan talabalarning arizalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur yig‘ilishda talabalar o’qishini qayta tiklash va ko‘chirish bo’yicha mas’ullardan iborat komissiya a’zolari ishtirok etdi.
Ular tomonidan har bir talabaning hujjatlari individual ravishda, aniq belgilangan mezonlar asosida ko’rib chiqildi. Bunda ularning oldingi semestrlardagi baholari, intizomiy ko‘rsatkichlari va o‘qishni qayta tiklash yoki ko‘chirish sabablari o’rganildi.

Yig‘ilishda har bir talaba institutning ichki tartib-qoidalari va talablariga rioya etgan holda ta’lim olishda davom etishi mumkinligi ta’kidlandi.




“Ijtimoiy masalalarda yoshlar va xotin-qizlarning rolini kuchaytirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Xalq demokratik partiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Malika Kadirxanova ishtirokida “Ijtimoiy masalalarda yoshlar va xotin-qizlarning rolini kuchaytirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Dilbarxon Mamadjanova, Xalqaro toifadagi psixolog Zebiniso Rahmatullayevalar ham ishtirok etdi.

Mehmonlar dastlab institut tarixi, faoliyati, xorijiy aloqalari, ilmiy-ijodiy sohalarda erishilayotgan yuqori natijalar bilan yaqindan tanishdi.

Davra suhbatida esa tadbir qatnashchilariga bugungi kunda yurtimizda yoshlar va xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar, shuningdek, o’z oldiga maqsad qo’yish va unga erish kabi bir qancha mavzular haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, ijtimoiy masalalarda yoshlar va xotin-qizlarning roli tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ular jamiyatning kelajagi, yangi g’oyalar va tashabbuslar manbai hisoblanadi. Yoshlar va xotin-qizlar o’zlarining bilimlari, energiyasi va yangi fikrlash uslublari bilan ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishlari, jamiyatni rivojlantirishga hissa qo’shishlari mumkin. Ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi, jamiyatning rivojlanishiga va taraqqiyotiga ulkan ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Shuningdek, mavzu yusadan berilgan barcha savollarga mehmonlar batafsil javob berishdi.




“Shoh va shoir Bobur bo‘stoni, Navolarning ezgu ummoni”

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan

“Shoh va shoir Bobur bo‘stoni,
Navolarning ezgu ummoni”

deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Rustam Mirvohid so‘zga chiqib Bobur hayoti va ijodi, uning milliy adabiyotimiz va madaniyatimizdagi ahamiyati, uning hayoti va ijodini o’rganish zarurati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi, ayniqsa, «Boburnoma» asari yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Uning asarlari orqali yoshlar o’z xalqining tarixi, madaniyati, urf-odatlari haqida bilimlar oladi. Boburning jasorati, qat’iyati, vatanparvarligi, ilmga intilishi yoshlarda o’ziga xos ideal obrazni shakllantiradi”.

Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari tomonidan “Ra’no kibi”, “Qaro zulfing”, “Oromijon”, “Guljamol”, “Lola”, “Rost maqomidan soqinomai savti kalon” kabi Bobur g‘azallari kuyga solinib ijro etildi. Shuningdek, uning ruboiylari va g ‘azallaridan namunalar ham o‘qildi.

“Qo‘g‘irchoq teatri san’ati” kafedrasi o‘qituvchisi Ulug‘bek Musinov Mirzo Bobur siymosida namoyon bo‘ldi. Musiqalar esa professor Ahmadjon Dadayev rahbarligidagi “Sayqal” ansabli tomonidan mahorat bilan ijro etildi. Konsert dasturi ssenariysi dotsent Isoqtoy Jumanovga tegishli bo‘lsa, dotsent Ilhom Sadikov badiiy rahbarligida o‘tdi. Shuningdek, Estrada va ommaviy tomoshalar rejissyorligi 3-bosqich talabasi Muhammadaziz Dilmurodov rejissyor sifati ishladi hamda dotsent Bahodir Magdiyev boshlovchilik qildi.




“Ilmli ayol – jamiyat kо‘zgusi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Rahima Yusupova tomonidan “11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Ilmli ayol – jamiyat kо‘zgusi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi dotsenti, tibbiyot fanlar nomzodi Lola Abdukadirova, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri Musallam Abdujabbarova, Xalq ijodiyoti fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Abdullayeva Hafiza Olimxо‘jayevna, “Ma’naviyat va ma’rifat” bо‘limi uslubchisi Nigora Boynazarovalar ishtirok etdilar.

Ilmli ayol jamiyatning ko’zgusi bo’lib, uning rivojlanish darajasini, ma’naviy boyligini va taraqqiyot yo’nalishini aks ettiradi. Ilmli ayol jamiyatda o’z o’rnini topishga, o’z fikrini erkin ifoda etishga, ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishga va o’z qobiliyatlarini namoyon etishga qodir. Uning bilimlari va tajribalari jamiyatning taraqqiyotiga, bolalarning tarbiyasiga, oila va jamiyatning mustahkamlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Ilmli ayol jamiyatda o’ziga xos rol o’ynab, boshqalarga o’rnak bo’ladi. Uning bilimlari va ma’naviy boyligi boshqalarga ilhom baxsh etadi, ularni o’z ustida ishlashga, o’z qobiliyatlarini rivojlantirishga va jamiyatga foyda keltirishga undaydi. Ilmli ayol jamiyatning kelajagi uchun muhim omil bo’lib, u o’z bilimlari va tajribalari bilan jamiyatning taraqqiyotiga hissa qo’shadi.

Tadbirda ayni shu jihatlar alohida ta’kidlandi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berildi.




Nodirbek Sayfullayev rahbarligida Dramatik teatr va kino san’ati kafedrasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev rahbarligida Dramatik teatr va kino san’ati kafedrasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.

Ma’lumki, institutda 2024-yil davomida kafedralar tomonidan amalga oshirilgan ishlar reyting indikatorlari bo‘yicha tahlil qilingan hamda uning natijalariga ko‘ra mazkur kafedra eng oxirgi o‘rinda qayd etilgan edi.

Nodirbek Sayfullayev kafedra 1945-yil Teatr san’ati instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyat ko‘rsatayotgani, u institutning birinchi va eng nufuzli kafedrasi bo‘lganini, bugungi kunda esa faoliyati qoniqarli darajada emasligini aytib, kafedraning faoliyatini takomillashtirish, yana avvalgi darajaga olib chiqish zarurligini, buning uchun kafedra jamoasi bir maqsad yo‘lida birlashishi, mehnat qilishi va salohiyatini yuzaga chiqarishi kerakligini qayd etdi.

Shuningdek, kelgusida kafedra tomonidan tarixiy qahramonlar hayoti hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqimiz hayotiga ta’siri aks etgan spektakllar sahnalashtirilishi, uni katta sahanalarda namoyish etish lozimligi qayd etildi.

Kafedra a’zolari ham so’zga chiqib, 2025-yil 3-yanvar kuni rektor boshchiligida 2024-yil yakunlari hamda 2025-yilda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi hamda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yigʻilishda belgilangan rejalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani, shuningdek, o‘tgan yildagi reytingda kafedraning qoniqarsiz natijasidan barcha tegishli xulosa chiqarganini aytib o‘tishdi.

Yig‘ilish davomida kafedraning kelgusi rejalari, xalqaro aloqalarini kengaytirish, salohiyatni oshirish, talabalar amaliyotini takomillashtirish va boshqa masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.

Rektor soha rivoji uchun ahamiyatli bo‘lgan har qanday taklif va fikrlarni tinglashga va ularni institut imkoniyati va vakolati doirasida amaliyotga tadbiq etishga tayyorligini bildirdi.

Yig‘ilish so‘ngida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi hamda institut rektorining tegishli buyrug‘iga ko‘ra Axmedova Zamfira Amirovna Dramatik teatr va kino san’ati kafedrasining mudiri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani ma’lum qilindi.